‘z tajriba lariga asoslanib, atomistik nazariya asoslarini bayon etgan


Download 16.29 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi16.29 Kb.
#1093229
Bog'liq
7 sinf umumiy


1. O‘z tajriba lariga asoslanib, atomistik nazariya
asoslarini bayon etgan olimni belgilang
A) Mendeleyev B) Lomonosov
C) Dalton D) Avogadro


2. Alanganing qaysi qismi, chetlari xira, eng issiq bo’ladi ?
A) yuqori B) o’rta C) pastki D) yuqori va o’rta

3. Kimyoviy belgi tushunchasini fanga kiritgan olimni belgilang .


A) Lomonosov B) Berselius
C) Dalton D) Butlerov

4. Modda hosil qilish jarayoni nima deb ataladi ?


A) sintez B) analiz
C) kimyoviy reaksiya D) kimyoviy hodisa

5. Qattiq agregat holatga ega bo’lgan kislotani toping .


A) H2SO4 B) HCl C) H3BO3 D) HAlO2

6. Fenolftalein indikaori kislotali muhitda qanday ragga kiradi ?


A) sariq B) qizil C) rangsiz D) binafsha

7. Karrali nisbatlar qonuniga berilgan tog’ri ta’rifni aniqlang .


A) Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik miqdori (Q) deb ataladi.
B) Modda hajmining modda miqdoriga nisbati shu moddaning molar hajmi Vm deb ataladi va u:
Vm = V/n formula bilan ifodalanadi.
C) Bir xil sharoitda o‘zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi.
D) Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari o‘zaro kichik butun sonlar nisbatida bo‘ladi

8. Kislorodning allotropik shakli bo’lgan ozonni kashf etgan olimni toping .


A) Prust B) Pristli
C) M.Van Marum D) Sharl

9. 3Fe qizdirilgan + 4H20 = reaksiyadan xosil


bo`ladigan temirning birikmasini belgilang .
A) FeO B) Fe2O3
C) Fe3O4 D) Fe2O3 *n H2O

10. Xlor metallar bilan ta ’sirlashishi uchun nima kerak ?


A) suv bug`i katalizlashi B) MnO2
C) Pt D) Temperatura

11. Gaz moddalarning suvdagi eruvchanligi haroratga qanday ta`sir qiladi ?


A) harorat ortishi bilan ortadi kamyishi bilan ortadi
B) harorat ortishi bilan kamayadi kamyishi bilan kamayadi
C) harorat ortishi bilan kamayadi kamyishi bilan ortadi
D) harorat ortishi bilan ortadi kamyishi bilan kamayadi

12. 100 g eritmada 34 g tuz erigan holatda bo‘lsa, uning foiz konsentratsiyasi nechaga teng?


A) 0,34. B) 3,4 C) 34. D) 6,8

13. Qish faslida suv havzalarining yuza qismi muzlaydi. Ammo qattiq holatdagi muz suv tubida cho‘kmaydi. Bu hodisaning


sababini tushuntiring.
A) Suvning anomal fizik xossalaridan biri 4°C dagi suvning zichligi eng
yuqori, ya’ni 1 g/ml ga tengligi. Suvning zichligi 4°C dan yuqorida
ham, past haroratda ham 1 g/ml dan kichik bo‘ladi. Shuning uchun
muz suvning sirtida joylashadi.
B) Qattiq moddalar suyuq moddalardan yengil bo‘ladi.
C) Muz suvdan og‘ir, u albatta cho‘kadi.
D) Havo haroratiga bog‘liq holda yo cho‘kadi, yo cho‘kmaydi.

14. O’simliklarning quruq biomassasini necha (%) ni kislorod tashkil qiladi?


A) 45 B) 65 C) 47 D) 21

15. Yerda himoya ekrani vazifasini qaysi modda bajaradi?


A) ozon B) CO2 va suv bug’lari
C) kislorod D) bulutlar

16. Inson tomonidan o’rganilgan eng birinchi reaksiya?


A) birikish B) ajralish
C) yonish(oksidlanish) D) o’rin olish

17. Kislorod olishda vodorod peroksiddan foydalanilganda qaysi modda katalizator bo’ladi?


A) Pt B) MnO2 C) Al D) Al2O3
18. Fotosintez jarayonida qaysi modda hosil bo’ladi?
A) CO­2 B) O2 ­ C) H2O D) H

19. Trotiyni( 1T3 ) qaysi olim kashf etgan?


A) M.Olifamta B) J.Prust
C) J.Pristli D) G.Yuri

20. 2;1 hajmiy nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi nima deb ataladi?


A) Kuldiruvchi gaz B) Zaxarli gaz
C) Qaldiroq gaz D) Narkoz

21. Limon kislotasi qaysi mevalarda uchraydi?


A) Olma,limon,Apelsin
B) Mandarin,Limon,Apelsin
C) Mandarin,Anor,Uzum
D) Apelsin,O’rik,Xurmo

22. Metallarni aniqlang?


A) Cu, Na, K, Fe, S8, Mg, Ag
B) Cl2, O2, O3, S8, P4, Ag, N2
C) Cu, Mg, Ag, K, Fe, Na, Hg, Fr
D) Hg, N2, Fr, P4, S8

23. Metall atomi va bir yoki bir nechta gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga ………… deb ataladi?


A) Oksidlar B) Kislotalar C) Asoslar D) Tuzlar

24. Fosfor trioksidning formulasini aniqlang?


A) P2O5 B) P4O10 C) P2O3 D) P2O4

25. Tuproqni kislotaliligini yo’qotishda qaysi moddadan foydalaniladi?’


A) o’g’it B) tuz C) fosfor D) ohak

26. Nitrat kislotaga qaysi modda rang beradi?


A) NO B) N2O
C) HNO2 D) NO2

27. Kimyoviy reaksiyalarda quyidagilarning qaysi biri o’zgarmay qoladi?


A) bosim B) hajm C) harorat D) massa

28. . Qaysi o’zbek olimining ishlari kimyoviy kibenetika sohasiga mansub bo’lib. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tadqiqotlari ilmiy maktabini yaratgan?


A) Yunusov B) Usmonov
C) Yusubekov D) Parpiyev

29. Omborxonalarni zararli hasharotlardan tozalash uchun qaysi moddadan foydalaniladi?


A) SO2 B) HCl C) SO ­ D) CO

30. Oltingugurtning allatropik shakl o’zgarishlari berilmagan javobni aniqlang?


1. Rombik 2. Karbin 3. Fullerin 4. Plastik 5. Amorf 6. Ozon
A) 1.4.5 B) 1.2.5
C) 2.3.6 D) 3.5.6

Download 16.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling