Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Istiqlol yillarida Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodini o’rganish yangi bosqichga ko’tarildi. E’tibor berilsa,
mustaqilligimizning dastlabki bosqichlarida Boburga qaytish, u bilan bog’liq tarixiy
haqiqatlarni anglash, yangi asrning boshlariga kelib esa keng ko’lamda chuqur ilmiy
tadqiqotlar boshlandi. Bu esa Bobur obrazining talqinlarida tadrijiy o’zgarishlarni
ko’rsatdi. Tadqiqotda ishning aynan shunday qo’yilishi ishning ilmiy yangiligini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |