Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)
ketdi deb tarjima qilish kerak. Biroq ba’zi tillarda U o`ldi deb tarjima qilinadi.
Frazeologik mos kelishlarning asosiy turlari quyidagilardir: 1. To`liq moslashish. Misol: to lose one’s head – kallasini yo`qotmoq.
2. Qisman moslashish, ular obrazlilik jihatidan yaqin, lekin leksik tuzilishi, sintaktik kelishuvidan va so`zlar tartibi jihatidan farqlanadi. Misol: to get out of bed on the wrong foot – chap yoni bilan turmoq.
3. Moslashishning bo`lmasligi. Har xil tillarda ko`p frazeologik birikmalarning frazeologik moshlashuvi mavjud emas. Ular realiyadir.
Realiyalar leksik birlik bo`lib, insolar hayotidagi milliy urf-odatlar va ularga xos bo`lgan hodisalarni anglatadi.
79
Bunday frazeologik birikmalarni so`zma-so`z, anologiya yoki tasviriy yo`l bilan tarjima qilish yaxshiroqdir. M: Cold war – sovuq urush.
So`zma – so`z tarjima: The apple of my eye – ko`zginamning nuri. Tahlil orqali tarjima: To pull somebody’s leg – mazax qilmoq; to enter the House – parlament a’zosi bo`lmoq .
Shunday qilib, frazeologik birikmalarni tarjima qilishning qiyin muammolaridan biri, bu ularning vazifaviy va semantik tomondan ajralmas birliklar bo`lib hisoblanishidir. Ularning idiomatik ma’nosi bor va ular nutqda tayyor birlik sifatida namoyon bo`ladi. Frazeologik birikmalarning milliy madaniy xususiyatlar mavjud va ular tarjimada muommolar paydo qiladi.
Frazeologik birikmalar bir tildan boshqa tilga to`g`ri yo`l orqali tarjima qilinadi: 1. Grammatik, sematik va uslubiy moslashishlar orqali.
2. Semantik ekvivalentlar orqali. 3. Kalka orqali.
4. Tasviriy (bayon) tarjima orqali. To`liq frazeologik birikmalarning moslashishi ikkita tilda bir xil bo`lishi mumkin. Black frost – qora sovuq; to lose one’s head – kallasini yo`qotmoq.
Frazeologik birikmalarni tarjima qilish jarayonida ularning tuzilishi va mazmunini solishtirish orqali funksional va semanitk mustaqil birliklar tanlab olinadi. Bu prinsiplar til elementlarini o`xshashlik va mos kelishi orqali ifoda qilinadi. Ushbu birliklarning tuzilishi va ma’nosi mos kelishi mumkin yoki moslashishda ayrim kamchiliklar orqali taqdim etiladi.
Frazeologik birikmalarni tuzilishi va mazmuni jihatidan to`liq mos bo`lishi kam kuzatiladi. Black frost – qora sovuq.
Frazeologik birikmalarning qisman mos kelishi uchun obrazlilik tomondan bir xil, lekin tuzilish va so`z tartibi jihatidan bir – biridan farq qilad. M: to dance to smb’s pipe – birovning nog`orasiga oynamoq.
Ko`pgina frazeologik birikmalarning o`zbek tilida ekvivalentlari mavjud emas. Quyidagi turdagi birliklarni tarjima qilayotganda so`zma-so`z tarjima, anologik va tasviriy tarjima turlarini qo`llash mumkin. M: cold war – sovuq urush, the arm’s race – qurollanish poygasi. Anologiya tomonidan tarjima qilish esa maxsus milliy hususiyat bo`lgan holda mumkin bo`ladi. M: The
tuzulishining erkin tarjimasidir. M: to enter the House – parlament a’zosi bo`lmoq.
Frazeologik birikmalarda komponentlarni almashtirish, tushirib qoldirish va qo`shish mumkin. Shuning uchun biz tarjimada quyidagi holatni ta’kidlashimiz lozim.
Tarjimada ikki tildagi frazeologik birikmalarning asosiy tuzilishining grammatik shaklini saqlab qolish muhimdir. Aks holda uslubiy va pragmatik ma’nolar tarjimada aks ettirilmay
80
qolishi mumkin. M: Devorni ham qulog`i bor – Walls have ears – mumkin, lekin Walls has an ear mumkin emas. Frazeologik biliklar to`liq moslashishda o`zining tuzilishi va ma’nosi leksik birliklarning soni jihatidan farqlansa ham, lekin semantik jihatdan farqlanmaydi. M: Qanday shamol uchurdi – what wind blows you here.
Asliyat tilidagi frazeologik birikmalar ekvivalentini tarjimada topish uchun tarjima tilida mos keladigan variantini tanlanadi. Ushbu frazeologik birikmalar leksik komponentlar jihatidan farqlanadi, lekin ularning asliyat va tarjima tilida mazmuni bir xil bo`ladi. Ular tarjimada bir- birlarining o`rnida qo`llanila oladi, chunki ularning o`rnida qo`llanishga to`siq bo`luvchi milliy xususiyatga ega emas. M: to have smth at one’s finger ends - besh qo`lday bilmoq.
Ba’zida na ekvivalent, na mos keladigan ekvivalent yordam bera oladi. Bunday holda tasviriy tarjima usuli qo`llaniladi. Bu frazeologik birikmalarning erkin ravishda tarjima qilinishdir. M: It is greek to me - jumboq.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling