Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
76
XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi ingliz tilida va o‟zbek tillarida sabab ergash gapli qo‟shma gaplarning lingvokultrologik jihatlarning qiyosiy jihatdan o‟rganish, ularni tarjima qilish bilan bog‟liq muammolarni yoritib berish va bu mavzuni maktablarda o‟qitish metodikasiga oid tavsiyalar berishdan iborat edi.
Xulosa o‟rnida shuni aytish mumkinki, tildagi fikr ifodalashga xizmat qiluvchi sintaktik shaklining eng yuqori va murakkab pog`onalaridan biri qo‟shma gap hisoblanadi.
Yana shuni ham aytish kerakki, qo`shma gap ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mexanik tarzdagi birikuvini emas, balki muayyan kommunikativ vazifa bajarilishi uchun xizmat qiluvchi shakliy va mazmuniy butunlikni tashkil etadi. Shu bois qo`shma gap o`ziga xos murakkab shakl, ma`no hamda ohang butunligi mahsuli sanaladi.
Tilshunoslikda bu mavzu XX asrning yigirmanchi yillarida asosiy mavzulardan biri bo`ldi va bu sohada tilshunoslarning olib borgan ilmiy izlanishlari masalaning mohiyatini ochib berishda katta ahamiyatga egadir. Qo‟shma gaplarni o‟rganishda ayniqsa, M. Asqarova, G‟. Abdurahmonov, A.Berdialiyev, A. Nurmonov, G.M.Hoshimov singari o‟zbek tilshunoslarining va B.Ilish, M. Y.Blox, S. Haymovich, B. I.Rogovskaya, L. S. Barxudarov, N. A. Kobrina, E.A. Korneyeva kabi jahon tilshunoslarining olib borgan ilmiy tadqiqotlari alohida diqqatga sazovordir va ulardan izlanish davomida keng foydalandik.
Qo‟shma gapning tarkibiy qisimlarining o‟zaro bir-birlariga turli vositalar orqali birikishi va bu birikish yo‟larining xilma- xilligi, qisimlar o‟rtasidagi o‟zaro mazmun munosabati va strukrurasi qo‟shma gaplarni dastlab ikki turga ya‟ni, bog‟langan va ergash gapli qo‟shma gaplarga ajratishimizga asos bo‟ladi.
Bog`langan qo`shma gapni teng bog`lovchilar orqali birikkan, biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo`lmagan, teng huquqli predikativ 77
qismlardan tashkil topgan qo`shma gapli sintaktik qurilma sifatida talqin etiladi va qo`shma gap tarkibidagi komponentlar o`zaro biriktiruv, chog`ishtiruv, ayiruv, zidlov, inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bog`lovchilar yoki bog`lovchi vazifasidagi -da, -u (-yu) yuklamalari vositasida bog`lanadi.
Hozirgi paytda o‟zbek tilida ergash gaplarning 14 turi ajradiladi. Ingliz tilida esa ko‟pgina olimlar ergash gaplarni ega, kesim, aniqlovchi, to‟ldiruchi va hol kabi turlarga ajratishadi.
Sabab ergash gapli qo‟shma gaplar tilshunoslikda shartlanganlik munosabatini ifodalovchi ergash gapli qo‟shma gaplarning bir turi sifatida o‟rganiladi. Shartlanganlik munosabati payt munosabatidan ham, boshqa har qanday munosabatlardan ham ancha murakkab bo‟lib, bunday munosabatlarning barchasi bir g‟oyaga asoslanadi, ya‟ni bir voqea ikkinchisini keltirib chiqaradi yoki ikkinchi voqea birinchisining mavjudligiga ko‟ra yuzga keladi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur munosabatlardagi asos g‟oya “sabab-natija” dan iborat bo‟ladi.
Bundan tashqari sabab eragash gaplarda ifodalangan munosabat boshqa ergash gap turlari ifodalagan munosabatlardan quyidagicha farqlanadi: agar birinchi voqea obyektiv borliqqa nisbatlangan real bo‟lsa, sabab munosabati, agar bu voqea real emas, faraziy, taxminiy bo‟lsa, shart munossabati, agar ikkinchi voqea amalga oshirilishi mo‟jallangan niyat bo‟lsa, maqsad munosabati yuzga keladi.
O‟zbek tilida sabab ergash gap bosh gapga turli tipdagi so‟z formalar: yordamchi so‟zlar, yordamchi vazifasini bajaruvchi mustaqil so‟zlar butun bir turgu‟n birikma orqali bog‟lanadi.
Ingliz tilida esa sabab erash gap bosh gapga as, because, since, so, that, seeing (that), considering, due to; yoki qo‟shma bog‟lovchilar: for the reason that, in view of the fact that, in so far as (insofar as), by reason of orqali bog‟lanadi.
Izlanishlar davomida o‟zbek tilida sabab erash gaplar -gan+dan, - 78
ganlik+dan formalari orqali bog‟lanishi, lekin ingliz tilida kelishiklar turlari o‟zbek tilidagi kelishiklar bilan bir hil bo‟lmagani uchun bu kabi bog‟lovchi vositalarni hosil qila olmasligimiz aniqlandi.
Bundan tashqari o‟zbek tilidagi gani uchun, -ganlik uchun, –gan, ganlik sababli (tyfayli, sababdan orqasida, natijasida) kabi vositalar orqali bog‟langan sabab ergash gaplar ingliz tilidagi as, since, due to the fact that bog‟lovchilari vositasida bog‟langan ergash gaplar bilan, chunki, negaki ergashtiruvchi bog‟lovchilar orqali bog‟langan sabab ergash gaplar ham ingliz tilidagi because vositasida bog‟langan gaplar bilan, shuning uchun, shu sababli, shu bois, shu tufayli kabi ko‟makchli qurilmalar orqali bog‟langan ergash gaplar so, bog‟lovchisi orqali bog‟langan gaplarga teng bo‟la oishi ham muvofiq aniqlandi.
Ingliz va o‟zbek tillaridagi sabab ergash gaplarni ularni bog‟lovchi vositalarning gapdagi o‟rni, ma‟nosi va bajaradigan funksiyasi orqali ham farqlash mumkin. Masalan, ingliz tilidagi ko‟pgina bog‟lovchilar gapning boshida kela oladi (as, since, due to), lekin o‟zbek tilida deyarli barcha bog‟lovchilar gapning o‟rtasida ishlatiladi.
Ingliz tilidagi bu bog‟lovchilar ma‟no jihatdan teng bo‟lishiga qaramay, ergash gap tarkibida sababni ifodalashi jihatidan turlichadir. Mas alan, “because” bog‟lovchisi tinglovchiga yoki o‟quvchiga noma‟lum bo‟lgan sababni ifodalash va mana shu sababni kuchliroq takidlash uchun ishlatiladi. Bunda uning gapdagi pozitsion strukturasi gapning oxirida bo‟ladi, chunki berilayotgan yangi ma‟lumot gapning oxirida keladi.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling