Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Mehnat shartnomasining muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuzilishi


Download 66.78 Kb.
bet3/3
Sana12.05.2020
Hajmi66.78 Kb.
#105476
1   2   3
Bog'liq
MEHNAT QONUNCHILIGI REJA.


2.2.Mehnat shartnomasining muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuzilishi.

“Besh yildan ortiq bo’lmaganmuayyan muddatga tuziladigan, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuziladigan mehnat shartnomalarimuddatli shartnomalar hisoblanadi”.35 Masalan, yodgorlik tamirlanishi munosabati bilan ishchilar, muhandislar, rassomlar va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish zaruriyati paydo bo’ladi, biroq tamirlash ishlari tamomlanganidan keyin ushbu ishlovchilarga bo’lgan ehtiyoj barham topadi. Bunday holda, ushbu xodimlar bilan mazkur yodgorlikni tamirlash davriga muddatli mehnat shartnomasi tuzulishi kerak. Xodim qonun hujatlariga binoan, ish joyi saqlanib qoladigan xodimning o’rniga (kasallik, malaka oshirishda bo’lish, harbiy yig’inlarga chaqirilishi va hokazolar) ishga qabul qilinayotgan hollarda ham muddatli mehnat shartnomasi tuzishga zaruriyat paydo bo’ladi.

“Muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar boshqa shartnomalardan oʻzining tartibga solinishi asosi bilan farq qiladi.Bunda ishlarni bajarish majburiyatlari xoʻjaliklar oʻrtasidagi munosabatlardan vujudga keladi.Bu munosabatlar asosida maxsus bilimva malaka talab etilgan ishlarga boʻlgan ehtiyoj yotadi. Masalan, korxonalarni qurishni loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash uchun maxsus bilim va malakaga ega boʻlgan yoki bu ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishni taqozo etadi. Bu munosabatlar muayyan ishni bajarishga qaratilgan pudrat, qurilish pudrati, ijtimoiy taminot va konstruktorlik, bloyihalash, qidiruv, texnologik ishlarni amalga oshirishga qaratilgan shartnomalar vositasida tartibga solinadi. Xizmat koʻrsatishga qaratilgan shartnomalar boshqa shartnomalardan faqat xizmat koʻrsatishga doir majburiyatlar orqali amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatida xizmat koʻrsatish munosabatlariga boʻlgan ehtiyoj ortib boradi va uning yangiyangi koʻrinishlari vujudga keladi. Bu shartnomalarning xarakterli xususiyati shundaki, bunda moddiy neʼmat yaratilmaydi, balki ashyoviy shaklda boʻlmagan xizmat bajariladi. Bu shartnomalar jumlasiga ssuda kelishish, yuk tashish, haq baravariga xizmat koʻrsatish kabi shartnomalarni kiritish mumkin. Xoʻjalik shartnomasining qonun talablari darajasida tuzilishi, bajarilishi, shartnoma intizomiga rioya qilinishi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi munosabatlarning barqarorlashishi, iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositalaridan biridir”.36

“Ishga mavsumiy xodimlar qabul qilinayotganda mazkur mavsum davri uchun ular bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Ya`ni bunday shartnoma muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuziladi. Bunda ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi, mazkur buyruqni chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo`ladi va unda xodimning lavozimi aniq ko`rsatiladi (Mehnat kodeksining 75,76,77,80,81,82-moddalari)”.37

Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo`lib, u mulkchilik va xo`jalik yuritish shaklidan qat`iy nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo`yicha 5 kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga yuritiladi.

Bunday ishlar shtat jadvalidan tashqari fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida olib borilgan bo`lsa, bu davr to`g`risida yozuvlar mehnat daftarchasiga kiritilmaydi.

“Belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblangan, byudjetga to`lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinadigan daromadlardan “0”stavka bo`yicha soliq solinadigan daromad (eng kam ish haqining bir baravari) chegirilgan holda 1% miqdorda fuqarolarning jamg`arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga o`tkaziladi”38 (O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 4.12.2014 yildagi “O`zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari pragnozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida”gi PQ-2270-sonli qaroriga 9-ilova.

Muddatli mehnat shartnomasini tuzishda muayyan muddatga tuziladigan mehnat shartnomasi va muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuziladigan mehnat shartnomasi o’rtasidagi farqni bilish muhimdir. Ikkala shartnoma ham muddatli mehnat shartnomasining turi hisoblanadi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asosi ish beruvchi va xodim o’rtasida mehnat shartnomasining qaysi turi tuzilishiga bog’liqdir.

Besh yildan ortiq bo’lmagan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi o’zining amal qilish muddatini mehnat shartnomasida ko’rsatilgan muddat o’tganidanso’ng to’xtatadi. Muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilgan mehnat shartnomasi xodim shartnomada shartlashilgan ishni bajarganidan so’ng, yoki tashkilot biron-bir ishni bajarishni tugatganidan so’ng to’xtatiladi.

“1-misol. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 5- moddasi pedagogik xodimlarni oliy o’quv yurtlariga besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga shartnoma tuzgan xolda tanlov asosida ishga qabul qilishni nazarda tutadi”.39

2-misol. Qurilish tashkilotiga inshoot qurilishi tugaganidan so’ng u yerda buyurtmachining uskunalarini o’rnatish topshirilgan edi. Buning uchun qurilish tashkiloti mutaxassislar bilan muayyan ishni bajarish vaqtiga, ya’ni uskunalarni qo’yish tugagunga qadar mehnat shartnomalari tuzadi.

Shundan kelib chiqib, mehnat shartnomalarini besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga va muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzish farq qiladi. Birinchi holatda mehnat shartnomasida shartnoma muddati tugashining aniq sanasi ko’rsatiladi.Ikkinchi holatda mehnat shartnomasi muddatining tugashi mehnat shartnomasida ushbu shartnomani bekor qilish muddati sifatida ko’rsatilgan ma’lum ishning bajarilishiga bog’liq.

“Muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga tuzilgan shartnomaning muddati tugaganda tomonlarning istalgani mehnat munosabatlarini shartnoma bo’yicha ishlash muddati tugagan kunda ham, u tugagandan so’ng yetti kalendar kun mobaynida ham bekor qilishga haqlidir.

Yetti kunlik muddat shartnoma muddati tugagandan keyingi kundan boshlanadi. Agar yetti kunlik muddatning tugashi ishlanmaydigan kunga to’g’ri kelsa, uning tugashi keyingi ishlanadigan kunga ko’chiriladi”.40

Ish joyi saqlanib turadigan xodimning yo’qligi vaqtida tuzilgan mehnat shartnomasining muddati ana shu xodim ishga qaytib kelgan kundan boshlab tugaydi.

Muayyan ishni bajarish vaqtigamo`ljallab tuziladigan mehnat shartnomasi huddi nomuayyan muddatga tu­zilgan mehnat shartnomasi tartibida tuziladi. Muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuziladiganmehnat shartnomasi shartlari bo’yicha kelishuvga erishishda tomonlar amaldagi qonunlarning umumiy talablari tatbiq qilinishidan kelib chiqishlari lozim. Faqat ushbu shartnomaning, uni tuzishda alohida e’tibor berish zarur bo`lgan ba’zi shartlaribundanmustasno.

Xodim bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasidan farqli ravishda muddatli mehnat shartnomasida to­monlar majburiy tartibda kelishuvga erishishlari faqatgina ma`lum bir ishni bajarish kunigacha belgilashlari mumkin.

Muayyan ishni bajarish vaqtiga mo`ljallab tuziladigan mehnat shartnomasidagi ishni yakunlash vaqti bu belgilangan ishni tugaganligi vaqtining yetib kelishi shartnomaning amal qilishi yakunlanishining ifodalovchi muayyan hodisa. U shartnoma muddati yakunlanishining aniq sanasini begilash mumkin bo’lmagan hollarda ko’rsatiladi. Masalan, bola tug’ish bilan bog`liq ta’tilda bo’lgan xodima ishda bo`lmagan vaqtda mehnat shartnomasi tuzishda uning aniq ishga qaytadigan sanasini belgilash mumkin emas, chunki qonun unga istalgan paytda bu ta’tillarni rad etish, o’z ishiga qaytish va ishga ki­rishish huquqini beradi. Buni hisobga olib, uning o’rniga ishga qabul qilingan xodim bilan mehnat shartnomasida “asosiy xodimishga chiqadigan kun” shartnoma muddati yakunlanadigan kun deb ko’rsatish to’g`riroq bo’ladi. Shu tariqa, asosiy xodimning ishga chiqishi bu qaysi kuni ro’y berishidan qat’iy nazar, shu kuni mazkur shartno­ma amal qilishi tugashi haqida dalolat beruvchi vaqtdir.

Bu birinchi navbatda, mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi bilan bog’liq bo’lib, aynan ushbu shartnomaning amal qilishi tugaydigan kundan (vaqtdan) boshlab hisoblanadigan qat’iy belgilangan davrda uni bekor qilish imkoniyatini na­zarda tutadi.

Muayyan ishni bajarish muddatiga (bajariladigan ishning hajmi oldindan ma`lum bo`lgan hollarda) tuzilgan mehnat shartnomasi kelishib olingan ish bajarib bo`linganidan so`ng bekor qilinadi.

Mavsumiy ishlarga qabul qilish chog`ida ham muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va mavsum muddati mehnat shartnomasi muddatiga teng keladi.

Mavsumiy ishlar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash to`g`risidagi Nizom” 5-ilovasida “To`liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o`tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari Ro`yxati” 41 nazarda tutilgan.

Ushbu hujjatga ko`ra, quyidagi mavsumiy ishlar sanaladi:

1.Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:

a) paxtani quritish;

b) paxtani tozalash;

v) paxtani yuklash, tushurish;

e) paxtani pnevmotransportga ortish;

d) quritish-tozalash sexini yig`ishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.

2.Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.

Bizning fikrimizcha, mavsumiy ishlar yuqoridagi ro`yxatda ko`zda tutilganidan ancha ko`p va ularning tugal ro`yxatining mavjud emasligi xodimlar huquqlari poymol etilishiga, muammolar yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Dam olish, savdo xizmatlari ko`rsatish, baliqchilik-ovchilik, yovvoyi meva va o`simliklarni yig`ish, qayta ishlash, turizm xizmatlari ko`rsatish, qishloq xo`jaligi ishlari va boshqa ko`plab ishlar mavsumiy tusga ega bo`lib, ushbu hollarda mavsumiy mehnat shartnomasi tuzilishi xodim manfaatlariga ham, ish beruvchi manfaatlariga ham mos keladi.

Shu tufayli ijtimoiy taminot maqsadlari uchun tasdiqlangan mavsumiy ishlar ro`yxati mehnat munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda yetarli hisoblanmaydi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mavsumiy ishlarni mukammal ro`yxati va mavsumiy ishlarda mehnat shartnomasini tuzish, uni bekor qilish masalalari huquqiy tartibga solinishi lozim.

Bozor munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgani mavsumiy ishlarda band bo`lgan xodimlarni huquqlari kafolotlarini kuchaytirish, bu huquqlar muhofazasini taminlovchi samarali huquqiy vositalar ishlab chiqishni taqazo etadi. Vaqtincha yo`q xodimning mehnat vazifasini bajarib turish uchun boshqa xodim muddatli mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin.

Mehnatga oid qonunlarda vaqtinchalik va mavsumiy ishlarni bajarish borasida ham mehnat shartnomasi tuzilishi mumkinligi nazarda tutilgan.” Ish joyi saqlanadigan vaqtincha ishda bo`lmagan xodimlarning o`rniga ishga qabul qilinadiganlar uchun esa 4 oygacha bo`lgan muddatga ishga qabul qilingan xodim vaqtinchalik deb hisoblanadi. Tabiiy yoki iqlimiy sharoitlariga ko`ra yilning muayyan davri mobaynida ammo 6 oydan ortiq bo`lmagan muddat davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlar hisoblanadi, bunday holda ana shu ishlar mavsumiy ishlar ro`yhatiga kiritilgan bo`lishi shart”.42

“Xodim kasalligi, uzoq muddatga xizmat safariga ketgani, malaka oshirishda ekanligi, davlat va jamiyat ishlariga vaqtincha jalb etilishi, xomiladorligi yoxud uch yoshga yetmagan farzandi borligi sababli bola parvarishlash vaqtida vaqtincha ishda bo`lmasligi mumkin. Ana shunday hollarda vaqtincha mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.”43

Vaqtincha yo`q hodimning o`rnida ishlab turish uchun muddatli mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati doimiy ishlovchi hodim o`z ishiga qaytishi bilan tamom bo`lgan hisoblanadi va uni ishdan bo`shatilishiga sabab bo`ladi.

“Xomilador yoki uch yoshga yetmagan farzandi bor ayol bola parvarishlash ta`tilida bo`lgan davrida uning o`rniga ishga qabul qilish chog`idagi muddatli mehnat shartnomasi muddati oldindan belgilanishi mumkin emas. Bunda yosh farzandi bor ayolni ishga qaytish haqidagi arizasi uning o`rnida ishlayotgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddati tamom bo`lganini anglatadi. Uch yoshga to`lmagan farzandi bor ona bola parvarishlash ta`tili muddati tamom bo`lgan yoki tamom bo`lmaganidan qat`iy nazar o`zi istagan vaqtda ishga qaytishi mumkin (ammo, bola tug`ish ta`tili tamom bo`lmasidan ayolni o`z ishiga qaytishiga yo`l qo`yilmaydi).”44

XULOSA

Mazkur bitiruv malakaviy ishini ko`rib chiqib xulosa chiqarar ekanmiz, avvalo aytib o`tish joizki bugungi kunda mehnat munosabatlaridayaratilgan barcha qulay shart-sharoitlar, erkinliklar, ixtiyoriy kasb tanlash, adolatli sharoitlarda mehnat qilish,dam olish, ishsizlikdan himoya qilinish, bu albatta mustaqillik sharofatidandir.

Biz bugun demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurish yo`lidan bormoqdamiz. O'zbekiston bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tar ekan, uning davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining muhim qoidalaridan biri qonunlarning ustuvorligini ta'minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdir. Busiz demokratik-huquqiy davlat qurib bo'lmaydi.

Davlatimiz endi 25 yoshga to`lsa ham biz bugungacha juda katta yutuqlarni qo`lga kiritdik. Bu yutuqlar faqatgina mehnat qonunchiligida, mehnat munosabatlarida emas balki jamiyatning barcha sohalarida yaqqol namoyon bo`lmoqda.

Biz respublikamiz mehnatkashlari, ayniqsa yosh avlod huquqiy bilimining saviyasini yuqori darajaga ko'tarish bilan qonun buzilishlari, adolatsizliklar, jinoyatlarning oldini olamiz. Qonunlarga rioya etishimiz, ularni hurmat qilishimiz oilamizni, davlatimizni mustahkamlashga asos bo'ladi. Zero, har bir fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazish davrida qayerda ishlamasin, xizmat qilmasin, o'qimasin, har qadamda huquqiy bilimlarga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham bugungi kunda huquqiy ong, huquqiy madaniyatga katta etibor qaratilmoqda.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir shaxsning mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqlari mustahkamlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ta'kidlaganidek, “aholimizning faolligi, siyosiy va huquqiy ongini oshirish bo'yicha qilayotgan ishlarimizning samarasini yanada kuchaytirish masalasi doimiy kun tartibida turishi zarur”.

Mening mazkur bitiruv malakaviy ishimda mehnat shartnomasi tushunchasi, uning turlari, mazmuni, uni tuzish tartibi va eng asosiysi uning muddatlari haqida keng yoritib o`tganman.

Mamlakatimizda fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishning asosiy shakli bu- mehnat shartnomasidir.Mehnat shartnomasi bu xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi ma`lum bir ish faoliyatini yuritish uchun haq evaziga kelishuv deb yuqorida takidlab o`tilgan. Mehnat shartnomasi muddatlarining bugungi kunda eng ko`p tarqalgan turi bu nomuayyan muddatga tuziladigan mehnat shartnomalaridir.

Qonun hujjatlariga asosan ish joyi saqlanib qoladigan xodimning o`rniga ishga qabul qilinganda muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Masalan, kasallik varaqasi, mehnat ta`tili, bolani parvarishlash bilan bog`liq ta`til davriga va boshqa sabablarga tayanib. Agar bunday sabablar bo`lmasa ish beruvchi xodim bilan faqat nomuayyan muddatga mehnat shartnomasini tuzishga majburdir.

Shuni nazarda tutish kerakki, Mehnat kodeksining 76-moddasida keltirilgan xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish mumkin bo`lgan holatlar ro`yxati qat`iy chegaralangan.Agar muddatli mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 76-moddasi talablarini xisobga olmagan holda tuzilgan bo`lsa, bunday holda shartnomaning muddati haqidagi sharti haqiqiy emas deb topiladi, xodim esa ishga nomuayyan muddatga birinchi ish kunidan boshlab qabul qilingan hisoblanadi. Shuning uchun ham mehnat shartnomasi tuzilayotganda xodim ham ish beruvchi ham bunga jiddiy etibor berishi lozim.

Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadi: mehnat qonunchiligini takomillashtirish bo`yicha takliflar bilan bir qatorda muddatli mehnat shartnomalarini to`g`ri qo`llash bo`yicha tavsiyalarni tayyorlash va chop etish maqsadga muvofiq bo`lar edi. Bunday tavsiyalar foydali bo`ladi va o`ylashimcha, ko`pchilikda qiziqish uyg`otadi.

Xulosa chiqararkanmiz, avvalo “masalani qiymati”ni belgilash maqsadga muvofiqdir. Birgina muddatli shartnomani qo`shimcha kelishuvlar bilan “uzaytirish” va “qayta tuzish”- bir vaqtning o`zida yangisini tuzgan holda shartnomani bekor qilish tushunchalarining aniq me`yoriy mustahkamlangan sharxlarining yo`qligi amaliyotda borgan sari o`tkirroq his etilyapdi. Endi esa qonun hujjatida bu bilan bog`liqichki ziddiyatlar (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini ximoya qilish to`g`risida”gi qonunning 58, 62 va 79-moddalari) va ushbu hujjatning Mehnat kodeksi bilan yetarlicha bog`lanmaganligi paydo bo`ldi. Agar shartnomaning ixtilof qilayotgan taraflari yoki, bundan ham yomoni – xo`jalik yurutuvchi subyektning mansabdor shaxslari va tekshiruvchilari me`yoriy ko`rsatmalarni turlicha tushunsalar bu hol har doim korxonalar uchun kattagina chiqimlar, asabbuzarliklar, jamoadagi nizolashuvlar bilan tugashi yaxshi ma`lum. Qonun hujjatlari monitoringini amalga oshiradigan organlar e`tiborini oldinroq muddatli shartnomalardagi ziddiyatlar va nuqsonlarni bartaraf etishning zarurligiga qaratib biz muddatli mehnat shartnomalari qo`llanadigan, ko`pincha esa qonun yo`li bilan to`g`ridan-to`g`i qo`llanadigan korxonalar uchun bunday oqibatlarning boshlanishi oldini olishga umidvormiz.

Xodim ko`p marotabali uzaytirishlarning faqat bir alomati bo`yicha emas, balki Mehnat kodeksiga nomuvofiqliklarning majmui bo`yicha u bilan tuzilgan shartnoma allaqachon nomuayyan davrga tuzilgan shartnomadan farq qilmay qolgan hamda uning mehnat kafolatlari va imtiyozlarga bo`lgan huquqlari kamsitilgan deb hisoblaydigan muddatli shartnoma taraflarning nizolariga kelsak, bunday nizolar afsuski , amaliyotda ko`p uchraydi. Shu sababli qonun hujjatlarini takomillashtirish bilan bir qatorda amliyotning murakkab masalalari bo`yicha malakali tushuntirishlarni tayyorlash ham dolzarbdir.

Ularga nisbatan muddatli shartnoma bo`yicha ishning chegaralangan muddatini oshirishga yo`l qo`yiladigan xodimlar toifalari to`g`ridan-to`g`ri Mehnat kodeksida ko`rsatilishi kerak. Aks holda Kodeksda nazarda tutilgan xodimlar huquqlarini ximoya qilish va ish beruvchi uchun cheklovlar tizimi zaiflashadi.

Muayyan ishni bajarishga kelsak, bugun mavsumiy ishlarni bajarish uchun fuqarolar mehnat shartnomasini tuzishga erinishadi. Shundayligicha og`zaki bajarib qo`yishlarini kelishadilar. Bu esa keyinchalik muayyan ishni bajarganlik uchun, ishga haq olish uchun asos bo`ladigan mehnat shartnomasi yo`qligi ana shu fuqarolarga muammolar keltirib chiqaradi. Muayyan ishni bajarish uchun tuzilgan mehnat shartnoma xodimning qonunda belgilangan tartibda 1mavsum to`liq ishlasa agar, pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o`tadigan bo`ladi.

Mazkur bitiruv malakaviy ishini yakunlar ekanman, mehnat huquqini tadqiq etuvchi mutaxassislarga mehnat shartnomasini muddatlarini ko`proq sharxlashga va yoritishga, kerak bo`lsa har bir muddatlarini alohida-alohida mukammal yoritib berishlarini so`rardim.

Barcha korxona, tashkilot, muassasalar xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzayotganda ularning muddatlariga alohida e`tibor qaratib, xato qilmay, kerak bo`lsa mutaxassis yordamida barcha xodimlarga mehnat shartnomasi muddatlari haqida alohida tushuntirib o`tishlari lozim deb o`ylayman. Har bir rahbar xodim bilan mehnat shartnomasini tuzayotganda uning muddatlari to`g`risida o`zi katta bilimga ega bo`lishi kerak va ishga qabul qilinayotgan xodimga ham shartnoma imzolayotgan davrda tushuntirish ishlarini olib borishlari shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Rahbariy adabiyotlar:

1.Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. T. “O`zbekiston”,2001yil.

2.Karimov I.A. Yangilanish va o`zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi //Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т. - 2002-yil.

3.Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – oliy qadriyat. T. “O‘zbekiston” 2005-yil.

4.Karimov I.A. Inson manfaatlarini ta`minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. 2006-yil.

5.Karimov I.A.Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir. T. “O`zbekiston”,2015yil



O`zbekiston Respublikasi qonunlari va qonun

osti hujjatlari:

6.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. “O`zbekiston”, 2015yil

7.O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi.Toshkent. ”Adolat”. 2015yil.

8. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks T. “Adolat” 2015-yil

9.O'zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11- martdagi 133-sonli qarori

10.O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni

11.O’zbekiston Respublika Oliy sud Plenumining“Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo`llanishi to`g`risida”gi qarori (17-aprel.1998-yildagi 12-son) .

12.Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qonuni.

13.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash to`g`risidagi Nizom”

14.“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun 2014-yil 6-may



Asosiy adabiyotlar:

15.Usmonova M.A Mehnat shartnomasi, O`quv qo`llanma. T.TDYuI 2009-yil


16.Sokolov Y.A. Mehnat va huquq. O’quv qo’llanma. T.” Turon-Iqbol”. 2009-yil

17.Tursunov Y,Usmonova M. Mehnat huquqi. Toshkent, “Moliya”, 2011yil

18. Djambakiyev B, Ikramov R. O’zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. O’quv qo’llanma. T, “Turon-Iqbol”. 2011-yil

19. Sodiqova M ,Egamberdieva G , Karimov E. Mehnat huquqi, O`quv qo`llanma 2013-yil

20.Tursunov Y.Usmonova M. Rahimova Y. Mehnat huquqi. Darslik. T.”Ilm-ziyo” 2014yil.

21.Xolmo`minov J.T Mehnat huquqi Toshkent, 2014-yil

22. Tursunov Y. “Mehant huquqi”. Toshkent, “Moliya”, 2014yil

23 TursunovY.O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga sharxlar T.”Adolat” 2015-yil.



Elektron ta'lim resurslari

24.http://www.norma.uz



25.http://www.ziyo.net

26.http://www.gov.uz

27.http://www.lex.uz



1Karimov I.A Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –Toshkent: «O’zbekiston», 2015-yil .71,72-betlar

2Karimov I.A. Yangilanish va o`zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi // Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т. - 2002. 324-bet.

3KarimovI.A.Insonmanfaatlarinita`minlash, ijtimoiyhimoyatiziminitakomillashtirish – ustuvorvazifamizdir.Xalqso`zi. - 2006. - 8 dekabr.

4KarimovI.A. “Inson,uninghuquqvaerkinliklarihamdamanfaatlari – engoliyqadriyat”. Xalqso`zi, 2005 yil 8-dekabr.

5Karimov I.A.Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. Xalq so`zi , 2001yil. 17 fevral.

6 O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2015yil

7O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 73-modda 2015yil20-avgust

8O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 74-modda 2015yil 20-avgust 25-bet

9 O'zbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qarori

10O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 75-modda 2015yil 20-avgust

11Karimov I.A.Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir. T. 2015yil.62-159-241b

12Sodiqova M ,Egamberdiyeva G , Karimov E. Mehnat huquqi. O`quv qo`llanma 2013-yil

13O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 75-modda 2015yil 20-avgust 25-bet

14Sokolov A.E Mehnat va huquq T.Turon-Iqbol 2009-yil 81,82-betlar

15Tursunov Y. “Mehant huquqi”. Toshkent, “Moliya”, 2014yil 98-bet

16 Sokolov A.E Mehnat va huquq T.Turon-Iqbol 2009-yil 85-bet

17Tursunov Y,Usmonova M. Mehnat huquqi. Toshkent, “Moliya”, 2011yil 89-bet

18 Usmanova M.A. Mehnat shartomasi.O’quv qo’llanma.T., TDYuI.2009-yil.

19O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 100-modda 2015yil 20-avgust 33,34-betlar

20Djambakiyev B, Ikramov R. O’zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. O’quv qo’llanma. T, Turon-Iqbol. 2011-yil

21O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 76-modda 2015yil 20-avgust 25-bet

22O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 105-modda 2015yil 20-avgust 26-bet


23Gasanov M. Sakolov E. O‘zbekistonning yangimehnat qonunchiligiеспуР. Mehnat shartnomasi (kontrakt) T.: “O‘qituvchi”2009-yil.

24O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O`zbekiston”, 2015yil

25Xolmo`minov J.T Mehnat huquqi Toshkent, 2014-yil 58-bet

26O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 89,90-moddalar 2015yil 20-avgust 29,30-betlar

27“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun 2014-yil 6-may

28 Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qonuni.

29Oliy sud Plenumining“Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo`llanishi to`g`risida”gi qarorining (17-aprel.1998-yildagi 12-son) 5-bandi.

30Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasi T. “Adolat” 2015-yil

31http://www.lex.uz

32“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun 2014-yil 6-may

33http://www.norma.uz

34http://www.norma.uz

35Tursunov Y.Usmonova M. Rahimova Y. Mehnat huquqi. Darslik. T.”Ilm-ziyo” 2014yil 87-bet.

36http://www.ziyo.net

37http://www.norma.uz

38O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 4.12.2014 yildagi “O`zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari pragnozi va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida”gi PQ-2270-sonli qaroriga 9-ilovasi.

39O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining 5- moddasi

40Djambakiyev , Ikramov R. O’zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. O’quv qo’llanma. T., Turon-Iqbol. 2011-yil

41 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash to`g`risidagi Nizom”

42 Xolmo`minov J.T Mehnat huquqi Toshkent, 2014-yil 62-bet

43Tusunov Y. Mehnat Kodeksiga sharhlar T. “Adolat”2015-yil 209-bet

44Mehnat Kodeksiga sharhlar T. “Adolat 2015-yil 210-bet

Download 66.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling