Zaharli moddalarning atmosferaga tarqalishi


Download 24.09 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi24.09 Kb.
#1020464
Bog'liq
Zaharli moddalarning atmosferaga tarqalishi


Aim.uz

Zaharli moddalarning atmosferaga tarqalishi

Zaharli moddalarning atmosferaga tarqalishi natijasida ularning miqdori bir muncha kamayadi, lekin bu hozirgi zamonda samara bermaydi. Balki zamonaviy tozalash moslamalari o’rnatilishi zaryr ekanligini taqozo etadi. Moddalarni atmosfera havosida tarqalishini aniqlash ularning yer yuzasiga yaqin joylashgan atmosfera qatlamidagi miqdorini hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi - C (mg/m3).


Zaharli moddaning yer yuzasi sath konsentrarsiyasining maksimal miqdori CHMM dan katta bo’lmasligi zarur:
C maks Atmosferaga bir vaqtda bir nechta zaharli modda bor bo`lsa, ularning ta`sirlari yig’indisi 1 dan kichik bo’lishi kerak

bu yerda C1, C2, .... Cn - atmosfera havosiga tushgan zaharli moddalarning miqdori, mg/m3.


ЧMM1, ЧMM2,..... ЧMMn - moddalarning tegishli chegaraviy mumkin bo`lgan miqdorlari, mg/m3.
Ma`lum temperatyraga ega bo`lgan va dumaloq trubali manbadan tashlanayotgan zaharli gaz aralashmasining maksimal konsentrasiyasi Cmaks. quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda: A - atmosfera havosiga zaharli moddalarni gorizontal yoki vertikal tarqalishini hisobga oluvchi koeffisient.
M - atmosferaga tashlanayotgan zaharli moddalar massasi, g/c
F - zaharli modda zarrachalarini atmosfera havosida cho`kish tezligini hisobga oluvchi o’lchovsiz koeffisient. Gaz moddalari va mayda dispersli aerozollar uchun F = 1 ga teng.
m va n - gaz aralashmalarini trubadan tashlanish sharoitlarini hisobga oluvchi koeffisientlar (odatda m = 1 bo`lib, ba`zi hollarda 0,8 dan 1,5 gacha n esa 1 dan 3 gacha o’zgarishi mumkin).
H - trubalarning yer sathidan boshlab balandligi, m.
ΔT - gaz aralashmalari va havo temperaturalari orasidagi farq.
V1 - gaz aralashmasi hajmi, m3/c.
Yep sathidan ЧMM dan oshmaydigan miqdordagi moddalarni tashlanishi mumkin bo`lgan mirdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Lekin tashlanayotgan moddalarning miqdori tashlanayotgan vaqtda ЧMМ dan oshmasligi zaryr. CM.T. esa quyidagicha aniqlanadi:

Shuningdek, chiqindi tashlanayotgan trubaning minimal balandligi quyidagicha aniqlanishi mumkin:

Noxush meteorologik sharoitlarda esa, zaharli moddalarning maksimal konsentasiyasi manbadan Xm masofada, ya`ni trubaning balandligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Xm =RH


bu yerda R - o’rtacha qiymati 20 ga teng bo`lgan o’lchovsiz koeffisient.

Download 24.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling