Zahiriddin muhammad bobur nomidaagi andijon davlat universiteti tabiy fanlar


 O’simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari


Download 1.31 Mb.
bet3/7
Sana25.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1229048
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O zbekiston iqizil kitobi

2.1. O’simliklarni himoya qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari.
Oʻsimliklarni himoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish — 1) qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; 2) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat. Oʻsimliklarni himoya qilishq. qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. Oʻsimliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona oʻtlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi. Shu sababli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda, ularni saqlab qolishda Oʻsimliklarni himoya qilishq. muhim rol oʻynaydi. Zararkunanda va kasalliklarning oʻsimliklarga yetkazadigan zarari qadimdan maʼlum. 18-asr boshlarida oʻsimlik kasalliklarini tasniflashga fransuz botaniki J.Turnefor urinib koʻrdi. 18-asrning 2-yarmida koʻpchilik kasalliklarning yuqumliligi tajribalar asosida isbotlandi (Rossiyada A.T.Bolotov, Fransiyada A.Tillet, Italiyada F.Fontana, Daniyada Ya.Fabritsius va boshqalar). 18-asrning 2-yarmida nemis olimi A. de Bari, rus olimi M.S.Voronin va boshqalar tomonidan fitopatogen zamburugʻlarning yangi turlari, ularning morfologiyasi, rivojlanish xususiyatlari aniqlanadi. 19-asrning 2-yarmida oʻsimlik zararkunandalari hamda kasalliklarining bir qancha mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazgan zarari ularni oʻrganish va ularga qarshi qurash tadbirlarini ishlab chiqishni taqozo etdi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida fitopatogen zamburugʻlar, bakteriyalar, viruslar, nematodalarning minglab turlari kashf qilindi. Asosiy zararkunandalarning turlari biologiyasi va fiziologiyasi oʻrganildi; zararli organizmlarga qarshi kurash choralari takomillashtirildi.
Turkistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha dastlabki ilmiy asoslangan usullar 1898-yilda Chigirtkaga qarshi kurash qoʻmitasining taklifiga koʻra ishlab chiqilgan. 1911-yilda Toshkentda Turkiston entomologiya st-yasi tashkil etildi, gʻoʻza, qand lavlagi zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralari qoʻllanildi.
1925-yilda Turkiston entomologiya st-yasi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish st-yasiga aylantirildi va shu bilan bir vaqtda Shirabudin (Buxoro viloyati) va Xiva qishloq xoʻjaligi tajriba st-yalarida Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻlimlari ochildi. 1929-yilda Bosh paxta komiteti Oʻzbekiston Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yasining bir necha boʻlimlarini birlashtirib, gʻoʻza zararkunandalarini oʻrganish uchun maxsus st-ya barpo etdi; keyinchalik bu st-ya Butunittifoq paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI)ning Oʻsimliklarni himoya qilishq. markaziy st-yasiga aylantirildi. 1957-yilda SoyuzNIXI markaziy st-yasi asosida hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya kilish instituti tashkil qilindi.
Hosilni samarali himoya qilishga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozini tuzish, zararkunandalar miqsori hamda kasalliklar oʻchogʻini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekin, koʻchatlarni, shuningdek, begona oʻtlarni tekshiruvdan oʻtkazish, turli usul va vositalar qoʻllab oʻsimliklarga ishlov berish kabi choratadbirlar sistemasini rejali ravishda qoʻllab erishiladi. Zararkunanda, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi bir qancha kurash usullari qoʻllanadi. Oʻsimliklarni agrotexnik himoya usuli tashkiliyxoʻjalik va ekinlar parvarishining texnik usullari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash yoʻllari, yaʼni zararkunandalarning koʻpayishi va toʻplanishi, kasalliklarning rivojlanishiga qarshi kurash usullari (ekish muddati va usullari, tuproqqa ishlov berish, oʻgʻit solish normalari, begona oʻtlarga qarshi kurash, almashlab ekish, melioratsiya)ni oʻz ichiga oladi. Mexanik va fizik himoya usullarita zararkunandaning qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari ichiga kirishiga qarshilik qiluvchi usullar (zararkunandani tutib olish, kuydirish, muzlatish, suv bostirish, elektr toki taʼsirida yoʻq qilish va shu kabilar) kiradi. Zararkunandalarni jalb etib, soʻngra nobud qilish uchun yorugʻlik tutqichlari, shuningdek, organik birikmalar — attraktantlardai foydalaniladi. Oʻsimliklarni kimyoviy himoya usuli turli kimyoviy dorilardan foydalanishga asoslangan; salbiy tomonlari koʻpligiga qaramay bu usul hozirda Oʻsimliklarni himoya qilishq.da yetakchi usullardan biridir. Oʻzbekistonda 2005-yilda faqatgina oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi 200 ga yaqin kimyoviy vositalar qoʻllanilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasi kimyoviy va biologik preparatlardan foydalanishga ruxsat beradi va ularni qoʻllash qoidalariga qatʼiy amal qilishni nazorat qiladi. Oʻsimliklarni biologik himoya usulit zararkunandalarga qarshi parazitlar, yirtqich hasharotlar, mikroorganizmlar va antibiotiklardan foydalaniladi.
Oʻsimliklarni genetik himoya usuli ikki organizm: parazit bilan oʻsimlikxoʻjayinning oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Oʻsimlikning kasallik va zararkunandalarga nisbatan immuniteti (chidamligi) muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklarni mikrobiologik himoya usulida kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashish uchun mikroorganizmlardan foydalaniladi. Oʻsimliklarni uygʻunlashgan — integral himoya usulida zararkunanda hasharotlar hamda kanalarga qarshi kurashish uchun kimyoviy va biologik kurash usullari birgalikda olib boriladi. Bunda odam tomonidan buzilgan agrobitsenozdagi turlar nisbatan tiklanadi, bu esa biosferani muhofaza qilishning muhim omillaridan biridir.
Oʻsimliklarni himoya qilishq. nazariyasini yaratishda S.N. Lgimuhamedov, N. G. Zaprometov, V. A. Znamenskiy, K.I.Mirpoʻlatov, M.N. Narziqulov, R.O. Olimjonov, T.D.Straxov, V.N.Shchegolev, V.V.Yaxontov va boshqalar ning ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha amaliy tadbirlarni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklarni himoya qilish markazi rejalashtiradi, uyushtiradi va bajarilishini nazorat qiladi. U.ning huzuridagi Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yalari, kasallik, zararkunandalarning tarqalishi va koʻpayishidan ogohlantirish punktlari (156 ta) da bevosita Oʻsimliklarni himoya qilishq. tadbirlari bajariladi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish institutida, oliy oʻquv yurtlari, tajriba st-yalarida shu sohaga oid ilmiy ishlar olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqalar davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida" Qonuni (2000-yil 31 avgust) Oʻsimliklarni himoya qilishq.ni taʼminlash, Oʻsimliklarni himoya qilishq. vositalarining inson sogʻligiga, atrof muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. O’zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi. O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan. O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi. Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar.Tuproq turlari. Respublikamiz hududida turli tabiiy sharoit tasirida hilma-hil tuproq turlari tarkib topgan. Bular: 1) qayir allyuvial tuproqlar, 2) o’tloq bo’z tuproqlar, 3) qumli cho’l tuproqlari, 4) cho’l taqir tuproqlar, 5) sho’rxok tuproqlar, 6) sur-qo’ng’ir tuproqlar, 7) sug’oriladigan (madaniy) bo’z tsproqlar, 8) och tusli bo’z tuproqlar, 9) oddiy (tipik) bo’z tuproqlar, 10) to’q tusli bo’z tuproqlar, 11) tog’ jigar tuproqlar va 12) tog’ o’tloq tuproqlaridan iborat.Cho’l mintaqasi. Cho’l mintaqasi okean sathidan 400-500 m balanlikkacha bo’lgan joylarni o’z ichiga oladi va O’zbekiston maydonining 70% ini ishg’ol qiladi.Cho’l iqlimining juda issiq va quruq ekanligi, yog’inlarning juda kam yog’ilishi sizga malum. Yozda yog’in deyarli yog’maydi. Kunduzi havo harorati 0 0 0+45, +50 S daragacha, qum yuzasi esa +80 S darajagacha qiziydi. Cho’lning qattiq, issiq va qurg’oqchil iqlimi, siyrak o’simliklar sharoitida tuproq hosil bo’lish jarayoni juda sust boradi. Cho’l tuproqlari xilma-xil bo’lib, unda sur-qo’ng’ir, qumli cho’l, taqir va bo’z tuproqlar uchraydi. Cho’ldagi organik miqdori yuqori harorat tufayli tez parchalanib, mineralashadi. Shuning uchun tuproqlar tarkibida chirindi ancha kam bo’ladi. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog’lar va Nurota tog’larining etaklaridagi toshloq cho’llarda sur-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar chirindi juda kam, ular ko’rincha sho’rtob bo’ladi. Tuproo’ning ustki qatlamida kalsiy karbonat, pastki o’atlamida esa sulfat tuzlaridan gips to’planadi. Tarkibida chirindi miqdori 0,3-1% gacha bo’lgan sur-qo’ng’ir tuproqli joylarda siyrak o’t o’sadi, mayda mollarni boqish imkoniyati vujudga keladi.Qizilqum, Zarafshon daryosi etagi, Markaziy Farg’ona va Mirzacho’ldagi qumli tekisliklarda qumli cho’l tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdori 0,3-0,6% ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikda foydalanish qiyin. Qumli cho’l tuproqlarda o’sadigan o’simliklardan qorako’l quylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Cho’llarda taqirlar ham uchraydi, ular gili jinslardan tarkib topgan bo’lib, tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1% ga yetadi. Taqirlar Usyurtda, shunigdek quruq deltalarda, qadimgi daryolarning ko’hna qayirlarda uchraydi. Taqirlarda o’simlik o’sishi qiyin, tuproq yuzasi qattiq va yorilib-yorilib ketadi. Respublikamizning yer osti suvlari yer betiga yaqin bo’lgan joylarda (Mirzacho’l, Markaziy Farg’ona, Qarshi cho’llari va Amudaryo etagida) sho’r tuproqlar vujudga kelgan. Bunday joylarda yer osti suvi yer betiga chiqib bog’lanadi, tuproq tarkibida tuz ko’payadi. Cho’l mintaqasidagi yirik sho’rhoklar (masalan, Borsa-kelmas sho’rhoki) dan dehqonchilikda foydalanib bo’lmaydi. O’zbekistonning daryo vodiylarida, qayir va deltalarida o’tloq va botqoq tuproqlar uchraydi. Respublikamiz tekislik qismining sharqiy va janubiy chekkalarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan (ular asosan uch xilda: och tusli bo’z tuproq, oddiy bo’z tuproq va to’q tusli bo’z tuproqqa bo’linadi). Bo’z tuproqlar qalin lyoss yotqiziqlari ustida hosil bo’lgan. Tarkibida chirindi ko’p bo’lmasa ham zarralari mayda bo’lib, suv va havoni o’zidan yaxshi o’tkazadi.Cho’l mintaqasining okean sathidan 300-500 m balantlikdagi joylarida och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Och tusli bo’z tuproqning tarkibida 1-1,5% gacha chirindi bo’ladi. Sug’orib, o’g’itlar solinsa unumdor tuproqqa aylanib, yaxshi xosil bernadi.Amudaryo etagi,Yu Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo va Surhondaryo vodiylaridagi qadimiy obikor dehqonchilik qilinadigan joylarida vohalar vujudga kelgan. Bu yerdagi bo’z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida madaniy tuproqlarga aylangan. Cho’l mintaqasida o’simlik qoplami siyrak. Nam yetarli bo’lgan bahor fasli cho’l mintaqasining manzarasi o’zgacha bo’ladi,Yu bu vaqtda efemer o’simliklar bark urib o’sib, cho’l yam-yashil libosga burkanadi Jazirama yoz issiqlari boshlanishi bilan cho’ldagi o’tlar sarg’ayib, qovjirab quriy boshlaydi. Cho’lda sidirg’a o’simlik bo’lmaydi. Cho’l o’simliklari jazirama va quruq iqlim sharoitiga moslashgan. Ularning ildizi juda uzun, barglari mayda yoki butunlay bo’lmaydi. Shuning uchun tanasida nam kam bug’lanadi. Bazi bir o’simliklar qisqa, sernam va salqin muddatga o’z hayotini tugallashga ulguradi. Qumlm cho’llarda Selin, juzg’un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq o’sadi. Qumlarda qora qandim va qizilcha butalari, shuningdek saksovul (yog’ochi qattiq, suvda cho’kadi) uchraydi. Saksovulsh qumlarni mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Sho’rhok joylarda ajriq, yulg’un, sho’ra va shuvoq o’sadi. Gili cho’llarda qum qiyog’i va qo’ng’irbosh uchraydi. Respublikamiz cho’llarida qorako’l qo’ylari va tuya boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Cho’lda foydali o’simliklar ko’p. Masalan, cherkez va isiriq tarkibida turli xil kasalliklarni davolaydigan alkaloidlar bor, sassiq kovrak tarkibidagi smoladan malham tayyorlanadi, ildizi esa krahmalga boy. Ayrim o’simliklardan buyoq olinadi.

2.2.Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simliklar


O'simliklar dunyosi evolyutsiya va boshqa moslashish jarayonlari tufayli o'zlarining kelib chiqish joylarida sodir bo'lgan atrof-muhit o'zgarishlariga javob beradigan juda ko'p sonli o'simlik turlarini birlashtiradi.Paleozoyda yashagan o'simliklarni bugungi kunda ham ko'rish mumkin. Paleozoy taxminan 570 million yil oldin boshlanadi va eng yirik quruqlik o'simliklari paydo bo'lganda, bundan oldin faqat suvda hayot mavjud bo'lgan va yashil suv o'tlari paydo bo'lgan.
Biz qadrlashimiz mumkin bo'lgan va paleozoyda paydo bo'lgan o'simliklar orasida paporotniklar, turli avlod ignabargli o'simliklari (Pinus, Araucaria, Cupressus va boshqalar), shuningdek, siz hali ham o'sha davrdagi boshqalarni bilishingiz mumkin. ular boshqa ekologik noqulayliklar tufayli moslasha olmagani, rivojlana olmagani yoki yashay olmagani uchun yo'q bo'lib ketishdi.
Suv va quruqlik o'simliklari paydo bo'lganligi sababli ular ushbu ekotizimlarda muhim rol o'ynaydi va ular bilan tirik mavjudotlar yaqin aloqada bo'ladi, chunki o'simliklar tirik mavjudotlar nafas olishi uchun kislorod ishlab chiqarishga yordam beradi, ular haroratni nazorat qiladi, chuchuk suvning to'planishiga yordam beradi, ifloslantiruvchi gazlarni filtrlash, bu va boshqa sabablarga ko'ra biz xabardorlikni oshirishimiz va o'simliklarni himoya qilishimiz kerak.
O'simliklarni himoya qilish usullari xilma-xildir, ulardan ba'zilari o'simliklarning mo''jizalari, ular qanday o'stirilishi, ekish yaxshiroq bo'lgan joylar haqida bir oz ko'proq ma'lumotga ega, dalalardan va qo'riqlanadigan tabiiy hududlardan olingan o'simliklarni sotib olishdan saqlaning. va, shaharlarning atrof-muhit sharoitlariga yaxshiroq moslashgan ko'chatxonalar va issiqxonalarda o'simliklarni sotib olish yaxshiroqdir. Sayyorada yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan ko'plab o'simliklar mavjud bo'lib, ular tadqiqotchilar va sezgilarga ko'ra, Jahon tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) 1997 yilda nashr etilgan asarida u dunyoning holati va uning geografik tarqalishini tasvirlab bergan 33.000 XNUMX o'simlik. yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlar ko'plab mamlakatlarni floristik inventarlarni tuzishga va dunyoning turli mamlakatlari florasining tahdid sharoitlarini bilishga olib kelgan dastlabki qadam edi. Quyida misol keltirilgan.

1- rasm.Vera chivin qopqon


Hasharotlarni ushlaydigan o'simlik Venera pashshasi (Dionaea mushaklari), hasharotlar va o'rgimchaklar bilan oziqlanish orqali mahalliy aholi va paxtakorlar tomonidan yirtqich o'simlik sifatida aniqlanadi. Hozirda bu Venera chivinli o'simligi "Yo'qolib ketish xavfi ostidagi zaif holat" toifasiga kiritilgan.


Venera pashshasi - bu yer ostida o'sadigan va rivojlanadigan kalta lampochka shaklidagi poyaga ega bo'lgan kichik o'simlik. Bu lampalardan taxminan to'rt dan sakkiztagacha barglar chiqadigan rozet bor. Uning lampalari 10 santimetrga yetishi mumkin. Har bir varaq ikki qismga bo'lingan. Bir qismida fotosintez sodir bo'ladigan petiole va boshqa qismida hasharotlar va o'rgimchaklarni ushlash mexanizmiga ega bo'lgan ikkita lob rivojlanadi. O'z kelib chiqqan joyida u taxminan 30 yil yashashi mumkin.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling