Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)
laqablar yig`indisi deb tarjima qilishga tarjima qilishga to`g`ri keladi.
7.
Aksariyat hollarda ingliz tilidagi aniqlanmishli iboralar o`zbek tiliga ravishli iboralar bilan tarjima qilinadi: to be to have to give + A + N phrase to take Yuqoridagi namunalarga quyidagi misollarni keltirish mumkin: to have a good sleep – yaxshi tiniqib uxlamoq, to take a deep breath – chuqur nafas olmoq, to give a loud whistle – qattiq hushtak chalmoq, to have a good lunch – yaxshi, mazali taom yeb tushlik qilmoq va shu kabilar. 8.
Ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilishda shunday hollar uchraydiki, turli ekstrolingvistik omillar ta’sirida tarkibida fe’lli iboralar mavjud gaplar va ularning tuzilishi butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, “He had “I don’t know expression” in his face.” – Uning yuzi, hech narsa bilmasligini ifodalab turardi. Bu borada O.V.Petrova shunday deb yozadi: “tarjimaning muayyan usulini tanlash asosan ibora komponentlari o`rtasidagi semantik aloqalar, grammatik norma hamda tarjima tilidagi so`z birikmasini hosil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.”( O.V.Petrova. 2006, 18) Ingliz tilining o`ziga xos aniqlovchi va aniqlanmishdan tashkil topgan iboralari mavjud bo`lib, ular ichki predikatsiyaga ega. Ularning tarjimasi asosan iboralarning stilistik xususiyatlariga bog`liq. Agar bunday aniqlovchilar yoyiq va ko`p qismdan tashkil topgan bo`lsa, ular odatda o`zbek tiliga to`ldiruvchi ergash gaplar yordamida tarjima qilinadi. Aniqlanmishli ibora tarkibidagi ot xususiyatini ifodalovchi so`zlar bo`lgan hollarda esa ular bitta ot orqali
75
tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo`ladi: a gra-it-and-run … counter – yo`l-yo`lakay kirib ketiladigan mayxona yoki gazakxona. Turg`un birikmalarni tarjima qilish erkin birimalarni tarjima qilishdan farq qiladi. Turg`un birikmalar tarjimasi haqida gapirishdan avval ularning o`z va ko`chma yoki obrazli turlarini farqlab olish lozim. O`z ma’nosida qo`llangan turg`un birikmalarni tarjima qilish yuqorida fikr yuritilgan prinsiplarga asoslanadi. Eng muhim prinsiplardan biri – tarjima til normalarini unutmaslik hisoblanadi. Ko`chma yoki obrazli turg`un birikmalar tarjimasi alohida e’tiborni talab etadi. Bunday iboralarning asosiy xususiyati ularning komponentlari yig`indisidan anglab olish qiyinligi bilan xarakterlanadi. Turg`un birikmalar ma’nosi alohida olingan so`zlardan emas, balki ularning yig`indisidan kelib chiqadi. Obrazga asoslangan turg`un birikmalar matnni ifodali hamda stilistik jihatdan bo`yoqdor bo`lishini ta’minlaydi. Asliyat matnining bo`yoqdorligi tarjimada ham o`z aksini topishi va ifoda vositalarining to`liq saqlanishini talab etadi. Tarjimon matnning ifodali va bo`yoqdorligini ta’minlash maqsadida tarjima matnida ham adekvat va obrazli turg`un birikmalarning variantini topishi lozim bo`ladi. Tarjima nazariyasi bo`yicha nashr etilgan adabiyotlarda bunday birikmalarni tarjima qilishning to`rtta usuli borligi haqida ma’lumot beriladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) obrazni qanday bo`lsa shundayligicha saqlash; 2) obrazni qisman o`zgartirish; 3) obrazni butunlay boshqa obraz bilan almashtirish; 4) tarjimada butunlay obrazni saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish. 1. Odatda universal yoki internatsional obrazlar tarjimada to`liq saqlanadi. Bunday frazeologik birikmalar tarixiy, afsonaviy, diniy, mistik, mifologik va shu kabilarga asoslangan bo`ladi. Masalan, in the seventh heaven – yettinchi osmonda. Bunday frazeologik birikmalar asliyatning tarjima tilidagi ekvivalentlari deb ataladi. Tarjimada to`liq ekvivalentga ega frazeologik birikmalar deyarli hech qanday muammo tug`dirmaydi, chunki ular stilistik hamda pragmatik jihatlardan bir xil qiymatga, ma’noga, ifoda usuli va ta’sir kuchiga ega bo`ladi. Ba’zan asliyatdagi obrazli frazeologik birlikni tarjima tilida muqobili bo`lmasa ham saqlab qolish imkoniyati bo`ladi. Bunga kalkalash yo`li bilan erishish mumkin. Masalan, nothing Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling