Zahiriddin muhammad bobur merosida tilga oid munosabatlar tahlili


“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali


Download 457.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana09.05.2023
Hajmi457.65 Kb.
#1448516
1   2   3   4   5
Bog'liq
zahiriddin-muhammad-bobur-merosida-tilga-oid-munosabatlar-tahlili

“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№14
 
80 
kurak olib, qor kurab, o‘zimg‘a, bir takiya miqdori yer yasadim, qorni ko‘ksimgacha 
qozdim, hanuz yerga yetmaydur edi. Bir nima elga panoh bo‘ldi o‘shanda – o‘q 
o‘lturdim. Har necha dedilarkim, havolg‘a boring bormadim. Ko‘ngulga kechtikim, 
borcha el qorda va chopqunda , men issiq uyda va istirohat bila, munda borcha ulus 
tashvish bila tashaqqatta, men munda uyqu bila farog‘atda. Muruvvattin yiroq va 
hamjihatlikdin qiroq ishdur. Men ham tashvish va mashaqqat bo‘lsa ko‘rayin, har 
nechuk el toqat qilib tursa turayin, bir forsi masal bor: “Marg boyoron surast” 
(“Do‘stlar bilan birga bo‘lgan o‘lim to‘ydur”) (257) 
Boburning fikr doirasi nihoyatda keng. U juda ko‘p soha bo‘yicha nazariy 
fikrning, bilimning yaratuvchisi ham. Demak, o‘z-o‘zidan shu sohaga oid 
tushunchalar va shu tushunchalarni ifodalovchi juda ko‘p atamalar “Boburnoma” dan 
o‘rin olganki, bu ham “Boburnoma” tilini tadqiq etganda e’tiborga olinishi zarur 
bo‘lgan holatdir. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Boburnoma”dagi so‘zlarni qiyoslab 
o‘rganishlar tadqiqotchilar oldida yana bir yangi dunyo ochadi. U nafaqat o‘zbek, 
balki, turkiy tillar doirasida, balki dunyo tilshunosligida tillarni yangi bir usulda – 
tarixiy- qiyosiy usulda o‘rganish tarixi nuqtai nazardan zarur bo‘lgan ilmiy asar 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Tahlillar jarayonida Boburning iqtidori yuksak darajada va so‘z qo‘llash 
mahorati a’lo darajadaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning asarlari tili sodda va 
tushunarli, ravon tilda yozilgan, bundan tashqari bir necha tillarni yaxshi bilgan
maqollardan unumli foydalana olgan. Bobur biror so‘z yoki atamadan 
foydalanmoqchi bo‘lsa, uning sababini ham izohlab o‘tgan. U qayerda bo‘lmasin 
kichik narsadan yirik narsagacha jiddiy e’tibor bergan. Tahlil qilgan, xulosalarini 
aynan shu asarda ifodalagan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Boburnoma. - T.:1960 
2. V.Zohidov .Bobirning faoliyati va ilmiy adabiy merosi haqida. Kitobda:Bobir. 
Bobirnoma. –T.:1960 
3. Mallayev N.M. O‘zbek adabiyoti tarixi. T. “O‘qituvchi”,1976 
4. Orzibekov R. O‘zbek adabiyoti tarixi. O‘quv qo‘llanma.S.:2005 
5. G‘ofurova Sh. “Boburnoma”asaridagi tilga oid ilmiy-badiiy topilmalar.Ilmiy 
maqola.:2021 

Download 457.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling