Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti
Taraqqiyotning o‘zbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi
Download 173.5 Kb.
|
boshlangich sinf oquvchilarini tarbiyalashda tejamkorlikdan foydalanish usullari
Taraqqiyotning o‘zbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo‘lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur; ikkinchidan, o‘tish davrida davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart; uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim; to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish kerak. Aholining salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan bolalar tashkil etadigan O‘zbekistonda buning alohida ahamiyati bor; beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonunlarini e’tiborga olib, yaqin o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur tanazzuldan xalos bo‘lib, barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga erishishga qaratilgan tub o‘zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari I.A.Karimov tomonidan quyidagicha izohlab berildi: ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo‘lishiga barham berish, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo‘lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag‘batlantirish vositalaridan keng foydalanish; iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish; kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish1. Mustaqillikning ilk yillarida, ya’ni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yildi: totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; respublikaning o‘ziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish; Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash; mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling