Zafarobod tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 8-umumiy o’rta ta’lim maktabida "So`ngg` qong`iroq" bayram


Download 51.57 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi51.57 Kb.
#1574558
Bog'liq
So`nggi qong`iroq yig`ilish bayonnomasi 2021 YIL


Zafarobod tumani Xalq ta`limi bo`limiga qarashli 8-umumiy
o’rta ta’lim maktabida “So`ngg` qong`iroq” bayram
tadbirining yig’ilish

B A Y O N N O M A S I


2021-yil 25-may “Nurafshon” shaharchasi


Yig’lish raisi : U. Ravshanov


Kotibi : F.Abdurahmanov

Qatnashdilar: Zafarobod tumani xokimi N. Jadjabov, tuman Xalq ta`limi bo`limi mudiri Z. Tadjiyev, tuman xalq ta`limi bo`limi maktablar bo`limi metodisti A. Gurgiyev, tuman IIB tashkiliy bo`linma boshlig`i kapitan V. Meliyev, tuman FVV qutqaruvchisi M. Raupov, tuman MG safdori J. Qurbonqulov , “Nurafshon” shaharchasi fuqarolar yig‘ini raisi B. Xamzayev, maktab Kuzatuv kengashi raisasi O.Esonova, maktabning 30 nafar o’qituvchi va 116 nafar 4-9-11- sinf o’quvchilari, 4 nafar ota-onalar tadbirda ishtirok etdi.


K u n t a r t i b i:


“So`nggi qo`ng`iroq” bayram tadbirini tinch va osoyishta o`tkazish to`g`risida.

E S H I T I L D I :


Maktab direktori U.Ravshanov so`zi :
Hurmatli o’quvchilar va aziz mehmonlar ! Mana 2020-2021 o`quv yili yakunlanib bormoqda. Respublikamizning turli joylarida bo`lgani kabi maktabda tarixiy kun hisoblangan “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirini o`tkazishga katta ahamiyat berildi. Qadrli maktabi bilan xayrlashayotgan bitiruvchi sinf o`quvchilari qalbida qong`iroq sadosi hayajonli lahzalarni muxrlaydi. Bilimlar maskaniga birinchi bor qadam qo`ygan va muqaddas dargoh bo`lib qolgan maktabni bitirish chog`idagi “So`nggi qong`iroq” har bir inson uchun hayajonli unutilmas va shu bilan birga mas’uliyatli lahzalarga boy kechadi. Bitiruvchi sinf o`quvchilari “So`nggi qo`ng`iroq” orqali qutlug` ostona katta hayotga qadam qo`yadi. Maktabda “So`nggi qong`iroq” bayram tadbiri 2021-yilning 25-may kuni soat 8-00 da boshlandi. 2020-2021 o`quv yilida maktabni 30 nafar bitiruvchi sinf o`quvchilari bitirayapti va maktabga yangidan 40 nafar 1-sinf o`quvchilari qabul qilinadi. Maktabda “So`nggi qo`ng`iroq” bayram tadbirini tinch va osoyishta o`tkazish uchun maktab ma’muriyati tomonidan xavfsizlik va yong`in xavsizlik chora tadbirlari ishlab chiqildi va shu asosda bayram tashkil etildi.

S O ` Z G A C H I Q D I L A R :


Zafarobod tumani xokimi N. Jadjabov, tuman Xalq ta`limi bo`limi mudiri Z. Tadjiyev, “Nurafshon” shaharchasi fuqarolar yig‘ini raisi B. Xamzayev, maktab Kuzatuv kengashi raisasi O.Esonova so`zga chiqishib o`z so`zlarida bitiruvchi sinf o`quvchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.


Shundan so`ng tuman IIB tashkiliy bo`linma boshlig`i kapitan V. Meliyev, tuman FVV qutqaruvchisi M. Raupov, tuman MG safdori J. Qurbonqulovlar so`zga chiqib, bo`lib otadigan so`nggi qo`ng`iroq tadbirida turli xil batsiz hodisalar hamda yong`in xovfsizligi
Kun tartibidagi masala yuzasidan

Q A R O R Q I L I N D I :





  1. Maktabda “So`nggi qo’ng`iroq” bayram tadbiri tinch va osoyishta o`tkazilganligi ko`rsatib o`tilsin.

  2. Barcha sinf rahbarlari va maktab o`qituvchilariga :

  • O`quvchilarni yozgi ta’tilini mazmunli o`tkazish;

  • Maktab o`quvchilarini yozgi ta’til davrida sport seksiyalariga jalb etish;

  • Maktab o`quvchilari o`rtasida “So`nggi qo`ng`iroq” bayram tadbiri kunlarida turli joylarga , kafe bar, choyxonalarga bormaslik to`g`risida targ`ibot –tashviqot ishlarini olib borish;

  • Bayram tadbirini tinch va osoyishta o`tkazish choar-tadbirlarini ko`rish;

  • Tungi navbatchilikni nazorat qilish, mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilsin.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish yig`lish raisi U.Ravshanov zimmasiga yuklatilsin.

Yig’ilish raisi : U.Ravshanov


Kotibi: F.Abdurahmanov

Jizzax viloyati Zafarobod tumani XTMFMT va TE bo`limiga qarashli 8-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida Respublikamiz hududida 2014-yil 16-maydan 26-mayga qadar, “Diqqat bolalar” tadbiri o`tkazilayotganligi munosabati bilan o`tkazilgan yig`ilish


B a y o n n o m a s i


2010-yil 24-may “Hulkar” shaharchasi


Yi`gilish raisi : T.Eshbekov maktab direktori, G`.Nurtoyev direktor o`rinbosari. Zafarobod tumani IIB YXHG katta inspektori mayor Abdualimov Bahodir, Zafarobod tumani IIB XOOG profilaktika inspektori kapitan Turmatov J, sinf rahbarlari M.Jo`rayevam U.Ravshanov va 412 nafar o`quvchilar qatmashdilar.


K u n t a r t I b i:


Maktab o`qituvchi va o`quvchilari o`rtasida Respublikamiz hududida 2010-yil 16-maydan 26-mayga qadar “Diqqat bolalar” tadbiri o`tkazilayoitganligi to`g`risida tushuntirish ishlarini olib borish.


Eshitildi :

Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori T.Eshbekov so`zga chiqdi.


Hurmatli o`quvchilar respublikamiz hududida 2010-yil 16-maydan 26-mayga qadar “Diqqat bolalar” tadbiri o`tkazilayotganligi bu tadbirda o`quvchilar va o`qituvchilart ham o`z munosib hissamizmi qo`shishsimiz kerakligi haqida aytib o`tdi.
Bu oyda “Diqqat bolalar” tadbiri o`tkazilishi, guruhlar tashkil etilish kerakligi, o`quvchilarni ta’til vaqtida va bo`sh vaqtlarida , yo`l harakati qoiadalariga e`tabor qaratilish kerakligini aytib o`tdi.
Har bir o`quvchi ko`chalar va yo`llarda qanday yurish lozimligi, yo`l belgilartning ma’nosi, vazifasi, haydovchilar va piyodalar burchi hamda vazifalari kabi omillarni bilish zarur ekanligi zero yo`l qoidasi, umr foydasi ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o`tdi.
S o ` z g a c h i q d i l a r :
Zafarobod tumani YPX boshlig`i Abdualimov B va maktabimiz Y X Q qoidalari fani o`qituvchisi Fayzullayev O va boshqalar.
Ular har biri o`z so`zlarida har bir maktab o`quvchisi yo`l harakati qoidalarini mkukammal bilishi va uni amalda qo`llash lozimligi, yol` harakati xavfsizligini ta’minlash uchun joylarda ishlarni sifatli yol`ga qo`yilishi haqida fikrlar almashildi.
Har bir o`qituvchi va o`quvchilar yol`-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, yo`l belgilari, svetafor va tartibga soluvchining ishoralari, yo`llardan otish qoidalari, boshqa harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladigan qoidalarni bilishi, maktabga kelayotganda va ketayotganda texnika vositalariga osilmaslik, noxush holatlarning oldini olish bo`yicha fikrlar almashinishdi.

Y I g `I l I s h q a r o r q I l a d I :



  1. O`quvchilar o`rtasida “Diqqat bolalar” tadbirini maqsadli o`tkazish hammaning mas’uliyatli burchi ekanligi bosh vazifa etib belgilansin.

  2. O`quvchilar o`rtasida “Diqaqat bolalar” tadbirini ta’minlash maqsadida belgilab qo`yilsinki:

  • O`quvchilarning “Diqqat bolalar” tadbirini ta’minlash uchun shu mavzuga doir maktab devoriy gazetalar sonini chiqarish va tadbirlar uyushtirish bosh vazifa etib belgilansin.

  • Sinf rahbarlari, jamoat yashkilotlari va o`quvchilar o`rtasida shu mavzuga doir tushuntirish ishlarini olib boorish kuchaytirilsin.

Yig`ilish raisi : T.Eshbekov


Kotibi: G’.Nurtoyev
Download 51.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling