Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma
Terrorizmni oziqlantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy omillarni bartaraf etish
Download 454.2 Kb.
|
ETKM majmua 2019-2020 (2)
4. Terrorizmni oziqlantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy omillarni bartaraf etish. Terrorchi tashkilotlar a’zolarining mutlaq ko’pchiligini jamiyatdagi o’rni va mavqeini aniqlab belgilab ololmagan (marginallashgan) ijtimoiy qatlamlarga mansub 16–30 yashar yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida aholining qashshoqlashuviga terrorizmni oziqlantiruvchi omillardan biri sifatida qaralmoqda va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga alohida e’tibor berilmoqda. Ekstremistik g’oyalar yoyilishining oldini olishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, Misrda hukumati va rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligini pasaytirishga va 70 foizi qashshoqlikda yashayotgan aholining ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar va tadbirlarni amalga oshirmoqda. Misr hukumati radikal islom tashkilotlarini qashshoqlik, ishsizlik, aholining tabaqalashuvi kabi asosiy tayanch nuqtalaridan va mazkur muammolar uchun javobgarlikni hozirgi hukumat bo’yniga yuklash imkoniyatidan mahrum qilishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, davlat aholi uchun asosiy (non, un, shakar, o’simlik yoqi va shu kabi) oziq-ovqat mahsulotlari, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, oylik maoshga qo’shimcha to’lovlar hamda suvdan bepul foydalanish kabilarni dotatsiyalash(davlat tomonidan moliyaviy ko’maklashish)da davom etmoqda. Shuningdek, hukumat uy-joy, oliy ma’lumot olish, dori-darmonlarga ham o’rtacha narxni saqlab turishga harakat qilmoqda. Imtiyozli tibbiy xizmat va dori-darmon bilan ta’minlash, bepul maktab ta’limi kabilarni o’z ichiga olgan ijtimoiy dotatsiya va imtiyozlar tizimi ham rivojlantirib borilmoqda. Umuman olganda, ko’rilgan bu choralar nisbatan bo’lsa-da, ijtimoiy adolatni va mamlakat aholisining quyi tabaqasiga yashash uchun zaruriy mablag’ning eng kam miqdorini ta’minlashga qaratilgan. Yuqoridagi kabi tadbirlar doirasida muayyan mamlakatlarga xos bo’lgan xususiyatlar haqida gap ketar ekan, diniy ekstremizmga qarshi kurashning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan choralar qatorida 1997 yilda Misrda qabul qilingan “Erni ijaraga olish to’g’risida”gi qonun alohida ahamiyatga egaligini ta’kidlash zarur. Mazkur qonun mavjud sulolalar va oilalarning ta’sir quvvatini pasaytirish barobarida hukumatning falloh (dehqon)larning ichki migratsiyasini ta’minlashga yo’l ochadi. Sulolaviy aloqalarning susayishi esa, o’z navbatida radikal islom tashkilotlarining qishloq joylaridagi mavqeini yo’qqa chiqaradi. Shu yo’l bilan, mazkur Qonun joylardagi keskinlik va ishsizlikning muayyan darajada bo’lsa-da, pasayishiga zamin yaratadi.
Download 454.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling