Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati


Download 341.5 Kb.
bet2/2
Sana26.09.2020
Hajmi341.5 Kb.
#131457
1   2
Bog'liq
talimda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etish (1)


1.3. Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati

Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q)


Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Oxirgi o‘n yillikda pedagogik innovatikani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potaщnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova,
O.T.Xomeriki, N.R.Yusupbekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda.
Shaxsiy yo‘nalishli ta’lim konsepsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vыgotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davыdov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmolov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Sukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshqaruv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug‘ullangan. Ushbu konsepsiyaning yetakchi g‘oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o‘rnini anglab yetish, predmetlarni o‘zlashtirish bilan asosiy e’tibor o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o‘qitishga asosiy maqsad qaratiladi.
Ushbu konsepsiyaning boshqa bir g‘oyasi o‘quv shakllarini konstruksiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo‘lg‘usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo‘lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o‘zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo‘lib, bunda ta’lim-oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo‘naltirilgan shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan jarayondir.

16


Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar emas, balki shaxs o‘sishiga qobiliyat, empatik o‘zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka qaratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi g‘oyasi
pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi.
Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi.
O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi.
Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerak.
Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita bog‘liq.
Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash imkoniyatlarini chagaralaydi.
Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va

17


pedagogika kollejlarida talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p
bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi.
Oliy pedagogik ta’limni ko‘p bosqichli mazmuni bizning sharoitimizda ikki darajali
model:


  • umumiy (bazaviy-bakalaviriat va to‘liq (magistratura) ko‘rinishida amalga oshirilib, har biri o‘ziga avtonom hisoblanadi;




  • yaxlit tizim ko‘rinishiga ega;




  • bozor iqtisodiyoti talablariga to‘la javob beradi;




  • ta’limni ko‘pgina yo‘llari orqali egallash imkonini beradi;




  • o‘qiyotganlarni akademik va kasbiy yo‘naltirishga rag‘batlantiradi;




  • o‘z-o‘zini anglash, uning qimmatli yo‘nalishlarini va hayot tarzini belgilash asosida shaxs rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi.

O‘qitish asosiga ta’limiy-kasbiy dasturlar qo‘yilgan bo‘lib, ular beshta blok-model prinsipidan tashkil topgan: ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari hamda qo‘shimcha fanlar tizimidan iborat. Texnologik jihatidan kasbiy ta’limning mazmuni, metodlari va metodikasini tanlashga madaniy yondashuv bilan bevosita bog‘liq.. Ushbu dasturlarni ishlab chiqilishida har bir blokning vazifasi, bloklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tashkiliy, didaktik-texnologik ishlar va malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilgani ko‘zga tashlanadi.


Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, fakultetlarda oliy ta’limdagi ko‘p bosqichli tizim (OTKT) asosida ishlash va an’anaviy tizim bilan ishlash qiyosiy taqqoslab ko‘rilganda, talabalar (OTKT) yangicha ta’lim tizimida ongli, ijodiy ishlashga ko‘proq e’tibor qaratgani, talabalarda ta’lim motivatsiyasi darajasi yuqori ekanligi ko‘zga tashlanadi. Oliy ta’limni fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish amalga oshiriladi. Umuman olganda oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin.
Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini

18


boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.

19


  1. BOB. TA’LIMDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY


ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAMDA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

2.1. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy jihatlari

Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim ob’ekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim mazmuniga bog‘liq.


Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.
O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnlogiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, o‘z oldimizga Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifaning uddasidan chiqdik. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, har bir ta’lim muassasalariga, har bir o‘quvchiga yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish mexanizmini yaratishdan iborat.
Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali Respublikamizda yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) shakllantirilmagan edi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma-

20


bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi.
Chunki, Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi.
Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan.
Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda:

  • ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish;




  • Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini yaratish zarur. Buning uchun:




  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari

va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish;



  • ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy

pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish;



  • pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish,

ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;



  • pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv

ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko‘rish;



  • pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg‘armasini

yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish.


Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi.
Shu boisdan ham pedagogik iinovatsiyalarni izlab topish. o‘rganish, tahlillar ostida eng

21


ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni «to‘plash» jarayoni deb qabul qilamiz.
Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.
Mazkur ishlarni boshqaruvchi Davlat ta’lim standartlari monitoringi maktab pedagoglar kengashlari, metod birlashmalari, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarida, viloyat malaka oshirish institutlarida o‘rganib, to‘plangan pedagogik innovatsiyalarni o‘z vaqtida «TANLOVChI»larga yetkazish yeki ayrimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri «QO‘LLOVChI»larga yo‘llashni muvofiqlashtirib boradi.
Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi «Pedagogik texnologiyalar markazi»:

  • ma’lumotning yo‘nalishini aniqlaydi;




  • joriy qilish va qo‘llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi;




  • metodik qo‘llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik

matbuotga uzatadi;




  • reyting tizimi, o‘quvchilarni maktabgacha tayyorlash, Davlat ta’lim standartlarini joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi;




  • xorijiy davlatlardagi ta’lim sohasidagi tajribalarni o‘rganadi, taqqoslaydi va

tavsiyalar tayyorlaydi;




  • amaliyotga tatbiq qiluvchilarni o‘qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuv ishlarini

tashkil qiladi;


­ pedagogika sohasidagi olimlar, ilmiy izlanuvchilar bilan hamkorlik ishlarini olib
boradi;


  • innovatsiyalarning qo‘llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi;




  • innovatsiyaga oid Respublika ilmiy-amaliy kengashlar yig‘ilishlar va konferensiyalar

o‘tkazadi;




  • malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi

axborotlar bilan ta’minlab boradi.


Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi «Pedagogik matbuot» asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va

22


mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur.


  1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki

ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.


2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda
qatnashmaganlar.


  1. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya qilish.




  1. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.

5. Ish xajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni


rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa. Afsus, ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga ishonchsizligi uning g‘oyasiga
o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va mavjud qadriyatlarga e’tiborini qaratmasa, demak bu faollik juda xavfli. Yosh o‘qituvchining bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi
uchun ko‘p variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. M.V.Klarinning «Chet el pedagogik izlanishlarda ta’limotning pedagogik modellari» monografiyasida yuqori sinf o‘quvchilar bilan darslarni tashkillashtirish asosiga qo‘yilgan quyidagi masalalar taqdim etiladi:
-ijodiy yaratishlarda ichki to‘siqlarni yo‘qotish. O‘quvchilar ijodiy izlanishga tayyor bo‘lsa, ularga o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda o‘zida ishonchni o‘rnatishga yordam berish lozim. Ular qabul qilinadimi yoki ular ustidan kuladimi, lekin ushbu xavotirlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular xato qilishdan ko‘rqmasligi lozim;
-ongsizlikda ishga e’tibor berish. Agar muammo diqqatning markazida joylashmasa ham miyaning ongsiz qismi uning ustida ishlaydi. Ayrim g‘oyalar bir oyda chiqib qolsa ham ularni vaqtida eslab qolish kerak hamda tushuntirib, joylashtirib qo‘yish va ulardan maqsadli foydalanish lozim;
-baholashdan chetda yurish. Bu ham o‘quvchilarning g‘oyalar oqimini kengaytirish, muammoning ustidan erkin fikrlashiga ko‘proq vaqt va e’tibor berishga imkoniyat beradi.

23


O‘quvchilarga ijodiy izlanish va yangi tasavvur bog‘lanishlarining topilishi uchun metafora va o‘xshatishlarni ishlatilishiga imkoniyat berish hisobiga kengayadi. O‘rta va oliy maktablarda ixtirolar bilan ishlash, obrazli tafakkurga chaqirish, obrazlarning yaratilishida va ularni anglashiga yo‘naltirishda spontallikning birlashuvini kiritadi;
-aqliy mashqlar imkoniyatini berish. Boshqa holatlarda o‘rganish uchun o‘quvchilarga mashqlar beriladi, sababi-echimni topish holatida ular buni o‘zgacha his etadi, o‘zini yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaslik;
-tasavvurning faolligini qo‘llab-quvvatlash. Bu ijodiy o‘ylashning asosi hisoblanadi. Tasavvurni, hayolni o‘z joyiga qo‘yish, ularni nazorat qilish, ichki ozodalik, tartib yaratib bo‘linganidan so‘ng hamma gaplar mulohaza qilinadi;
-o‘zlashtirishni rivojlantirish, sezish, o‘zlashtirishni kengaytirish va to‘ldirishlarni kuchaytirish.
O‘quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga yordam berish, o‘z imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan maslahatlar erkin muloqotda, fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Mashg‘ulotlarning tashkil etuvchi shart-o‘quvchilarni ijodga shaxsiy kiritishi ekan. Shunday ta’lim, bilim, idroklarni shaxsiyat sohasining shakllanishiga kiritadi, yuqori sinf o‘quvchilari ochiq, o‘zlashtirish va boshqa nuqtai nazarini tushunishi uchun qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‘rib chiqamiz: «Shuni ko‘rib o‘tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, uni hammasini tushunarmikan..? Nimaga u o‘z qarashiga meni ishontirmoqchi?». Menimcha: «ma’lumotlarim yetarli emas: yetmagan to‘la-to‘kislarni bilib olsam, yaxshi bo‘ladi... U nohaq deb aytyapmanmi yoki ochiqchasiga o‘z munosabatimni bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim kerak». O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiish metodlarini va mazmunini didaktik izlash bilim va usullarni shakllantirishga olib keldi. Shunday tadqiqiy mo‘ljal o‘quv jarayoniga pedagogik yondashuvni o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Bu esa o‘z o‘rnida ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy – tadqiqiy faoliyatda yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi modellashlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Bolalar tomonidan mazmunan ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik o‘yinlarini ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor

24


qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4 bosqichni ajratsa bo‘ladi.
Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri, o‘xshatilishi va uning qoidalar harakteristikasi, o‘yin mulohazalarining bayoni, o‘yin o‘tkazishda uning sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.

2.2. Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishda yangiliklar kiritishning ahamiyati

Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga kirishishdan oldin «Pedagogik tizim» va «Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish» tushunchasini aniqlab olaylik.


Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi.
Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi.
Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin.
Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, «natijalar», «o‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish», «texnologiya»lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin.
Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadir.
Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar.

25


Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy «to‘plamidan» ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.
Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik «tajribalarni umumlashtirishdan» farqli «mumkin emas» xulosasini bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi.
Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini ochib beradi.
Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasining noaniqligini kuchaytiradi.
Har doim, ayniqsa «aniq» fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz. Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz.
Bu imkoniyatlar tizimining aniq hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda.
Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatgich, «harajat» va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va sub’ektiv baholarni juda oson noto‘g‘ri

26


deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga
to‘la erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada bo‘lmasa mumkin bo‘ladi.
Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik, u «yomon» va «yaxshi» pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning uchun o‘qituvchi ham birdir. Uni o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosabatlar ilgari o‘rganilgan edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50% o‘qituvchidan, 50% esa o‘quvchiga bog‘liq.
Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning samaradorligi, aytaylik o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% dan kam bo‘lmaydi. An’anaviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko‘prog‘i dasturni to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi.
Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha yaxshilash mumkin emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni o‘rganish, moslashish, sustkashlikni yengish kerak.
Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo‘llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki imkoniyatlar xisobiga, ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-uskunalar, texnologiyalar xisobiga takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab ko‘rib bo‘lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat.
Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o‘lmagan bo‘lsa agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va oqilona tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar.
G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan pedagogik mahsulotni yangi informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi differensatsiya va individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan pedagogik mahsulot

27


sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil ekspertlar bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar.
Bu holatdan chiqish yo‘li «O‘zaro bog‘liqlikdagi innovatsiya (yangiliklar)» deb ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga imkon beruvchi pedagogik tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanish imkoniyatlarini chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi pedagogik tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi.
Bo‘sh joylarini yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab, pedagogik tizimning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo‘ladi. Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgai «tashqi» chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi.
Agar shunday nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun yangi «retsept»lar ham yo‘q. Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat taraqiyoti jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga ilgari qo‘llanilmagan nazariy yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan yuqori natijalarni kiritishga majburmiz.
Pedagogika fanida berilgan g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha umumiy va qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ulardan foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi.
1) Pedagogik fan tizimi va pedagogik amaliyotni, yangi bo‘lmagan biroq doimiy dolzarb va o‘zidan o‘quv-tarbiya jarayonini bitimlashtirishning umumiy g‘oyalari va amaliy texnologiyalarini o‘ziga mujassam qilgan.
2) Insonparvarlik pedagogikasini barcha nazariy qoidalari va amaliy texnologiyalarining yig‘indisi jamlangan.


  1. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yangi g‘oyaviy yondashuvga

asoslangan.




  1. Axborotlashtirish, ommaviy kommunikatsiyalashning yangi g‘oyalari va vositalarini qo‘llashga asoslangan texnologiyalar innovatsion texnologiyalar hisoblanadi.

Pedagogik tizimda innovatsion tuzilmalarning bosh yo‘nalishi:




  • yaxlit pedagogik tizim;




  • o‘quv yurti;




  • pedagogik nazariya;




  • o‘qituvchi;




  • o‘quvchilar;




  • pedagogik texnologiya;

28


  • mazmun;




  • shakl, metodlar, vositalar;




  • boshqaruv;




  • maqsad va natijalar.

Tizim osti tuzilmalarining chuqurligi bo‘yicha innovatsion yangi kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi haqida xulosa qilish mumkin.



2.3. Innovatsion uslublarni ishlab chiqish asosida ta’limda o‘qitishni jadallashtirish, individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish

O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasini Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochihnagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.


V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:


  • bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;




  • har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish;




  • o‘qitishni tezlashtirish.

Tamoyillar:




  • ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikningyuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, va lining mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;




  • shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;




  • insonparvarlik;




  • zo‘rlab o‘qitmaslik;




  • o‘quv vaziyatlarining konfliksizligi’, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yodga solish);

V.F. Shatalov metodining o‘ziga xosligi:




  • materiallar katta hajmda kiritiladi;




  • materiallar bloklar bctyicha joylashtiriladi;




  • o‘quv materiali tayanch sxema-konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tayanch konspekt ko‘rgazmali sxemani tashkil yetmoqda. V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki


fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o‘zaro uzviy bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va h.o) bo‘lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.

29


Tayanch konspekt - o‘quv materiallari o‘zaro bog‘langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g‘oyalar tizimi o‘mida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko‘rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg‘ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o‘quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi.
V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni o‘z ichiga oladi:
1. Nazariyani sinfda o‘rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo‘r, ko‘rgazmali qurol, O‘TV bilan) bo‘yalgan plakat — tayanch konspekt bo‘yicha qayta tushuntirish; plakat bo‘yicha qisqacha bayon qilish; o‘quvchilarning o‘z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo‘yicha keng mustahkamlash.
2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt+darslik+ota-onalar yordami. O‘quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o‘qituvchining tushuntirganlarini yesla, berilgan materialni kitobdan o‘qi; o‘qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so‘zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so‘zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.


  1. Birinchi takrorlash - konspektni o‘zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o‘quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o‘qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi bir vaqtning o‘zida «asta» va magnitafon orqali so‘rab boradi yozma ishdan

so‘ng og‘zaki so‘rash boshlanadi.




  1. Tayanch konspektni og‘zaki so‘zlab olish - o‘zlashtirishdagi tashqi nutq (og‘zaki) faoliyatining yeng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.




  1. Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o‘zaro

nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro‘yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.) o‘zaro so‘rash va o‘zaro yordam; o‘yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).


Nazorat, baholash. V.F.Shatilov o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni o‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo‘qligi va past bahodan qo‘rqishning yo‘qligi. Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash.
O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko‘zguga

30


qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, awalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida yeksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi.
G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini axborotlarning uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko uch shahobchani belgilaydi:


  1. Asosiy shahobcha — mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba (o‘qituvchi)dan qabul qiluvchi (talaba)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish, o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni qo‘shimcha boshqarish manbalari — kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va o‘quvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi.




  1. Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), ta’limiy axborotlarning asosiy psixologik harakati korreksiyasini qamrab oladi.




  1. Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha axborotlar shahobchasi) axborotlar o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatilish shahobchasi.

O‘quv jarayonining samaradorligi:




  • o‘quv axborotlari mazmunining yeng maqbul tuzilmasi;




  • boshqarish samaradorligi va bilish faoliyatini tashkil etish;




  • axborotlarni o‘zlashtirishda individual o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish;




  • axborotlarni o‘zlashtirishning samarali nazoratini tashkil etishga bog‘liq.

Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o‘qitishni boshqarish


S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:


  • hamkorlik pedagogikasiga bo‘lgan shaxsiy yondashuv;




  • o‘zlashtirish (muvaffaqiyat) - o‘qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim

sharti;

31


  • sinfdagi fayz: xayrixohlik, o‘zaro yordam;




  • xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;




  • o‘quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;




  • vazifaning har bir o‘quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo‘lib berilishi;




  • asta-sekin to‘liq mustaqillikka o‘tish;




  • bilag‘on o‘quvchi vositasida bilmaydigan o‘quvchilarni o‘qitish.

S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o‘rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir. Istiqbolli tayyorgarlik o‘rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo‘l-yo‘lakay o‘tishning boshlanishidir. Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir.


S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o‘zlashtirish uch bosqichda kechadi:
1. Kelgusida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib
borish;


  1. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo‘llash;




  1. Fikrlash usullari va o‘quv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.

Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi.


Unda:


  • pedagog faqat birgina talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;




  • bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada

bo‘ladi.
Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.


Shaxsiy yondoshish deganda:


  • pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model

bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;




  • o‘quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;




  • barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi.

O‘qitishni individuallashtirish:




  • o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;




  • individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir.

32


Shunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlaiga ko‘ra o‘qitishni individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi. O‘qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab berildi:


  • Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasi;




  • A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnalogiyasi;

•V.D.Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o‘qitish texnalogiyasi.


Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr yetilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil yetish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil yetishidir:


  • Birinchi qism – barchani o‘qitish;




  • Ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o‘quvchilarning mustaqil ishlari va o‘qituvchining

ayrim o‘quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxemalardanfoydalanish, almashinib turuvchijufi o‘qituvchi bo‘lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazifalar va b.


Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga ye’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan hamda o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil yetishga imkon beradi.
Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:


  • individuallashtirish o‘qitish jarayoni strategiyasidir;




  • individuallashtirish – individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;




  • barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan foydalanishning mumkinligi;




  • individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;




  • individual suratda, uslubda o‘rganish.

Individuallashtirish texnologiyasining umumiyxususiyatlariga quyidagilar kiradi;




  • o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;




  • fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni yegallash asnosida individual

33


kamchiliklarni tuzata olish usullari;


  • oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish;




  • qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinfva sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);




  • o‘qitish jarayonini tanlash yerkinligini berish;




  • umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;




  • o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;




  • (o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.

O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:


Batov tizimi. AQShda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga bo‘linadi:
Birinchi qism- butunicha sinf ishi.
Ikkinchi qism- individual mashg‘ulotlar.
Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar bilan yo umum tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi.
Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarimng shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar.
Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas.
Dasturlashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog‘liq. U materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.
V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:

34


  • berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati);




  • davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat);




  • tarqoq — (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik);




  • goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali.

V. P. Bespalko texnologiyasi turlari:


 klassik leksiya metodida o‘qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo‘lda);
 audiovizual texnik vositalarda o‘qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan);
 «konsultant (maslahatchilar)» tizimi (berk, yo‘naltirilgan, qo‘lda);
 o‘quv adabiyotlari yordamida o‘qitish (berk, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan) —
mustaqil ish;


  • «kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo‘lda) - guruhlardagi o‘qitishning

tabaqalashtirilgan usuli;




  • kompyuter o‘qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan);




  • «repetitor» tizimi (davriy, yo‘naltirilgan, qo‘lda) - individual o‘qitish;




  • dasturlashtirilgan o‘qitish (davriy, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan programmalar tuzib qo‘yiladi.

Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:




  1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.




  1. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun.

Ichki va tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z


natijalarini va o‘zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar
vositasida yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.


  1. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali

o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro


35


bog‘langan va optimal bo‘lgan qismlardan iboratdir.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi.
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.


  1. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili.

Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy


programmalarni farqlash imkoniyatini beradi:


  • rayon programmalar;




  • tarmoqlanuvchi programmalar;




  • soddalashtirilgan programmalar;




  • aralash programmalar;




  • algoritm;




  • blokli o‘qitish;




  • modulli o‘qitish;




  • bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;

Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir.


Ravon programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi.
Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi.
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

36


Aralash programma. U ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan programma bo‘laklarini o‘zida qamrab oladi.
Algoritm. U aqliy va amaliy tadbirlar izchilligini belgilovchi tafsilotdir. U o‘qitishning mustaqil vositasi hamda ta’limiy programmlarning qismi bo‘lishi ham mumkin.
Blokli o‘qitish. Bu moslashuvchan programma asosida o‘quvchilarning turli-tuman intellektual tadbirlar va yegallagan bilimlaridan o‘quv vazifalarini yechishda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Quyidagi izchil bloklar farqlanadi:


  • axborot bloki;




  • test-axborot (o‘zlashtirishni tekshirish);




  • korreksion-axborot (noto‘g‘ri javob qaytarilganda qo‘shimcha o‘qitish);




  • muammoli blok: olingan bilimlar asosida vazifalami yechish;




  • tekshirish va korreksiya bloki.

Modulli o‘qitish. U modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir vaqtning o‘zida barcha yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan berilishi mumkin.


O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi:


  • aniq ifodaga ega bo‘lgan o‘quv maqsadi (maqsadli programma);




  • axborotlar banki: o‘qitish programmasi shaklidagi ayni o‘quv materiali;




  • maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma;




  • zaruriy malakalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashgulotlar;




  • qo‘yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi. Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi.

O‘quv materiallari bir necha bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish.


Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir.
Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi.

37


Pedagogik texnologiyaga yaxlit hodisa sifatida qaraladi. Texnologiyaning interfaol sifatlari, tarkibiy qismlari, tuzilmasi, funksional tavsifi, kommunikativ xususiyatlari, tarixiyligi va uzviyligi tadqiq qilinmoqda.
«Texnologiya»,pedagogik texnologiya» tushunchalari hamon tadqiqotlar bo‘lishini taqozo etadi.
Pedagogik texnologiyalar tasniflarini asoslash, texnologiya turlari mazmunining yoritilishi, bu texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini belgilash ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirishga imkon beradi.
«O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi» saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo‘ladi:


  1. mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);




  1. ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);




  1. bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo‘yicha

sinovlar);




  1. fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish);




  1. dars-praktikumlar.

Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.


Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari:
«A»,«V»,«S» dasturlari ajralib turadi.
Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:


  • muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi;




  • talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; «S» dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish

orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida


o‘zlashtiradilar. «S» dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim.
«V» dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va oydinlashtiradi hamda

38


tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi.
«A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan.
Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash metodikasi qo‘llanadi.
Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi.

2.4. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar

Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi.


Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo‘la oladi. Demak, shundagina
o‘quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o‘quv-metodik majmualar tajriba-sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim
natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo‘naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O‘tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog‘liq tarzda o‘quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o‘quv dasturi tajribadan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, kuzatilayotgan ta’lim

39


jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo‘llaganligiga emas, balki o‘quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o‘quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko‘lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak.
Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o‘zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o‘zining tayanch metodologiyasiga ega bo‘lgan pedagogika fanining muhim tarmog‘i sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini
yangidan-yangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta’lim modellari va
texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga
yo‘naltirilgandir.
Pedagogik prognostika o‘quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta’lim texnologiyalari doirasida o‘quvchi-talabalarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo‘llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o‘quvchi hamda o‘qituvchining jonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog‘i lozim.
Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat’iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchi-talabaning boshqa o‘quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy

40


jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, o‘quvchi-talabalar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining sub’ekti, o‘quvchi-talabalar pedagogik jarayonning ob’ekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi-talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti hamkorlikda o‘quv-tarbiya vazifalarini hal etadi.
Ushbu pedagogik texnologiyada ta’lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g‘oya qay darajada amalga oshirilganligi ta’lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo‘lgan munosabat hisoblanadi.
Insonning boshqa mavjudotlardan farqi – o‘z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yib, so‘ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to‘siqni yengib o‘tish uchun qo‘llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi.
Inson maqsadga yetishda bir necha, ba’zan esa o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri keladi. Bu to‘siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo‘llanadi. Maqsadga yetishda qo‘llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi.
Usullarni ma’lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.
Ta’lim uslubi – o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchi-talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. O‘qitish uslublari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik

41


faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchi-talabalarning ta’lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish – illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo‘llaniladi.
Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo‘llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog) avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo‘yadi, masalalarni, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. O‘quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o‘quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo‘lgandagina, pedagog o‘zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. O‘qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.
Pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko‘rinishda oladi. Hattoki, o‘quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu yerda maqsadlarni aniqlashtirishning o‘ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan – ta’lim tizimi vazifalariga, ulardan–ma’lum o‘quv yurti, o‘quv predmeti, uning mavzuli bo‘limlari va alohida o‘quv maqsadlariga o‘tish mumkin.
M.V.Klarin ta’limoti bo‘yicha pedagoglar tomonidan maqsadlarni belgilashning an’anaviy usullari quyidagilar:


  1. O‘quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash.




  1. Maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash.




  1. Talabaning intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonununiyatlari orqali o‘quv maqsadni qo‘yish.




  1. O‘quv maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo‘yish.

Shu munosabat bilan o‘qitishning maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog yoki talabaning faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar faoliyatining faqat tashqi namoyon bo‘lishidan xulosa chiqarish mumkin. Pedagog o‘qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish mumkin bo‘lgan tashqi belgilarini, ya’ni so‘zlashish, harakatlanish jarayonini to‘la tasvirlashga intiladi.


42


Ba’zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va ushbu jarayon orqali natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin.
Ilg‘or ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o‘ziga xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. Qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo‘nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta’minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta’limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida aniqlashga o‘tish, bo‘lim mazmunini yaxlit holda o‘zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o‘rganib qolgan an’anaviy ta’lim o‘rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi.
Ta’limni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:


  • ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta’minlash;




  • ta’lim maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish;







  • ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga

keltirish.


O`qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin. Ba'zan yosh o`qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining guvohi bo`lamiz. Yosh o`qituvchilar va talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.
1.Maqsadda aniqlikning yo`qligi. Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani o`rganishlari aniq belgilanmaydi.
2.Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi.
3.O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi.
4.O`qituvchi berayotgan yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o`rganishini ta'minlamaydi.
5. Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning

43


samarali vositasi bo`la olmaydi.
Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim.
Dars rejasi sizni va sizning talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo`lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga o`rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko`zda tutadi. Shuning uchun ham dars rejasi qo`yilgan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha elementlarni o`z ichiga olishi lozim. Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin.


  1. Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo`limlarini belgilab beradi,

ya'ni: a) dars kimga mo`ljallangan, talabalarning darajalari; b) ma'lum o`quv predmeti; v)


darsning qismlari; g) o`qituvchining ismi sharifi.


  1. Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talabalar tomonidan o`zlashtirilishi va o`qituvchining ta'sirini, talab qilingan material va baholash yo`llarini aks ettirgan bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida ko`rsatiladi.

Dars loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo`lib, ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi.


Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:
1.Mo`ljalni belgilash-Talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash. Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo`yiladigan savollar, qo`yiladigan muammolar va hokazo.
2.Maqsad - talabalar bugun nimani o`rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi(malaka). Ular o`qituvchiga bugungi o`rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat to`rini bajarib ko`rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o`qituvchi belgilaydi.
3.Kirish - o`qituvchi talabalar o`rganishi lozim bo`lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo`llarini ko`rsatadi.


  1. Modellashtirish (nomoyish qilish) - o`qituvchi o`rganilayotganlarni va natijada o`quvilar egallashi lozim bo`lgan ko`nikmani grafik shaklda ko`rsatadi yoki namoyish qiladi.




  1. Amaliy boshqaruv-o`qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi. Ularning malaka egallashlari uchun qadamma - qadam raxbarlik qiladi. Talabalarni eshitish, ko`rish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi.

6.Tushunchalarni tekshirish-o`qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg`a borish mumkinmi yoki yo`qligini aniqlaydi. Agar olg`a borish mumkin bo`lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi.


7.Mustaqil amaliyot-o`qituvchi talabalarni o`zlarini tekshirib ko`rishlari uchun imkoniyat

44


yaratadi. Talabalar mustaqil o`zlari o`rganganlarini tekshirib ko`radilar.
8.Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o`z ishlarini, o`rganganlarini o`qituvchiga so`zlab berish, namoyish qilish orqali ko`rsatadilar.
Amaliy mashqlar yoki rolli o`yin. Topshiriq.


  1. O`z mutaxassisligingiz yuzasidan mavzu tanlang.




  1. Mo`ljalni belgilang:




    1. talabalarga nimani o`rgatmokchisiz?




    1. qanday tarqatma materiallar tayyorlaysiz?




    1. qanday savollar, muammolarni o`rtaga tashlamokchisiz?




  1. Maqsadni aniqlang.




    1. talabalar nimani o`rganadi, natijada qanday ishni bajara oladi?




  1. Kirish.




    1. dars materialini belgilang.




    1. kontseptsiyani ishlab chiqing.




  1. Modellashtirish.

O`quvchilar egallashi lozim bo`lgan faoliyat to`rini ko`rsating yoki grafikasini


chizing.
6. Amaliy boshqaruv.
O`quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo`lib chizing va boshqaring.


  1. Tushunchalarni tekshirish uchun savollar tayyorlang.




  1. Mustaqil amaliyot yo`lini belgilang.




  1. Darsni tugallang.

Talabalar o`rganganlarini namoyish qilsinlar.


Darsni o`tkazish modeli. Darsni o`tkazish modelini uchta kategoriyaga bo`lish mumkin.



1.

Ko`rgazmali izchillik.







2.

Dars sxemasi.







3.

Asosiy texnologik karta.







Bular og`zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko`nikma va malakalar

shakllanishini

ta'minlovchi ta'sirlardir. Buni dars davomida og`zaki

tushuntirishlar (ya'ni,

eshitish) yoki

harakatli

ko`rsatishlar (ya'ni, bajarish) metodlaridan

foydalanib, yaxshi natijaga erishish

mumkin.
Darsda belgilangan vazifalar tahlili. O`qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o`rgatish va ularda shu ko`nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo`llarini izlashi lozim. Buning uchun o`qituvchi o`zini o`quvchi o`rnida tasavvur


45


etib, bu ko`nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo`ladi. Shundan keyingina o`qituvchi har bir qismni ko`rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko`nikmani o`quvchi egallashini ta'minlaydi.
Ba'zi o`qituvchilar belgilangan ko`nikmani talabaga o`rgatish uchun boshidan oxirigacha ko`rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya'ni izohlangan ko`nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi.
O`qituvchi modelni tushuntirgach talaba mustaqil ish paytida unutib qo`yishi o`qituvchidan unutgan qismini qayta so`rashi mumkin. Masalan, men 4 - qismni unutdim, mumkin bo`lsa menga yana bir ko`rsating. Shundan keyin o`qituvchi talabaga eslatish uchun individual yordam beradi. Yoki talaba ko`rsatilgan ko`nikmani bajarayotganda o`qituvchi yo`l ko`rsatib turadi. Siz 3 - qismni to`g`ri bajardingiz. Siz 4-qismdasiz orqaga qaytib, ishni boshidan boshlab bajaring. Tekshirib ko`ring, to`g`ri bajardingizmi? kabi. Talaba bajarishi kerak bo`lgan ishni ko`radi va nusxa ko`chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi.
O`qituvchi ishni yaxshi bajargan o`quvchilarni rag`batlantiradi. Doktor Fred Jones dars dizayniga (jihoziga) ta'lim samaradorligini ta'minlaydigan yangi elementni qo`shdi. Bu quyidagicha: darsni optimal tashkil etishning birdan bir yo`li talabalarning o`z faoliyatini tanqidiy nazorat qilishi va xatolarini bartaraf eta bilishidir. Faqat shundagina talabalar yanada ko`proq ko`nikmalarni egallaydilar. Ular ongli fikrlash va yanada yaxshiroq tushunishga erishadilar. Buning birdan - bir yo`li “hamroxingga o`rgat” metodini qo`llashdir.
Uni qo`llash yo`li quyidagicha:
1.Sinfni birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo`lish kerak.


  1. Darsni o`tish modelidan foydalanib, birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor birinchisiga modeldagi qismni o`rgatadi.




  1. O`qituvchi xohlovchilarga ta'lim metodini modellashtirib avval eshitish yo`li bilan keyin ko`rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko`rsatadi. Keyin talabalar o`qituvchi aytgan va ko`rsatganlarini aniq takrorlaydi.




  1. O`qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o`ziga 2 ta ixtiyoriy hamkorlarni tanlaydi. U modelning birinchi qismini aytib, ularni bajarishni suraydi. Shunday yo`l bilan o`qituvchi hamkorlarga modelni basqichma - bosqich o`rgatib boradi.




  1. O`qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qism bo`yicha bir - biriga o`rgatishni

aytadi. Bu ishni bajarilishini nazorat qilib, baholab, xatolarni bartaraf etishni ko`rsatadi.


O`qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko`rsatishadi.
6. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom etadi.
Bu usul talabalarni bir - biriga va o`ziga talabchan bo`lishga, ishini tanqidiy baholay bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o`rgatadi.

46


Ta'lim maqsadlarini aniqlash sohasida maslahatlar. Darsda maqsadni belgilashdan oldin o`qituvchi o`quvchilar bajarishi va o`rganishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar doirasini aniqlashi zarur. Darsda belgilangan maqsadning afzalligi va boshqalardan farqli tomonlari ajratib ko`rsatilishi kerak.
An'anaviy dars rejalari, darsda aniq andozaning belgilab berilishi va u asosda ishlashga majbur etish o`qituvchi uchun zararli bo`lib, undagi ijodiy ishlash, ijodiy fikrlash malakalarini bug`adi, o`qituvchini bir qolipda ishlaydigan robotlarga aylantirib quyadi, undagi pedagogik mahoratning shakllanishiga halaqit beradi. Darsda ta'limning aniq maqsadi belgilanishi muhim. Ta'lim maqsadlarini aniq belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatini beradi. Bu esa talabalarni belgilangan maqsad asosida tarbiyalashga katta imkoniyat yaratadi. Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi manfaatdor kishilar uchun ham imkoniyatdir (raxbar, dekanlar, ota - onalar, talabalar va hokazo).
Chunki aynan shu qiziquvchilar ta'lim sohasiga o`z e'tirozlarini aytadilar. O`qituvchilarni bilimsizlikda, o`z manfaatini ko`zlashda, liberallikda, baholashdagi sub'ektivlikda ayblaydilar.
Ularning ayblovlarini ko`pincha o`qituvchi tan olgisi kelmaydi. Shunda o`qituvchi uni ayblovchi ota-onaning urniga o`zini qo`yib ko`rsa kamchiligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Masalan, o`qituvchi o`quvchiga ertagacha kontinentlarni o`rganib kelish topshirig`i-ni bergan. Ota-onadan o`quvchi yordam so`raganda ular topshiriq nima haqidaligini tushunmaydilar:
Ya'ni kontinentlar nomini aytish kerakmi? Yoki ularning nomini kattasidan kichigiga qarab tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki bizning Davlatimizga, nisbatan yo`nalishini belgilash kerakmi? Agar ularning nomini keltirish kerak bo`lsa qaysi ro`yxatdagi nomlardan foydalanish kerak. Ba'zi ro`yxatlar Yevropa va Osiyoni bitta kontinent deb belgilaydi, ba'zilarida Avstraliyani alohida belgilaydi, ba'zilari esa Avstraliyani Okeaniya kompleksiga kiritadi.O`qituvchi bergan topshiriq asosida o`quvchi darslikda keltirilgan nomlardan foydalanish kerak.
Boshida hech kim o`quvchi ham, ota-ona ham buni bilmagan. Achinarlisi shundaki, o`quvchi imtihongacha ham buni bila olmay, imtixonda yomon baho olgan va qayta topshirish imkoniyatiga ham ega bo`lmagan.
Yana bir misolga diqqatingizni qaratamiz. Prezidentning Oliy Majlis IX sessiyasidagi nutqini o`rganib kelish topshirilgan. Talaba milliy modeldan aynan nimani o`rganishni bilmaydi va Prezidentning nutqini yodlab oladi. O`qituvchi esa yozma ish oladi. Yozma ish talabiga ko`ra matndagi tushirib qoldirilgan so`z va gaplarni joyiga qo`yib grammatik qoida asosida to`g`ri yozishi kerak.Talaba nutqni biladi, lekin grammatik qoida asosida vazifani to`g`ri bajara olmaydi. Natijada yana yomon baho.

47


Xulosa qilib aytganda o`qituvchi dars maqsadini belgilaganda uni hamma uchun tushunarli va aniq qilib, talabaga nima o`rgatiladi va u qanday ko`nikma hosil qilishini ajratib ko`rsatish va natijani mo`ljallashi lozim.
Ko`p hollarda natijani aniq mo`ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ba'zida esa belgilangan maqsad vaqt o`tishi bilan o`zgarib qoladi. Shuning uchun ham maqsad aniq, tushunarli qilib yozilishi kerak.
Talabalar xatti-harakati maqsadini to`g`ri belgilash darsdagi o`qituvchi - o`quvchi, o`quvchi - o`qituvchi o`zaro alokalarining to`g`ri va samarali bo`lishiga yordam beradi. Darsda xatti-harakat maqsadlarini to`g`ri belgilash, unda taqiqlangan xatti-harakatlarni tushuntirishni ham osonlashtiradi.
Talabalar xatti-harakati maqsadlari nafaqat darslar, balki o`quv rejalari va dasturlarini tuzishda ham asos vazifasini o`tashi lozim. Shuningdek, xatti-harakat maqsadlari talaba o`rgangan ko`nikmalarni namoyish qilishida ham aks etishi lozim.
Ta'lim maqsadlari aniqlangach, shu maqsad asosida bajariladigan ishlarni aniqlash va talabalar qanday yangi ishlarni bajarishlari, ularning xatti-harakati, ko`nikma va malakalarida qanday o`zgarishlar bo`lishini aniq belgilab olish lozim. Har bir o`qituvchi yoki talaba maqsadni aniqlashda bunga etibor berishini va maqsadni oydinlashtirish malakasini egallashi lozim.
Xatti-harakat maqsadi dars rejasidagi markaziy nukta. O`qituvchi xatti-harakat maqsadini belgilar ekan ta'lim jarayonida u nimaga ega bo`ladi, talabaning xulqida qanday sifatlar paydo bo`ladi, sinf xonasida nimalar bo`ladi – bularning hammasini aniqlashi lozim. Umumiy maqsad amalga oshganda talaba o`qituvchiga nimalarni ko`rsatishi yoki bajara olishini namoyish qiladi. O`qituvchi esa o`rganilganlar asosida xulosa chiqarishi va baholashi zarur.
Har qanday xatti-harakat maqsadi uchta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi.Bular: bajarilishi lozim bo`lgan xatti-harakat shart-sharoitlari, ularni aniqlovchi fe'llar va ularning talaba xatti-harakatida bajarilishini aniqlash mezoni. Xatti-harakat maqsadi - dars rejasining markaziy qismi. Bu o`rganilganlar natijasining tafsiloti va darsning barcha qismlarining asosi hisoblanadi. Shuningdek, darsni baholash mezoni, darsda o`qituvchi nimalarni amalga oshirishni mo`ljallashga ham yo`llanmadir. Maqsadsiz darsda nimalarni amalga oshirishni aniqlash qiyin .
Xatti-harakat maqsadini belgilash uchun darsda o`rganilishi lozim bo`lgan materialning o`ziga xos xususiyatini tushunish va shu asosda ish ko`rish lozim. Xatti-harakat maqsadining tarkibiy qismlarini alohida ko`rib chikamiz.
1. Shart-sharoit bu talaba xatti-harakatida jamlanishi lozim bo`lgan sifatlarning shakllanishi uchun talabaga beriladigan material, imkoniyat, rahbarlik yo`llari va boshqalar. Talaba o`zlashtirishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar shart-sharoitlar doirasida tushunarli bo`lishi va natijada namoyish etilishi kerak.Shart oddiy topshiriqlardan iborat ham bo`lishi mumkin.

48


Masalan: talabaga biror - bir narsani qilish uchun og`zaki yoki yozma topshiriq beriladi. Bu shartni bajarish uchun sharoit ham yaratiladi, ya'ni karta, nomerlar, karra jadvali, badiiy material yoki shu shartni bajarishga oid qanday materiallar zarur bo`lsa ular beriladi.
E'tibor bergan bo`lsangiz yuqorida talabalarning harakat bajarish uchun namuna berilmaydi yoki yo`llanma ko`rsatilmaydi. Maqsadni bajarish uchun beriladigan yo`llanma boshqa muammo. Bu yerda faqat talaba bajarishi lozim bo`lgan xulqning shart-sharoitlariga dikkat qaratiladi holos.
Har qanday xatti - harakatning samarasi undagi shart - sharoitning to`g`ri aniqlanishiga bog`liq.
2.Fe'llar. Fe'llar talabalarning xatti - harakatida yangiliklarni shakllanishiga sabab bo`ladigan ta'sir so`zi. Biz talabalarga bilimlarini o`rgatamiz. O`rganilganlar asosida nimalarni tushunganlarini, u yoki bu masalaga qanday baho berayotganlarini bilmaymiz. Chunki tushunchalarni ko`rib bo`lmaydi. Faqat ular talabaning ma'lum bir vaziyatda u yoki bu topshiriqni qanday bajarganlarida biror masalani baholayotganlarida ko`rinadi. Shuning uchun ham fe'llar talaba bajarishda ko`zatishi, yozib berishi yoki bir narsani yaratishni ifoda etuvchi harakatlarini ifodalaydi.
Bular birgalikda xatti - harakat maqsadiga asoslanadi. Agar maqsad tushunarsiz, bajariladigan ishlar aniq belgilangan bo`lmasa unda natija ham kutilgandek bo`lmaydi.
Xatti-harakat maqsadi doim natijani ko`zda tutilgan holda belgilashi shart. Toki shu maqsad asosida talaba ma’lum bir ishlarni bajara oladigan bo`lsin.
Dars rejalari va maqsadni o`rganish markazida xatti-harakatni ifodalovchi fellar turadi. Fellar to`g`ri va o`z o`rnida qo`llansa talabalar xulqida ko`zga ko`rinarli o`zgarishlar bo`lishiga olib keladi.
Quyidagi fe'llarni xatti-harakat fe'llari deb baholash maqsadga muvofiq emas: bilmoq, o`rgatmoq, tushunmoq, baholamoq... Xatti-harakat fe'llari talabaning nima qilishi yoki ishlab chiqarishini aniq ko`rsatishi kerak. Xatti-harakat fe'llarini belgilagan o`qituvchi uni ta'limning oxirigacha ham unutmasligi lozim. Fellar xatti - harakat maqsadlarini aniqlashga ham xizmat qiladi.
Bunday fellarning bazilarini ko`rib o`tamiz:
Qoidani qo`llang - Tahlil qilinayotgan vaziyat, obekt yoki holatning yechimini to`g`ri hal
etish.
Tasniflang – ma’lum mezonlar asosida vaziyat, obekt yoki so`zlarni alohida tasniflash. Tuzing – yozma ravishda ko`rsatilgan manbaalar asosida ma’lum bir tarkibini
shakllantirish.
Quring – ma’lum bir shartlar yoki obektni tasvirlovchi model, tuzilma qilish yoki rasm

49


chizish.
Aniqlang – ma’lum bir vaziyat, holat yoki ob'ektni aniqlash. Ma'lum bir tip yoki kategoriyaga kiruvchi ob'ekt, vaziyat yoki so`zni tavsiflash.Tavsif uchun mezonlarni aniqlash.
Namoyish qiling – talaba zaruriy ashyolar yordamida biror harakatni namoyish qiladi. Tasvirlang – ma’lum bir vaziyatga oid obektga xos zaruriy kategoriyalarni aytish uchun
uning o`ziga xos xususiyatlarini, o`ziga xos holatlarini tasvirlash.
Diagramma tuzing – ma’lum bir tashkilot yoki tarkibga oid sifatlarini grafik usulda tasvirlash.
Farqlang – bir-biriga o`xshash javoblarni farqlash.
Baholang – ma’lum bir sifat mezonlari asosida obektlar vaziyat, insonlar yoki sharoitni tasniflash. Tasnif umumiy bo`lmasdan har biriga alohida bo`lishi lozim.
Ajrating – ma’lum bir qoida yoki boshqa javoblar ichidan to`g`risini belgilash, tagiga chizish yo`li bilan ajratish.
Nomlang – mavjud narsa va hodisalarga nom berish.
Fe'llarni shunday belgilash lozimki, u aniq xatti-harakatni ifodalashga xizmat qilsin. Tajribadan shu narsa ma'lumki, o`qituvchilar ko`pincha cheklangan mikdordagi fe'llardan foydalanadilar. Bu esa ularning faoliyatidagi ijodkorlik imkoniyatini ham cheklab qo`yadi. Shuning uchun ham o`qituvchilarda bir qancha fe'llarning ro`yxati bo`lmog`i lozim. Bu ro`yxat ko`pchilik o`qituvchilar tomonidan qo`llansa o`quvchilar faoliyatini kengroq tashkil etish imkoniyatini beradi, pedagogik faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi.

50


UMUMIY XULOSALAR


  1. Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim

muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat.




  1. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib

innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda.




  1. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda.


4. Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi.


  1. An’anaviy pedagogik ta’lim mazmuni va tashkil etishi jixatidan aniq o‘quv fani bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi

an’anaviy tizimda, faoliyatli yondashuv asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayon yotadi va bu jarayonda ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar sub’ekt-ob’ekt tarzida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda sub’ekt-o‘qituvchi ma’lum chegaralangan sharoitda bo‘lib, uning faoliyatini o‘quv reja va o‘quv dasturi boshqaradi va hamda munosabatlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ob’ekt-talaba ma’lum darajadagi bilim hajmi bilan chegaralangan.




  1. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga

bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.




  1. O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.




  1. Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib

ko‘rsatish mumkin.


9. Umuman olganda ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida

51


bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.
TAVSIYALAR


  1. Bugungi kunda ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab

chiqish va tatbiq etish tizimini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Shu jihatdan olib qaralganda bu borada bir qator izlanishlar, metodik ta’minot yaratilishi maqsadga muvofiq.




  1. Ta’limda o‘qitishni yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab, tizimli yondashuv asosida uning umumiy samarasini yaxshilashga urinish lozim. Bunday yondashishda innovatsiya

o‘ylab topilgai «tashqi» chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi.


.

52


MUNDARIJA
Kirish 3-6

I BOB. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy-nazariy


asoslari 7

1.1. Innovatsiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning pedagogik tavsifi...7-14

1.2. Innovatsion faoliyatning muhim komponentlari..............................14-20

1.3. Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning


zaruriyati............................................................................................................20-24

II BOB. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning o‘ziga xos


xususiyatlari hamda pedagogik shart-sharoitlari ..................................25

2.1. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy


jihatlari.................................................................................25-31

2.2. Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishda yangiliklar kiritishning


ahamiyati.........................................................................................31-37

2.3. Innovatsion uslublarni ishlab chiqish asosida ta’limda o‘qitishni jadallashtirish,


individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish....................37-50

2.4. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar..............50-65

Umumiy xulosalar va tavsiyalar..............................................................66-67

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati..........................................................69-70


53


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI


  1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil.




  1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil.




  1. Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» T., «O‘zbekiston» 1999 yil.




  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2008. -176 b.




  1. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O‘zbekiston, 2011. – 440 b.




  1. Prezident I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi Halqaro konferensiyada so‘zlagan nutqidan. – Toshkent, 2012 yil, 17 fevral.




  1. Azizxo‘jaeva N.N. O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. –T.: TDPU, 2000.

– 52 b.



  1. Goziev Yo.Yo. «Umumiy psixologiya» 1-2-tom.Toshkent-2002y.




  1. YO‘ldoshev J. Yangi pedagogik texnologiya: yunalishlari, muammolari, yechimlari. «Xalq ta’limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar.




  1. Mahmudov M. O‘quv materialini didaktik loyihalash tizimi. «Pedagogik mahorat», 2002 yil, 3-son, 3-11 betlar.




  1. Mahmudov M. Ta’lim natijasini loyihalash. // «Pejagogik mahorat», 2003 yil, 1-son, 8-10 betlar.




  1. Nishonova Z.T. Oliy maktab psixologiyasi. Toshkent, 2003y.




  1. Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq

etishning ilmiy asoslari. Respublika ilmiy-metodik konferentsiyasining materiallari. – T.:


Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. 111 b.


  1. Sayidahmedov N. Ta’limda harakatlant iruvchi kuch. «Ma’rifat», 1998 yil, 16 yanvar.




  1. SOROS xalqaro ochiq jamiyatining «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari» fanlararo dasturi.




  1. Tulenov J. Gafurov Z. Falsafa. T. «O‘qituvchi» 1997 y. 382 b.




  1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. T-2006y.




  1. Farberman B.L., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. T., 2002 yil.




  1. Falsafa. T., «Sharq» 1999 y. 495 b.




  1. Hasanboev J., Hasanboeva O.,.To’raqulov X.A, Haydarov M.. Pedagogika fanidan izzohli lug’at. T-2008y.

54


  1. //www.bilimdon.uz




  1. //www.membrana.ru




  1. //www.ziyonet.uz.


55

Download 341.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling