Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)
A mare urg`ochi ot ma`nosini anglatadi, shak-shubha yo`qki, otlar inda yashashmaydi. Mare
so`zi esa bir ma`noli so`z hisoblanadi hamda buni bilish uchun hech qanday izohning hojati yo`q.
18
Nest so`zi ko`p ma`noli so`z, uning asosiy ma`nosi hisoblangan qushlar ini ma`nosidan tashqari, metonimiya sifatida polopon yoki metaforada turar joy, yotoq, o`g`rilarning tez-tez tashrif buyurib turadigan joyi ma`nolarini ham anglatadi. Bularning hech biri, har qanday holatda ham,
Shunday qilib, har ikki so`z birikma bilan birga o`zlarining har doimgi ma`nolarini saqlab qoladi, chunki butun birikma alohida ma`noga egalik qiladi. Yuqoridagi misol professor N.N.Amosova tasniflagan qat`iy kontekstning tarkibiy qismi bo`lmish so`z birikmalariga tegishlidir, endi e`tiboringizni ikkinchi tarkibiy qism bo`lgan iboralarga berilgan ta`rif va ularni izohlovchi misollarga qaratishingiz mumkin. Komponentlar yakkaligi nuqtai nazaridan iboralarning har-xil turlari mavjud. Ularning ba`zilari hech qayerda uchramaydigan eskirgan so`zlarni yoki eskirgan ma`nodagi elementlarni o`z ichiga oladi. Bu iboralar hech qachon erkin so`z birikmasiga omonim bo`lmaydi va shuningdek ular so`zlarni turkumlash jihatidan butunlay mustaqil hisoblanadi. Masalan: to cudgel one`s brains – katta aqliy urinishni amalga oshirmoq. Iborada “cudgel” eskirgan so`zining mavjudligi birikmaning ibora ekanligidan darak beradi. Boshqa iboralar erkin so`z birikmalari bilan o`zaro omonimlik munosabatida bo`la oladi. Masalan: dark horse – (s.s.) tim qora ot, ibora sifatida esa sirli odam deb tarjima qilinadi. Ibora ba`zi noma`lum sifatlari sababli poygada tasodifan g`olib bo`lgan otning ko`rinishiga qurilgan.
Bu ibora erkin so`z birikmasi sifatida ishlatilishi mumkin. Professor N.N.Amosova iboraning rasmiy qat`iyligidan ko`ra ko`proq zarurati bo`lgan ifoda komponentlari orasidagi ichki semantik aloqadorligining muayyan xossasi haqida fikr yuritadi. Shuning uchun qat`iy kontekstning so`z birikmalari va iboralarga bunday tarzda bo`linishi birinchi, turg`unlik xossasi esa ikkinchi darajalidir. So`z birikmalari va iboralarning ikkovi ham o`zgaruvchan va o`zgarmas turlarga bo`linadi. Bu sifatlar ularning tuzilishiga juda bog`liq hisoblanadi. So`z birikmasi uning o`zgaruvchan qismiga bog`liq ravishda o`zgarishi mumkin. Misol uchun: the apple of (his, her, mother`s) eye – (uning, onasining) ko`z qorasi. So`z birikmalari akademik Vinogradovning tasnifida aniqlangan frazeologik chatishmalarga ekvivalent bo`ladi deb fikr yuritishimiz noto`g`ri bo`lar edi. Professor N.N.Amosova akademik Vinogradov yaratgan atama orqali qamrab olingan materialni ikki guruhga bo`ladi va frazeologik me`yorlardan holi bo`lgan eng katta qismini birinchi ko`rib chiqadi. “To pay a visit, to pay call, to pay homage, to pay compliments, to pay
olib qaraganda, bu bunday birikmalarning ikkala qismi erkin emas, chunki otlar guruhining
19
ikkinchi tarkibiy qism bo`lish ehtimoli ma`no xususiyatiga ko`ra cheklanmaydi, lekin stilistik qoidaga ko`ra bu cheklangan. Misol uchun: to pay seeing off, to pay celebration, to pay welcome yoki to pay greetings deb aytish mumkin emas. Bularning ba`zilari morfologik jihatdan qat`iy hisoblanadi. Masalan: biz to pay address birikmasini to pay an addressga o`zgartira olmaymiz. Professor N.N.Amosova yarim qat`iy kontekst yoki an`anaviy qat`iy kontekst atamalarini taklif etadi. Bu ikki guruh o`rtasidagi chegara chizig`i ozgina sun`iydek tuyuladi. Professor N.N.Amosova o`zi yaratgan tasnif yagona tasnif bo`lishi kerakligini talab qiladi. Professor A.V.Kunin ham iboralarning etimologiyasini muhokama qilishga, ham o`zgacha murakkab holatlarni o`rganib chiqishga qiziqqan. Uning ilmiy asarlari, ayniqsa u to`plagan lug`at, va uning shogirdlarining dissertatsiyalari ham foydali, chunki ular butun soha uchun zamonaviy tekshiruv manbai sanaladi. Professor A.V.Kunin frazeologiyani leksikologiyaning bir bo`limi emas, balki mustaqil tilshunoslik fani sifatida rivojlanishi shart deb fikr yuritadi. Uning frazeologik birikmalar tasnifi iboralar nutqda bajaradigan vazifasiga asoslangan. Ular otlashgan (a bull in a china shop), undovlashgan (a pretty kettle of fish!), so`zlashuvga xos (familiarity breeds contempt) yoki otlashgan so`zlashuvga xos (pull somebody`s leg) bo`lishi mumkin. Qo`shimcha kichik yoki ichki guruhlarga tasniflash, birliklar o`zgaruvchan yoki o`zgarmas bo`lishiga yohud bir elementning ma`nosi erkin qolishiga yoki, odatda ko`proq, elementlarning ma`nosi o`rtasidagi o`zaro bog`lanishga asoslanadi. Ko`p e`tibor boshqacha ko`rinishning har-xil turlariga ajratilgan. Masalan, sinonimligiga, otlashganligiga va boshqalarga. Batafsil funksional va semantik tasnif leksikografiyaning talablariga mos ravishda asosan professor A.V.Kuninning tezislarida rivojlantirilgan. Professor A.V.Kunin o`z tasnifini vazifa, ma`no va tuzilish xususiyatlarining birlashmasiga asoslagan. Uning tizimi o`z ilmiy asarida ravshan aytib o`tilgan. Frazeologik birikmalar turli ko`rinishga ega bo`lishi va so`z turkumlariga munosib ekvivalent bo`lishi mumkin. Tuzilishiga ko`ra esa aynan frazeologik birikmalarga (leaky vessel – inson, apple of one`s eye – juda qadrli, s.s.: ko`z qorachig`i, apple of discord – janjalga sabab bo`lgan narsa) va fe`lli birikmalarga (to make mountains of molehills – pashshadan fil yasamoq, Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling