Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
ega ergash gap deyiladi. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash
gapli qo‟shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap –ki,( that, if, whether) bog‟lovchisi:
Shunisi muhumki, do‟srlarimiz g‟alaba qildi [5; 246].
It was enough that he was regularly paging off his obligation to the Endowment Whether they will come or hot depends on circumstance
va fe‟lning shart mayli qo‟shimchasi –sa, shuningdek , so‟roq ko‟rsatish olmoshlari kimki-u, kimki- o‟sha, kimki- o‟zi, nima- o‟sha, nimaki- hammas (who, which, whoever, whatever, olmoshlar va where, when, how, why kabi bog‟lovchi ravishlar), yordamida ham birikadi [9; 130], [27; 286]:
Scarcely had he arrived the house when it started to rain [16; 392].
Ingliz tilida esa ega ergash gaplar stuktura jihatidan ikki guruhga bo‟linanadi. Birinchi guruhga : bosh bo‟laklar ega+ kesim tartibida joylashgan ega ergash gapli qo‟shma gaplar kiradi:
20
What I detest is napalm bombing. Ikkinchi guruhga: bosh bo‟laklari kiritma ega it +kesim+ega tartibida joylashgan ega ergash gapli qo‟shma gaplar kiradi.Bu turdagi ega ergash gapli qo‟shma gaplarda avvalo, kiritma ega it, keyin bosh gap kesim, keyin esa ega ergash gap keladi:
It‟s a most extraordinary thing that you two never can keep sparring like a cat and dog [12; 320].
Kesim ergash gaplar bosh gapda ko‟rsatish va ba‟zan so‟roq olmoshlari orqali ifodalangan kesimni izoxlab uning aniq mazmunini ochib beradi. Kesim ergash gap shaxs yoki predmet ma‟nosini ko‟rsatuvchi eganing belgisini xususiyatini ko‟rsatadi. Bosh gapda kesim vazifasida qo‟llangan so‟zlar, mustaqil kesimlar kabi, shaxs ko‟rsatkichiga ham ega bo‟ladi [5; 30].
Kesim ergash gap bosh gapga –ki (that, if, whether,as though,as if) bog‟lovchisi, payt va bosh kelishikdagi shu, kimsan (who, which, what olmoshlari va where, how, why ravishlari), olmoshlari yordamida, shuningdek, bog‟lovchilarsiz birikadi. Ba‟zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi [11; 272], [12; 327].
Kesim ergash gapli qo‟shma gaplarning o‟ziga xos hususiyati shundan iborotki, ulardagi bosh gap tarkibida kesimning faqat bir qismi, ya‟ni bog‟lama fe‟l bo‟lib, bu bog‟lama kesim ergash gap bilan qo‟shma ot kesimni tashkil qiladi [11; 122].
To‟ldiruvchi ergash gaplar bosh gapdagi to‟ldiruvchining mazmunini aniqlab, izoxlab keladi. To‟ldiruvchi ergash gap mazmun tomonidan bosh gapdagi fikrga obyekt sifatida hizmat qiladi. Bunday ergash gaplar (agar bosh gapning kesimi fe‟l orqali ifodalangan bo‟lsa ) harakat obyektining ma‟nosini kengaytirish yoki uning mazmunini to‟liqroq ochib berish, izoxlash uchun xizmat qiladi.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling