Zadik's operation Zadik operatsiyasi. Ichki tomonga oʻsgan oyoq tirnoqlarini butunlay olib
Download 30.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Medical terms.
Medical Terms. pp - 467
Z
Zadik's operation - Zadik operatsiyasi. Ichki tomonga oʻsgan oyoq tirnoqlarini butunlay olib tashlanadigan jarrohlik amaliyoti
Zantac - Ranitidin uchun savdo nomi Zidovudine - Azidotimidin yoki AZT. OITS ni davolashda ishlatiladigan kasallikning rivojlanishini sekinlashtiradigan dori
Zimmer frame - Zimmer ramkasi. Yurishda qiynaladigan bemorlar uchun maxsus metall ramkaning savdodagi nomi
Zinc - Rux. Oq metall kimyoviy element. (Kimyoviy belgisi Zn) Zinc ointment - ruxli malham. Rux oksidi va moydan tayyorlanadigan ogʻriqni yengillashtiruvchi malham
Zinc oxide - rux oksidi. Rux va kislorodning oʻzaro birikishidan hosil boʻlgan yumshoq oq kukun. Krem va losyonlarda ishlatiladi. ( kimyoviy formulasi ZnO)
Zollinger- Ellison syndrome - Zolinger-Ellison sindromi. Oshqozon osti bezi orolchalaridagi hujayralarda peptik yaralar bilan birga shishlarning paydo boʻlishi. (1955 yilda AQShdagi Ohio shtat universiteti jarroh-professorlari Robert Milton Zollinger (1903) va Edvin H. Ellison (1918-1970) tomonidan kashf qilingan va ularning sharafiga qoʻyilgan)
Zona - zona yoki hudud Zona pellucida - pellusida zonasi. Tuxumdon atrofidagi uni oʻrab turgan membrana, parda
Zone - tananing ma'lum bir qismi Zonule - tananing biron bir kichik qismi, maydoni
Zonule of Zinn - Zinn zonasi. Koʻz linzalarining noodatiy bogʻlanishi. Zonulolysis - zonulani eritish yordamida uni olib tashlash.
Zoo - (old qoʻshimcha) hayvonlarga oid Zoonosis - zunosis. Inson hayvonlardan yuqtirishi mumkin boʻlgan kasalliklar.
Zoster - (gerpes zosteri) Z-plasty - plastik jarrohlikda qoʻllaniladigan uslub. Z shaklidagi chuqur kesma, chandiqdagi keskinlikni yengillashtirish yoki uning yoʻnalishini oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi.
Zygoma - zigoma. Zigomatik yoy bilan bir xil. Zygomatic - zigomatik. Zigomatik yoyga oid.
Zygomatic arch - zigomatik yoy. Quloq va koʻz chanogʻining pastki qismi oʻrtasida harakatlanadigan suyak tizmasi. Zigoma deb ham ataladi.
Zygomatic bone - zigomatik suyak. Yonoqning koʻzga koʻrinadigan qismini va koʻz chanogʻining pastki qismini tashkil etadigan suyak. Yonoq suyagi deb ham ataladi.
Zygomatic process - zigomatik jarayon. Zigomatik yoyni tashkil etuvchi suyak proyeksiyalaridan biri.
Zygomycosis - zigomikoz. Oʻpkadagi qon tomirlariga zarar yetkazadigan qoʻziqorin tufayli yuzaga keladigan kasallik.
Zygote - zigota. Urugʻlangan tuxum hujayrasi. Embrion rivojlanishining birinchi bosqichi. Zym (old qoʻshimcha) - 1. Fermentlar 2. Fermentatsiya
Zymogen - zimogen. Proenzima bilan bir xil. Zymosis - zimos. Fermentatsiya bilan bir xil.
Zymotic - zimosga oid. Translated by: Farida Mirtazayeva. Download 30.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling