Zaharli moddalarning Dunyo okeani ifloslanishida ta’siri; Dunyo okeaniga qo‘shiladigan ifloslantiruvchi moddalar; Zaharli moddalarning hududiy taqsimlanishi


Download 20.91 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi20.91 Kb.
#1052865
  1   2
Bog'liq
21-маъруза. Дунё океани муҳофазаси


Dunyo okeani muhofazasi
Reja:

  1. Dunyo okeani muhofazasi;

  2. Zaharli moddalarning Dunyo okeani ifloslanishida ta’siri;

  3. Dunyo okeaniga qo‘shiladigan ifloslantiruvchi moddalar;

  4. Zaharli moddalarning hududiy taqsimlanishi;

  5. Okean va dengizlarga neft va neft mahsulotlari qo‘shilishi;

  6. O‘z-o‘zini tozalash jarayoni.

Yer yuzasida, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishi, yer qa’ridan boyliklarni qazib olish, ularni qayta ishlash yildan-yilga ortib bormoqda. Natijada insoniyatning atrof-muhitga, shu jumladan, Dunyo okeani va dengizlar ekologiyasiga salbiy ta’siri ham tobora sezilarli bo‘lmoqda. Bu ta’sir xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida paydo bo‘lgan ko‘plab miqdordagi ifloslantiruvchi moddalarning mahalliy, regional va, hatto, global miqyosda taqsimlanishida aks etadi. SHuning uchun ham hozirgi kunda okeanlar va dengizlar suvining ifloslanishi, ularni muhofaza qilish masalalari xalqaro miqyosdagi dolzarb muammo bo‘lib qoldi.


Dunyo okeanini muhofaza qilishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri - okeanlar va dengizlarni ifloslanishdan saqlash yoki uning oldini olishdir. Ma’lumki, okean va dengizlar ularga insonning bevosita yoki bilvosita ishtirokida tashlanadigan zararli moddalar hisobiga ifloslanadi. Natijada, bu moddalar Dunyo okeanidagi tirik organizmlar va o‘simliklarga zarar keltiradi, ular suvi sifatining yomonlashuviga olib keladi, suvning foydali xususiyatlarini kamaytiradi.
Ushbu ifloslantiruvchi moddalarga sanoat korxonalarining zaharlovchi xususiyatga ega bo‘lgan chiqindilari, issiqlik va atom elektrostansiyalarining isitilgan suvlari, kommunal-maishiy tarmoqlarda shakllanadigan potogen mikroblar, qattiq chiqindilar, neft mahsulotlari va boshqa turdagi muallaq birikmalar kiradi. Ko‘rinib turibdiki, bularning hammasi antropogen kelib chiqishlidir, ya’ni ular inson omili ta’sirida shakllanadi.
Dunyo okeaniga qo‘shiladigan ifloslantiruvchi moddalarning tarkibiy tuzilishi, miqdori va ularning hududiy tarqalishi ham turlichadir. YUqorida qayd etilganlarni hisobga olib, okeanlar va dengizlarni ifloslantiruvchi asosiy manbalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- sanoat korxonalari va boshqa turdagi oqova suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki daryolar suvi bilan dengizlarga tashlash;
- qishloq va o‘rmon xo‘jaligi chiqindilari va ularda ishlatiladigan turli xil moddalarning okean va dengizlarga tushishi;
- ifloslantiruvchi chiqindilar va moddalarni bila turib dengizlarga yoki ularga quyiladigan daryolarga tashlash;
- daryolar, dengizlar va okeanlarda harakatlanayotgan suv transporti vositalaridan turli xil moddalarning oqib chiqishi;
- suv transporti vositalarining yoki suv osti quvurlarining shikastlanishi natijasida neft, neft mahsulotlari va boshqa turli xil moddalarning oqib chiqishi;
- dengiz tubidan foydali qazilma boyliklarni qazib olish;
- ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosi orqali okeanlar, dengizlar ustidan ko‘chishi va boshqalar.
Ko‘pchilik holatlarda Dunyo okeanining keng miqyosda ifloslanishiga turli zaharli moddalar sabab bo‘ladi. Ularning eng ko‘p tarqalgan quyidagi guruhlari bir-biridan farq qiladi:
- radionuklitlar (stronsiy – Sr, seziy - Ss, plutoniy - Ru, tritiy – 3N, seriy - Se va boshqalar);
- xlororganik zaharli moddalar (DDT va uning aralashmalari, polixlorli bifenil, aldirin va boshqalar);
- metallar (metilsimob, kadmiy - Ca, simob - , qo‘rg‘oshin - Pb, rux, mis - Cu, xrom, temir - Fe va boshqalar);
- neft, neft mahsulotlari va boshqalar.
Bu moddalar hududiy taqsimlanish miqyosiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, neft va gaz mahsulotlari, radionuklidlarning barchasi, xlororganik moddalardan DDT va uning birikmalari global miqyosda tarqalish xususiyatiga ega. Metallardan kadmiy, simob, qo‘rg‘oshin - global, mis - regional, rux, xrom, temir esa mahalliy miqyosda tarqaladi.
Dunyo okeaniga tashlanadigan turli ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha yillik miqdorlari ham bir-biridan farq qiladi 12.1 - jadval)
12.1 - jadval
Dunyo okeaniga qo‘shiladigan eng asosiy ifloslantiruvchi moddalar miqdori (tonna/yil, YU.A.Izrael va A.V.Siban, 1988)



Ifloslantiruvchi moddalar

Suv oqimi bilan

Antropogen oqim hissasi, %

Ifloslanish

tabiiy

antropogen

quruqlikdan

atmosferadan

Qo‘rg‘oshin

1,8.105

2,1.106

92

(1-20).105

(2-20).105

Simob

3,0.103

7,0.103

70

(5-8).103

(2-3).103

Kadmiy

1,7.104

1,7.104

50

(1-20).103

(0,5-14).103

Neft

6,0.105

4,4.106

88

(3-4).106

(3-5).105

Polixlorbifenillar

-

8,103

100

(1-3).103

(5-7).103

Pestitsidlar

-

1,1.104

100

(4-6).103

(3-7).103

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, dunyo okeaniga qo‘shiladigan ifloslantiruvchi moddalarning ko‘pchiligi zaharlovchi xususiyatga ega. Ular orasida xlorlangan uglevodorodlar, jumladan, pestitsidlar va polixlorbifenillar okeanlar va dengizlarda yashaydigan barcha tirik organizmlar, o‘simliklarning hayot faoliyatiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Okeanlar va dengizlarga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar orasida neft va neft mahsulotlari eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Bu moddalarning Dunyo okeaniga qo‘shilish sharoitlari turlichadir (12.2 -jadval).
12.2 - jadval
Dunyo okeaniga to‘shadigan neft va neftli uglevodorodning manbalari (Yu.I.Lyaxin, 1991)



Manbalar

mln. tonna/yil

Neftni dengiz orqali tashish (shikastlanish yoki halokatlar bunga kirmaydi)

1,83

Dengiz transporti vositalarining shikastlanishi, halokatga uchrashi

0,30

Daryo oqimi, shaharlarning oqova suvlari

1,90

Qirg‘oq bo‘yida shakllanadigan oqar suvlar

0,80

Atmosferadan qo‘shilish

0,60

Neft burg‘ulash quduqlari

0,60

Dengizdan neft qazib olish

0,08

Hammasi

6,11

Jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan asrning 80-yillari boshiga kelib, okean va dengizlarga har yil o‘rtacha 6 mln. tonnadan ortiq neft va neft mahsulotlari qo‘shila boshlagan.


Bu raqam dunyo bo‘yicha bir yilda qazib olinayotgan neftning 0,23 % ini tashkil etadi. Maxsus adabiyotlarda keltirilishicha, ikkinchi jahon urushi davomida tankirlarning halokati natijasida atigi 4 mln. tonna neft mahsulotlari okean suviga qo‘shilgan. Alohida qayd etish lozimki, yuqoridagi jadvallar ma’lumotlarini solishtiradigan bo‘lsak, o‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalariga kelib, Dunyo okeaniga qo‘shilayotgan neft va neft mahsulotlari miqdori ancha kamaygan.
Okeanlar va dengizlarga qo‘shiladigan neftning katta miqdori uni tashish jarayonida suv transporti vositalarining shikastlanishi, halokatga uchrashi holatlariga to‘g‘ri keladi. Bu turdagi dastlabki eng yirik halokat sifatida 1967 yilda “Torri Kanon” tankirining shikastlanishini qayd etish mumkin. Bu tankir 117 ming tonna neft xom-ashyosini Quvaytdan olib kelayotganda, Kornuell burni yaqinida, dengiz tubidagi qoyaga urilib, shikastlanadi, undan 100 ming tonnaga yaqin neft dengiz suviga qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan neft pardasi shamol ta’sirida Kornuell qirg‘oqlarigacha, so‘ng La-Mansh bug‘ozidan o‘tib, Fransiyadagi Bretani sohillarigacha etib borgan. Natijada shu rayonlardagi sohilbo‘yi hududlariga va, umuman, dengiz ekosistemasiga katta zarar etkazilgan. CHunki neft oqimlaridan hosil bo‘lgan pardalar okeanlar va dengizlar yuzasiga Quyoshdan tushadigan yorug‘lik miqdorini, uning spektral tarkibini keskin o‘zgartirib yuboradi. Natijada dengiz florasi va faunasiga katta xavf soladi.
Tabiat shunday yaralganki, uning barcha muhitlarida bo‘lgani kabi, okean va dengizlarda ham ifloslantiruvchi moddalardan o‘z-o‘zini tozalash jarayoni kechadi. Bunda fizik, kimyoviy, mikrobiologik va gidrobiologik jarayonlar birgalikda ro‘y beradi. Natijada ifloslantiruvchi moddalar parchalanadi, oddiy minerallarga aylanadi yoki okean tubiga cho‘kib, harakatsiz, tinch holatga o‘tadi.
Ta’kidlash lozimki, okeanlar va dengizlarning tabiiy sharoitda o‘z-o‘zini tozalash imkoniyati ham cheklangan. Bunday holatda, ularni muhofaza qilish maqsadida, xalqaro miqyosda Dunyo okeani global monitoringini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Xalqaro miqyosda atrof-muhit, shu jumladan, Dunyo okeani monitoringi tizimini tashkil etishning zarurligi ilk bor 1971 yilda Ilmiy Uyushmalar Xalqaro Kengashning Atrof Muhit muammosi bo‘yicha Ilmiy Qo‘mitasi (SKOPE) tomonidan asoslab berilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning 1972 yilda Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyasida esa Atrof muhit manitoringi global tizimni yaratish haqidagi masala ko‘tarildi. Natijada, 1975 yildan boshlab, bu boradagi barcha ishlar BMT ning Atrof muhit dasturi (YUNEP) asosida olib borilmoqda.
Bugungi kunga kelib, Dunyo okeanining majmuali global monitoringi xalqaro miqyosda amalga oshirilmoqda. Uning asosiy maqsadi, okeanlar va degizlarda mavjud bo‘lgan eng muhim ekosistemalarning holatini kuzatish, baholash hamda ularda kelajakda mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni prognozlashdan iborat. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida insoniyatning kelajakda barqaror rivojlanishiga puxta zamin yaratiladi.

Download 20.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling