Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
Sarbon shundoq dedi-da, quchogi‟ni ochib Abu Bakr tomon kela boshladi
Shu onda chiroq o‟chdi va birdan o‟q uzildi [19; 22].
birikkan, biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo`lmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan qo`shma gapli sintaktik qurilma sifatida talqin etadi va qo`shma gap tarkibidagi komponentlar o`zaro biriktiruv, chog`ishtiruv, ayiruv, zidlov,
inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bog`lovchilar yoki bog`lovchi vazifasidagi -da, -u (-yu) yuklamalari vositasida bog`lanishini aytadi.[5; 9].
13
Bu bog‟lovchilar sodda gaplarni bog‟labgina qolmay, ular orasida maznuniy munosabatlarni ham ifodalaydi:
va, hamda kabi birktiruv bog‟lovchilari ko‟pincha ketma-ketlik yoki bir vaqtdagi voqeani;
To‟satdan eshik sharaqlab ochilidi va ostonada Ertoyev paydo bo‟ldi Dekabr oyining boshida bir qor yog‟di-yu, keyin yana oftob charqlab, havo ilib ketdi [19; 25].
Lekin, ammo, biroq bog‟lovchilari zidlik mazmunini;
Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi [19; 27].
harakatni, yo(yoki) bog‟lovchisi birdan ortiq voqealardan birinigina sodir bo‟lishini;
Uzoqdan keng vodiy quchog‟da goh ko‟m-ko‟k o‟t bosib yotgan yaylovlar ko‟rinadi, goh qop-qorong‟i dalalar ko‟zga tashlanadi Yo zardo‟zi to‟ning to‟zibmi qoldi, yoki so‟kildimi suvsar telpging [19; 28]. esa, bo‟lsa so‟zlari bog‟lovchi vazifasida qo‟shma gap tarkiblari orasidagi qiyoslash va zidlash munosabatini ifodalaydi.
Sen bu vazifani bajara olmaysan , Karim esa bemalol uddasidan chiqadi Olovning atrofi yorug‟ undan nari bo‟lsa avvalgiday qop- qorong‟i [23; 198, 199].
Bog‟langan qo‟shma gaplarning tarkibiy qisimlari o‟z o‟rniga ya‟ni pozitsion strukturasiga ega. Bunday pozitson strukturani turg‟un pozitsion struktura hamda erkin pozitsion struktura kabi turlarga ajratishimiz mumkin.
Turg‟un pozitsion strukturadagi bog'langan qo'shma gaplarlarning komponentlari gapda doimo o‟z o‟rniga ega bo‟lib, ularning o‟rnini almashtirib bo‟lmaydi. Chunki ikkinchi komponent bevosita birinchi komponentga bog‟liq holda yuzga keladi.
14
Erkin pozitsion strukturadagi bog‟langan qo‟shma
gaplar komponentlarining gapdagi o‟rni erkindir. Ular o‟z o‟rnini almashtirishlari mumkin [23; 137].
Masalan, grammatik formasi biriktiruv bog‟lovchilari va, ham, hamda bo‟lgan bog‟langan qo‟shma gaplarning pozitsion strukturasi turg‟un va erkin bo‟ladi [22; 137] Buni quyidagi misollarda ko‟rishimiz mumkin:
tovushi eshitildi Ularning ba‟zilari yumshoq qum ustiga cho‟zilib badanlarni yoqimli bahor oftobiga toblab xordiq chiqarishga kirishdilar va ba‟zilari esa podalari izidan cho‟lga qarab ketdilar [22; 130].
Birinchi gapdagi pozitsion struktura turg‟un. Chunki qo‟shma gapning umumiy semantikasi sabab-natija ma‟nosini ifodalaydi. Bilamizki, saba-natija ma‟nosini ifodalagan qo‟shma gaplarda sabab ma‟nosini ifodalagan sodda gap oldin, natija ma‟nosidagi gap undan so‟ng keladi.
Ikkinchi gapdagi pozitsion struktura esa erkin bo‟lib, undagi sodda gaplar o‟rnini almashtirish mumkin. Chunki bu qo‟shma gapda bir paytda sodir bo‟lgan ikkita voqeani tasvirlanyapti.
Bundan tashqari bog‟lovchi vazifasidagi –u (yu), -da yuklamalari, bo‟lsa, esa so‟zlari hamda zidlov bog‟lovchilari orqli bog‟langan qo‟shma gaplarda pozitsion struktura turg‟un bo‟ladi [4; 137].
Masalan: Eshik tarqlab ochildi-da, ostonada uzun bo‟yli so‟xtasi sovuq o‟rta yoshlardagi bir ayol paydo bo‟ldi [22; 131].
bilan band edi [4; 135].
Yurtimning bu kuni chiroyli, lekin ertsi, indini yana chiroyliroq, baxtliror bo‟ladi [22; 68].
Bunday gaplarda “logik urg‟u” tushgan komponent birinchi o‟rinda, ya‟ni ahamiyati jihatidan birinchi o‟rinda bo‟lgan voqeani ifodalab kelgan gap
15
oldingi pozitsiyada, ahmiyati jihatidan ikkinchi o‟rinda bo‟lgan voqeani ifodalagan gap esa keying pozitsiyada keladi [22; 134, 135].
Ayruv bog‟lovchili bog‟langan qo‟shma gaplarda esa pozitsion struktura erkin bo‟lib, bunday qo‟shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‟rni almashtirilganda ham gap semantikasi va strukturasida o‟zgarish yuz bermaydi [22; 138].
`
Yoki Dam kuilgim qistaydi, dam jahlim chiqadi.
Demak, bog‟langan qo‟shma gaplar tarkibiy qisimlari o‟zaro teng bog‟lovchilar orqali birikib, qisimlararo teng huquqlilik munosabatni yuzga keltiradi. Lekin bu munosabat mantiqiy- mazmuniy jihatdan emas, balki faqat shakiliy jihatdangina ekanligi ayon bo‟ladi. Zero, Abduraxmonov takidlaganidek, “Bog‟langan qo‟shma gapni tashkil etgan qisimlar shaklan mustaqil, mazmunan o‟zaro bog‟langan gaplardan tashkil topadi. [29; 32, 333].
Bundan tashqari teng bog‟lovchilar va bog‟lovchi vazifasidagi so‟zlar bog‟langan qo‟shma gaplardagi sodda gaplarni bog‟labgina qolmay ular o‟rtasidagi mazmuniy munosabatni va ularning gapdagi pozitsion o‟rnini ham aniqlashga yordam beradi.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling