Zagotovka turini tanlash va uni olish tayorlash usullarini aniqlash


Download 156.53 Kb.
bet1/5
Sana12.03.2023
Hajmi156.53 Kb.
#1262247
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O.Qodirov hisobot




MUNDARIJA

2.1. Detalning xizmat vazifasi. 2
3.1 Zagotovka turini tanlash va uni olish tayorlash usullarini aniqlash. 4
3.2. Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzish 5
3.6. Vaqt me’yorini xisobi 16



KIRISH.
Jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi soha mashinasozlikdir. U sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan taʼminlaydi. Shu sababli mashinasozlik ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlanishiga katta taʼsir koʼrsatuvchi sanoatning muhim koʼrsatkichlaridan biridir.
Mashinasozlikning asosini mashinalarni loyixalash va ishlab chiqarish tashkil etadi. Mashinalar oʼz navbatida jamiyat turmush farovonligini koʼrsatadi. Ular ish unumdorligini, mehnat samaradorligini va mahsulot sifatini oshiradilar. Mustaqillikning boshlangʼich davridayoq, mamlakatimizda mashinasozlikni rivojlantirishga asosiy eʼtibor qaratildi. Koʼplab qoʼshma korxonalari mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi.
Mashinalarga yuqori aniqlik va tezlik, issiqlikka chidamlilik, kichik vazn va xajm, mustahkamlik va ishonchlilik kabi yuqori talablar qoʼyilgan. Bunday talablarni oshib borishi mashinasozlar oldiga murakkab konstruktorlik va texnologik savollarni qisqa vaqt ichida yechish masalasini qoʼymoqda.
Mashinasozlik texnologiyasi ishlab chiqarish dasturiga asosan belgilangan muddat ichida talab etilgan sifat darajasida mehnat hamda moddiy resurslarni kam sarflagan holda mashina va mexanizmlar tayyorlash qonuniyatlarini oʼrgatadi.
Mashinasozlik texnologiyasi fan sifatida shakllanishining asosiy shartlaridan biri insonning mehnat qurollarini takomillashtirishga va ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga boʼlgan intilishlaridadir. Mashinasozlikni rivojlanishida hozirgi kunda ikki yoʼnalish asosiy va belgilovchi boʼlib qolmoqda. Bulardan biri ishlab chiqarish jarayonining va uni texnologik tayyorlashni intellektuallashtirish bu oʼz navbatida loyixalash boʼlimlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida EXM lardan va avtomatlashtirish vositalaridan keng koʼlamda foydalanishdan iboratdir. Chunki intellektual loyixalash va ishlab chiqarish tizimlari tayyor mahsulot turining biridan ikkinchisiga oʼtishining moslanuvchanligini taʼminlaydi. Ikkinchi yoʼnalish inson ehtiyojini individualligini, bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda bir hil vazifani bajaruvchi turli koʼrinishdagi mashina va mexanizmlar yaratishdan iborat.


Download 156.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling