Z. T. Nishanova, G. K. Alimova
Mavzu yuzasidan test savollari
Download 0.73 Mb.
|
bolalarpsixodiagnostikasipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat nima
- Bolaning psixik rivojlanishini ta’ minlovchi omillar va shart- sharoitlarni aniqlang.
- 3 yosli krizisi (inqirozi) qanday xatti-harakatlarda ifodalanadi
- Bola to‘g‘ri yurishni, muloqotga kirishishni, predmetli faoliyatni egallash xususiyatlarini qaysi davrda egallaydi
- V1.MAKTABGACHA TARBIYA YOSH DAVRI Reja
- Tayanclti tushunchalar
- -predmetlarni o‘rganishi; -individual predmetli o‘yinlar, jannoa syujetli-rolli o‘yinlar; -individual va guruhiy ijod;
- 2.0‘yin bog‘cha yoshida etakchi faoliyat sifatida
Mavzu yuzasidan test savollari: Ilk bolalik davri necha yoshlami o‘z ichiga oladi? 0 - lyosh; *B. 1 -3yosh; 1 - 2yosh; 2 - 3yosh; Ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat nima? 0‘vin faoliyati; *B. Predmetli faoliyat; Muloqot faoliyati. syujetli-rolli oyinlax Bolaning psixik rivojlanishini ta’ minlovchi omillar va shart- sharoitlarni aniqlang. *A. Tabiiy ijtimoiy muhit, maktabgacha tarbiya muassasalaridagi tarbiya va maktabdagi taTim; Irsiyat, muhit, bolaning shaxsiy faolligi, tarbiya va taTim; -74- Oliy nerv faoliyatining tipi bilan bog‘liq bo‘lgan asab sistemasiga xos kuch va harakatchanlik. ota-onalaming farzandiga kop gamxo'rlik qilishi 3 yosli krizisi (inqirozi) qanday xatti-harakatlarda ifodalanadi? O'zini o‘zgalardan farqlay (ajrata)olish, o‘z imkoniyatlarini tushunish, mustaqillikka intilish; Bola o‘zining xatti-harakatlarini nima yaxshi-yn, nima yomon degan tasawurga moslay boshlashi; *C. Bola o‘zini kattdar bilan taqqoslay boshlashi, kattalar xatti- harakatlarini bajarishga intilishi, mustaqil harakat qila olishi, qafiyligi va qaysarligida ifodalanadi. D. oz menini anglashda Bola to‘g‘ri yurishni, muloqotga kirishishni, predmetli faoliyatni egallash xususiyatlarini qaysi davrda egallaydi? *A. Illt bolalik davrida; Chaqaloqlik davrida; Kichik maktab yosfii davrida. D Go’daklik davrida -75- V1.MAKTABGACHA TARBIYA YOSH DAVRI Reja l.Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar o‘sishming umumiy shart- sharoitlari. 2.0‘yin bog‘cha yoshida etakchi faoliyat sifatida. 0‘yin faoliyati nazariyalari. Bog‘cha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari. Bog‘cha yoshida bilish jarayonlari taraqqiyoti. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining kommunikativ vosita sifatidagi rivojlanishi. Bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda oliy hislaming rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya yosh davri psixodiagnostikasi Maqsadl: Maktabgacha yosh davridagi psixologik xususiyatlaming mohiyatini bayon qilish. Vazifalar: Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar o‘sishining umumiy shart-sharoitlari, bog‘cha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari, bog‘cha yoshida bilish j;arayonlari taraqqiyoti, bog'cha yoshidagi bolalar nutqining kommunikativ vosita sifatidagi rivojlanishi, bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishini bayon qilish. Tayanclti tushunchalar: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola, bilish jarayonlari, syujetli rolli o‘yinlar, nutq. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar o‘sishining umumiy shart-sharoitlari Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologjyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3-4 yosh) kichik maktabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4-5 yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi), (6-7 yosh) katta maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlami faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti- harakatlami, tilni, odamlar orasidagi munosabatlami egallab olishi, faoliyat motivlarining nvojlanishi, qobiliyatlaming o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i -76- kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaycli. Bog‘eha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ulaming murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakahuini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamckt ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratihshi lozim. Mashhur ms pedagogi Lesgaflning fikricha, insonning bog‘cha yoshldagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xarakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakteming asoslari yuzaga keladi. Bog‘cha yoshdagi bolalaming ko‘zga tashlanib tumvchi xususiyatlaridan biri, ulaming harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va sumnkaliligidan toliqadi. -77 - Kattalar va tengdoshlari bilan bo'lgan munosabat orqali bda axloq me'yorhiri, kishilami anglashi, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog'cha yoshidagi bola endi o‘z gavdasirii yaxshi boshqara oladi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi, u yangilikllami egallashga nisbatan o‘z bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bolalarga xos ?aisusiyatdir. Bog‘cha yoshidagi bolalaming ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7 yoshli davrida bolalaming asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: -predmetlarni o‘rganishi; -individual predmetli o‘yinlar, jannoa syujetli-rolli o‘yinlar; -individual va guruhiy ijod; -musobaqa o‘yinlari; -muloqot o‘yinlari; -uy mehnati. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi 0‘rtoqlari va qo‘ni- qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar. Harnrna narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha yoshidagi bola tabiatigii xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bog'cha yoshidagi bolalar hayotida va ulaming psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa boiadi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlami o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3-7 yoshli bolalaming psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning -78- nhamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. 2.0‘yin bog‘cha yoshida etakchi faoliyat sifatida Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi boialarning yetakchi faoliyati o‘yindir. Bu yoshdagi bolalaming o'yinlarini uchga boiish minnkin: ljpredmetli o‘yinlar( 15-20 minut o‘ynaladi); syujeth-rolli o‘yinlar (30-60 minut o‘ynaladi); qoidali o‘yinlar (1 soatdan -2kungacha davom etishi mumkin). Bog‘cha yoshidagi bolalaming o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlaming diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan seimazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bola atrofidagi narsalar dunyosim bilish jarayoriida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham yetmaydigan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, haqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlaming birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalaming tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ulaming tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday vo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin: - birinchidan, bolalaming o‘yin faohyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faohyat emas. Shuning uchun bolalami o‘yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o‘yin jarayonidagi turli harakatlaming mazmuniga bog‘liqdir; -79- - ilikinchidan, bolalar o‘yin jarayonida o‘z ixtiyorlaridagi narsalami, o‘zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo‘lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo‘ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ulaming jismouiy va psixik jihatdan gannonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir. 0‘y;n bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. Shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa hodisalami bilish vositasigina ernas, balii qudratli tarbiya vositasi hamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalaming barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ulaming individual xususiyatlari ham stiakllanadi. Demak, bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalaming o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o‘zi, o‘yin davomida yuzaga kelib, rivojlanadigan psixik jarayondir. Shuni ham ta'kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo, bir mo‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turh o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (ya’ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalami o‘ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolaiaming turh xayoliy narsalami o‘ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o‘zkirining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor naisalami emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlarini harn aks ettiradilar. Bolalaming o‘yin faoliyatlarida turli hayoliy va afsonaviy obrazlami yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalaming ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalami aks ettirish passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi. Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati bu o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollaiining ko‘pincha umumiylik harakteriga ega bo‘lishidir. Bimi shunday tushunish kerakki, bola o‘zining turh-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir shofyoming, vrachning, militsioneming, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarinigina emas, bailki umuman shofyorlaming, vrachlarning, tarbiyachilaming hamda uchuvcliilaming xatti-harakatlarini aks ettiradi. -80- Bu yoshdagi bolalar o‘z vaqtining ko‘p qismini o‘yin bilan o'tkazacli, ayniqsa 3 yoshdan 6-7 j^oshgacha o‘yinlar ahamiyatli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi: pn;dmetli-boshqamv va ramziy o‘yinlardan tortib to qoidali syujetli-rolli o'yinlargacha. Bu yosh davrida barcha o‘yin turlarini ko‘rish mumkin. Bu yosli davri davomida bolalaming quyidagi asosiy faoliyat turlari izchillikda takomillashib boradi: predinetlar bilan boshqarish o‘yini, konstrulctiv tipdagi individual predmetli o‘yin, jamoaviy syujetli-rolli o‘yinlar. individual va guruhiy ijod, o‘yin-musobaqa, o‘yin-muloqot, uy mehnati Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar asosan predmetlar, turli xil o‘yirchoqlar biian yolg‘iz o‘zlari o‘ynaydilar. 0‘zlarining predmetli va konstruktorli o'yinlarida idrok, xotira, tasawur, tafakkur jarayonlarini, shuningdek o‘z harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilar. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlanda konkret odamlami va ulaming harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, (oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu -81 - kabilami). 0‘rta yoki katta bog‘cha yoshidagi bolalaming o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumivlik harakteriga ega boia boshlavdi. Sekiin-asta o‘rta maktabgacha davrga borib o‘yin j;amoaviy boiib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. Bolalaming individual xususiyatlarini, ulaming jamoa o‘yinlari davomida kuzatish qulaydir. 0‘z o‘yirilarida bolalai' kattalaming predmetlarga munosabatinigina emas, balki ko‘proq ulaming o‘zaro munosabatlarini ham aks ettiradilar va ularga taqlid etadilar. Shuningdek, jamoa o‘yinlarida bolalar bir guruh odamlaming murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» o‘yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko‘mir yoquvchi, provodniklar, chiptachi, kassir, stansiya xodimlari va yo‘lovchilar boiadi. Bolalaming mana shu kabi jamoa o‘yinlari artistlaming faoliyatiga o‘xshaydi. Qiunki, jamoa o‘yinidagi har bir bola c»‘z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma’lum rollarga bo‘lingan jainoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga bo‘ysunishini va ayrim vazifalami talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalajuing bunday jamoa o‘yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o‘yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib- intizomga bo‘ysungan va shu kabi boshqa ijobiy hislatlami tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalaming predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan - rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlar asosida quriladigan rollami va qoidalami ajratadilai, o‘yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilair va o‘zlari ham ularga rioya qihshga harakat qiladilar. Bolalaming syujetli-rolli o‘yinlari turli mavzularda bo‘lib, bolaJar ular bilan hayotiy tajribtisiga muvofiq yaxshi tanishdir. Bolalar tarafidan o‘yinda qayta ijro etiladigan rollar -oilaviy (ona, oi:a, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k) yoki tarbiyaviy (enaga, bog‘chaiagi tarbiyachi,) yoki ertak qahramonlari (bo‘ri, ayiq, tulki, quyon, echki,) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi). Rollami ijro etuvchilar kattalar yoki bolalar yoki ulaming o'mini bosuvchi o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi mumkin. Ushbu yosh davri taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan ikkita faoliyat turining boshlanishi bilan bog‘langan: mehnat va o‘qish. Bu yoshdagi bolalaming o‘yin, mehnat va o'qishni o‘zlashtirishlarini ketma-ketligi -82- hosqichini aiiiqlash mumkin, bunda maktabgacha yosh davri tahlil maqsadida shardi ravisiida 3 ta davrga bo‘linadi: kichik maktabgacha yosh davri (3-4 yosh), o'rta maktabgacha yosh davri (4-5 yosh) va katta inaktabgacha yosh davri (5-6 yosh). Ushbu bo‘lish yosh davrlari psixologiyasida bolalaming psixologiyasi va xulq-atv oridagi jadal va sifatiy o zgarishlami qayd etish uchun o‘tkaziladi. Kichik maktabgacha yoshdagilar hali, qoidaga muvofiq, yolg‘iz o‘ynaydilar. 0‘zlarining predmetli va konstruktorli o‘yinlarida idrok, xotira, tasawur, tafakkur va harakat qobiliyatlarini takomillashtirib boradilajr. Ushbu yoshdagi bolalar syujetli-rolli o‘yinlarida odatda kundalik hayotlarida kuzatadigan kattalaming harakatlarini qayta namoyon etadilar. Sekin-asta o‘rta malctabgacha davrga borib o‘yin birgalikda bo‘lib boradi va unga ko‘proq bolalar qo‘shila boshlaydi. E.ng asosiysi bu o‘yinlarda kattalaming predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlai- orasidagi munosabatlarga, xususan - rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlarda quriladigan rollami va qoidalami ajratadilar, o‘yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o‘zlari ham ularga rioya qilishga harakat qiladilar. Syujetli-rolli bolalar o‘yinlari turli mavrularda bo‘lib, bolalar ular bilan hayotiy tajribasiga muvofiq yaxshi tanishdir. Bolalar ttirafidan o‘yinda qayta ijro etiladigan rolhir - bu qoidaga muvofiq, oilaviy rollar (ona, ota, buvi, buva, o‘g‘il, qiz va h.k) yoki tarbiyaviy (enaga, bog‘chadagi tarbiyachi) yoki ertaknamo (echkicha, bo‘ri, quyon, ilon) yoki kasbiy (shifokor, komandir, uchuvchi). Rollami ijro etuvchilar odamlar, kattalar yoki bolalar, yoki ulami o‘mini bosuvchi o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar bo‘lishi miunkin. 0‘rta va katta maktabgacha yosh davrida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, biroq kichik maktabgacha yosh davridan o‘yinlarga kiritiladigan va amalga oshiriladigan mavzulari, rollari, o‘yin harakatlarining qoidalari bilan katta turli-tumanligi bilan farqlanadi. Tabiiy xarakterdagi ko‘pgina predmetlar shartlilariga almashtiriladi va ramzli o‘yin boshlanadi. Masalan, oddiy kubik o‘yindan va unga ajratilgan roldan qat’iy nazar ramziy ma'noda mebellar va mashinalami, odamlar va hayvonlami namoyish etadi. 0‘yinlarda asosiy rol qoidalarga rioya qilishga va munosabatlarga, masalan. subordinatsiyaga ajratiladi. Bunda birinchi marotaba liderlik paydo bo‘ladi, bolalarda tashkilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi. -83 - Shu bilan bir qatorda o‘yinli individual faoliyatning ramziy shakllaridan yana biri rasm chizishdir. Unga sekin-asta ko‘proq tasawur, xayol va. tafakkur qo‘shilib boradi. Bola ko‘rganlarini tasvirlashdan vaqti bilan bilganlarini, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topganlarini chiza boshlaydi. 0‘yin-musobaqalar alohida sinfga ajratiladi, unda yutuq va g'oliblik bolalami juda jalb qiladi, Taxmin qilinishicha. aynan shunday o'yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi shakllanadi va mustahkamlanadi. Katta. maktabgacha yosh davrida konstruktorlik o‘yiai mehnat faoliyatiga aylana boshlaydi, o‘yin jajayonida bola turmushda zarui bo‘lgan nimanidir yasaydi, yaratadi, quradi. Bolalar bunday o'yinlarda oddiy mehnat ko‘nikma va malakalarini egallaydilar.. ularda amaliy tafakkur faol rivojlanadi. Bola o‘yinda ko‘plab uy-ro‘zg‘or asboblari va predmetlaridan foydalanishni o‘rganadi. Unda o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirish qobiliyati paydo boTadi va rivojlanadi, ko‘p harakatlari va aqliy operatsiyalari, tasawur va xayoli takomillashadi. Rolli o’yin - bog’cha yoshidagi bolalaming yetakchi faoliyatidir. Rolli o’yin mazkur yosh davridagi bolalaming eng muhim faoliyati boTib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlaming barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajariladilar. Shu boisdan o’yin faoliyat uchun maxsus yaratiladigan. sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaharlaro munosabatlami umunlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar.Bolalar kattalaming turmush tarsi, his-tuyg’u, o’zaro muomala va muloqatlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzidla ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ulaming vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalaniladi. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikriing barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balld turmush tajribasining ortishi, tasawm obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling