25
yordamida birikadi. Wherever bilan bog‟langan ergash gaplar yo‟nalish hamda
holatni ifodalaydi:
Wherever he turned, he saw flowers
Wherever they came people greeted them enthusiastically
He was standing where he always ham stood, on the rug before the living-
room fire
From where he stood he could see nothing
Why can‟t we go where it‟s warm?
He took a chair whence he could see the street
Yana shu narsani ham etiborga olish kerakki, where bog‟lovchisi bilan
bog‟langan o‟rin ergash gaplarni where bog‟lovchi ravishi orqali bog‟langan
kesim va to‟ldiruvchi ergash gaplar bilan yoki where nisbiy ravishi orqali
bog‟langan aniqlovchi ergash gaplar bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Ular
o‟rtasidagi farq bo‟lsa ergash gap ifodalagan so‟zning tabiati va ma‟nosi orqali
aniqlanadi:
The young people went off at once to wherever they were going (adverbial
clause)
I wonder where you are hurrying (object clause)
This must be where my sister lives (predicative clause)
Here is the house where we stayed last year (attributive clause) [18; 313].
Bosh gapdagi ish –harakatining yuzaga kelish va bajarish paytini
bildiradigan ergash gap turi payt ergash gap deyiladi. Payt ergash gap qachon?
qachongacha? qachondan buyon kabi so'roqlarga javob beradi. Payt ergash gap
bosh gapga quyidagicha birikadi [25; 238].:
1. -gach (kach-qach):
Ul ketgach kunchiqar yorug'lik sochib
Bir oz vaqt o'tgach dala chetida chang ko'tarildi
2. - guncha (-g'uncha, -guncha):
Farg'ona tong otguncha