Zahiriddin muhammad bobur nomidagi
Download 282.15 Kb. Pdf ko'rish
|
talimni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda talim prinsiplarining tutgan orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- XULOSALAR Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda quyidagi umumiy xulosalarga kelindi
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Xorijiy tillar fakulteti 2 bosqich talabasi .Z.Xasanovaning “Ta‟limni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda ta‟lim prinsiplarining tutgan o„rni” mavzusida yozgan
Ilmiy rahbar: G.Qosimova Andijon – 2015
REFERAT 2 MAVZU: TA‟LIMNIPEDAGOGIKJARAYON QONUNIYATLARIASOSIDATASHKILETISHDATA‟LIMPRINSIPLARINING TUTGAN O„RNI
KIRISH
1. Ta’limni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda ta’lim prinsiplarining tutgan o‘rni 2. Pedagogik jarayonda tarbiya prinsiplarining ahamiyati
baholash tizimi 4. Bilimlarni test nazorati asosida baholashning afzalliklari
XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YHATI 3
Mavzuning dolzarbligi. «Biz mamlakatimizning kelajagani ko„zda tutgan xolda bugungi kunda taraqqiy topgan ilmiy jamoatchilikning e‟tibor markazida turgan eng ilg„or, istiqbolli ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini yurtimizda rivojlantirish maqsadida fanlar akademiyasi va oliy o„quv yurtlari tarkibida yangi laboratoriyalarni tashkil qilish, ularni rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan markazlari bilan samarali hamkorlik aloqalari o„rnatishga erishishmiz kerak», degan edi Prezident I.A.Karimov. Insonning faoliyatida o„qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo„lgan. Ta‟lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo„lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo„lganda ham shunday bo„lgan; keyinchalik ham, ta‟lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo„lganida ham shunday bo„lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta‟limni nazariy tahlil qilish va o„rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o„z nazariyasiga ega bo„lmadi. O„zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda uzluksiz ta‟lim tizimi oldida barkamol, har tomonlama rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta‟lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo„lish orqali ijobiy hal etiladi. O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo„lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g„oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo„li deb e‟tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o„sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O„zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo„lga qo„yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
4 1 Ta‟limni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda ta‟lim prinsiplarining tutgan o„rni
Pedagogik fan o„qitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida o„rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun ta‟lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib ko„rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o„qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta‟lim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini ta‟riflash va tushuntirish; - ta‟lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya‟ni, ta‟lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta‟lim jarayoni uchun xos bo„lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta‟riflash. O„quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko„ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko„ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo„lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o„quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko„ra tashkil etiluvchi ta‟lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta‟lim tamoyillarida ta‟limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me‟yoriy asoslari (qoidalari) o„z ifodasini topgan. Ta‟lim tamoyillarini bilish o„quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o„quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta‟lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o„qituvchilar va o„quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o„zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. Ta‟lim tamoyillari o„zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta‟lim 5 nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta‟lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta‟limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko„rinishlari o„zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O„qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko„zga tashlanmoqda. Tamoyillar ta‟lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi. Ta‟limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e‟tirof etish mumkin: Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta‟lim mazmunini tanlash bilan bog„liq bo„lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g„oyalarni ifodalaydi: - fuqarolik; - ilmiyligi; - tarbiyalovchi ta‟lim; - fundamentalligi va amaliy yo„nalganligi (ta‟limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog„liqligi); - tabiat bilan uyg„unligi; - madaniyat bilan uyg„unligi; - insonparvarligi. Fuqarolik tamoyili. Unga ko„ra ta‟lim mazmunini shaxsning sub‟ektivligini rivojlantirish, uning ma‟naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo„naltirishda namoyon bo„lishi kerak. U ta‟lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O„zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o„zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog„liq.
rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to„plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta‟lim vaqtida va o„qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta‟lim mazmuni o„quvchilarni ob‟ektiv ilmiy dalillar, hodisalar, 6 qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo„naltirilgan bo„lishini talab etadi. Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta‟lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta‟lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko„zda tutadi. Ta‟lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o„quvchilarning qiziqishlari, idrok
etish hamda
individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog„liq. Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyili umuiy o„rta ta‟lim maktablaridayoq o„quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o„tadilar. Mazkur holat an‟anaviy didaktikada ta‟limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog„liqligi kabi ifoda etiladi. Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy o„zining tabiatga uyg„un bo„lishi g„oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta‟lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta‟kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg„ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O„quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo„lishini ta‟minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg„unlik g„oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta‟lim tamoyilining asosi hisoblanadi. Ta’limda insonparvarlik tamoyilinibolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta‟minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishi, unga hayotda o„z o„rnini topishda
- ta‟limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi; 7 - ta‟limda onglilik va ijodiy faollik; - ta‟limda ko„rgazmalilik; - ta‟limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi); - ta‟limning tushunarliligi; - guruhli va individual ta‟lim birligi; - ta‟limning o„quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; - oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; - pedagogik hamkorlik. Ta‟limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyilibilish bosqichlarining ob‟ektivligini anglatadi.
2. Pedagogik jarayonda tarbiya prinsiplarining ahamiyati Tarbiya mazmunida oldinga qo„yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o„quvchilar tomonidan o„zlashtirilishi lozim bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo„yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo„lib, ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g„oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi: 1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko„zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„qrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g„oyalariga ko„ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo„lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo„lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya‟ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
8 2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O„qituvchilarning bolalar bilan ma‟naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me‟yor va qadriyatlarini aniqlash o„quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta‟minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to„la- to„kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta‟sir kuchiga ega. 3. O„z-o„zini anglash. Tarbiya insonda e‟tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o„z-o„zini anglashi, uning o„z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub‟ekti sifatida e‟tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o„z-o„zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir. 4. Tarbiyaning shaxsga yo„naltirilganligi. Mazkur g„oya ta‟lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki o„quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o„ziga xos xarakteri, o„z qadr-qimmatini anglash tuyg„ulari rivojlantirilib borilishi zarur. 5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g„oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o„zida ham o„quvchi, ham o„qituvchi ma‟naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o„quvchining qiziqishi, faoliyati, o„rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg„ularini ko„ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo„ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo„lishi ta‟minlangan sharoitda uning shaxsiga ta‟sir ko„rsatishga yo„naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi. 6. Jamoa yo„nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to„laqonli talqin etish, insonparvarlik va o„zaro hamkorlik tuyg„ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.
9 4.Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o„ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni o„ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo„naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o„qituvchi va o„quvchilar o„rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o„qituvchi va o„quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo„li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi. Tarbiya jarayoni ko„p qirrali jarayon bo„lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub‟ektiv va ob‟ektiv) omillar ko„zga tashlanadi. Sub‟ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob‟ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo„nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o„qituvchi faoliyati, balki o„quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o„y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o„rin tutadi. Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin: Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o„stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo„lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo„lib kelgan. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo„lga qo„yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining
10
dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo„yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi. Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo„yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so„z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta‟kidlansa, islom ta‟limoti g„oyalariga ko„ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo„lishdir. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a‟zosi bo„lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma‟naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me‟yorlar mohiyatini o„zlashtiradi. Jamiyatning a‟zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlovchi mehnat faoliyatini yo„lga qo„yadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo„lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Jamoa (lotincha «kollektivus» so„zining tarjimasi bo„lib, yig„ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a‟zo (kishi)lardan iborat bo„lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma‟noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo„lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o„quv yurti jamoasi, xo„jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o„quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
11
3 O„quv-tarbiya jarayonida ta‟lim oluvchilarning bilimini reyting asossida baholash tizimi
Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir fan bo`yicha talabaning semetsr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Yakuniy nazoratga -30 ball; Joriy va oraliq nazoratlarga -70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi). Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha yakuniy davlat attetsatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magitsratura talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magitsrlik dissertatsiyasi bo`yicha o„zlashtirish darajasi-100 ball tizimida baholanadi. Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o`rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi: a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish; mutsaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo`llay olish; mohiyatni tushunish;
bilish, aytib berish; tasavvurga olish. atoriya va mustaqil ta'limda beriladigan topshiriqlar va vazifalarni qay darajada bajarilishiga qarab belgilanadi. Quyida oliy ta'limda talabalar tomonidan o`qitish shakllarida beriladigan topshiriqlarga to`xtalib o`tamiz. 12
Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar. Amaliy mashg„ulotlarda talabalar nazariy materiallarni mustahkamlaydi. Bunda yakka tartibda, guruh va jamoaviy shakllardan foydalanish tavsiya qilinadi. Amaliy mashg„ulotlarda talabalarning erkin va ijodiy fikrlashiga sharoit yaratish muhim. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‟quv qo‟llanmalar bo‟yicha fan boblari va mavzularini o‟rganish;
tarqatma materiallar bo‟yicha ma`ruza qismini o‟zlashtirish; o‟qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash; fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;
talabalarni ijodiy jarayonga yo‟naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o‟rgatish, mashqlar bajarish;
yangi texnika, jihozlar, keng ko‟lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o‟rganish; ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‟liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‟rganish. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Laboratoriya ishlari talabalarda nazariy ma'lumotlarni chuqurroq o`rganishga, pedagogik tahlil va tadqiqot qilish bo`yicha amaliy ko`nikma va malaka hosil qilishlariga xizmat qiladi. Seminar mashg„ulotlarini tashkil etish bo„yicha ko„rsatmalar. Seminar mashg„ulotlari talabalarda Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanini chuqurroq o„rganishga ,pedagogik tahlil va tadqiqot qilish bo„yicha amaliy ko„nikma va malaka hosil qilishlariga xizmat qiladi. Kurs loyihasini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo`llashda amaliy ko`nikmalar hosil qilishdir. 13
Kurs loyihasi mavzulari fanning mazmun mohiyati bilan bog`liq holda beriladi. Kurs loyihasining mavzulari umumiy talablar sonidan 20-30% ko`proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
4. Bilimlarni test nazorati asosida baholashning afzalliklari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to`g`risida»gi qarori O`zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo`lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o`rin olgan test usuli mamlakatimiz ta'lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko`rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masala darajasiga ko`tarilganligining yaqqol dalilidir. Pedagogik testlar AqSh, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro`yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo`lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog`lanish mavjud: testlarni qo`llash ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi; ta'lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog`liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi. Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo`lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga, test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo`yicha loyihanlangan tashhislanuvchi o`quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e'tiborga olib, bu bo`limda testshunoslik tarixi, test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma'lumot beriladi. Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniya olimi J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo`llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo`nalishlar
14
bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik uslublar ham qo`llanila boshlandi. Bunday uslublar o`z navbatida test-larni ishlab chiqishga ijobiy ta'sir ko`rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o`quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo`nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo`llash hamda talabalarning o`qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo`ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo`llash sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda reaktsiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o`rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to`g`risida xulosa chiqarishga olib keladi. Talabalarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga o`rganib ko`rilgan. Ch.Grin o`zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko`rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi: test sinovlari uchun mo`ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo`li bilan aniqlash; talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o`rtacha tezligi to`g`risidagi amaliy ma'lumotlarni e'tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash; test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to`g`ri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish; topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to`g`ri va noto`g`ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo`l qo`ymaslik. Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o`rganishni davom ettirib, test 15
sinovlarining maqsadi to`g`risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o`rganish zarurligini ta'minlashda; talabalarni guruxlarga taqsimlashda; o`qitish jarayonida sodir bo`ladigan qiyin- chiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli nohiyalaridagi o`quv yurtlarida ma'lum yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo`llashi mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o`tkazmasdan ta'lim berish mantiqsizdir, faqat testni qo`llash natijasidagina nazoratdan ta'limga yo`naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va qanday yo`nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma'lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta'limni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda, xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo`yicha o`qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o`tishlari ko`zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Frantsiyada o`qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi qiziqki, Frantsiya to`qson yillik test an'analariga ega bo`lgan davlatdir. O`tgan asrning
70-yillari oxirida
Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir
gurux sotsial-psixologlari AqShda test o`tkazishning zamonaviy ahvolini o`rganishga bag`ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi AqSh o`quv yurtidagi testlarni keng miqyosda qo`llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur
ildiz otgan,
hech kim
Amerika maktablarida turli xildagi
standartlashtirilgan test bo`yicha sinovdan o`tmasdan, boshqacha yo`l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko`tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog`lanib ketganligi alohida
qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:
16
1) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish; 2) ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar iste'dodlarni taqdirlashga intilish; 3) amerikaliklarni milliy ta'lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari. Insoniyat erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi. AqShda to`rt yuzdan ortiq markaz o`zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. Shuningdek, testlarni tuzish va ularni qo`llash bo`yicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. 1992 yilda ular AqShdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yo`nalishlari ro`yxatida 8-o`rinni egallaydilar. O`ta qadrlanadigan ixtisosliklar - tizimlar bo`yicha tahlil, marketing, sog`liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va kompyuter texnologiyasi esa, tegishli tarzda 15-20-o`rinlarga joylashtirilgan. Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari hamda psixologlarining talabalar bilim-ko`nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy yutuqlari ham inkor etildi. Shuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi. Yuqorida ta'kidlaganidek, mustaqil O`zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo`lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o`rta ma'lumot yakunida, oliy o`quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo`llanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq,
o`lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o`lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo`lib, ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me'yor bo`lib qolgan davrda yashab,
17
faoliyat ko`rsatadilar. Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hiso blanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat: test topshiriqlari o`quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o`zida nazorat qilinadigan o`quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos); hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi; talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi; test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo`lgan shkala yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo`yishga imkon beradi (reyting); o`qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi; boshlang`ich darajasini va har qanday vaqt oralig`ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o`lchashga sharoit yaratiladi; test nazorati kompterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O`quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o`z ifodasini topadi. Umuman olganda test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o`zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o`qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o`quv dasturini chuqur va har tomonlama o`zlashtirilishini ta'minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AqShda munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo`llashi bo`yicha AqSh tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarga yoyilgan. Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. Shuning uchun ham, AqShda testning yuqori sifatini ta'minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan] Bu tashkilot test o`tkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test o`tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini belgilash 18
masalalari bilan shug`ullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo`yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo`yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar bo`yicha o`qituvchilar xizmat qiladi. Testlar EHMda ishlanadi va sinaladi. Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo`ysunadigan 5000 test punktlari mavjud. Test o`tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o`tkaziladigan o`quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test o`tkazish bo`yicha yo`llanmalar yuboradi. Bu misoldan ma'lumki, testlashni samarali o`tkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo`yicha nazariya va amaliyotni o`zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog`liq.
19
XULOSALAR Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda quyidagi umumiy xulosalarga kelindi: O„quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko„ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko„ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo„lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o„quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko„ra tashkil etiluvchi ta‟lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta‟lim tamoyillarida ta‟limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me‟yoriy asoslari (qoidalari) o„z ifodasini topgan. Ta‟lim o„quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o„stirish, ularning amaliy ko„nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirishga yo„naltirilgan jarayon bo„lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning tanqidiy fikrlashi, yaratishi, borliqda sodir bo„layotgan hodisalarni o„zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan baholay olishi ham aks etadi. Shaxsni ijtimoiylashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me‟yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o„zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayonidir. Ta‟lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko„nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to„plami, o„quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma‟lum darajasi bilan belgilanadi. Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinad igan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha yakuniy davlat attetsatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magitsratura talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magitsrlik dissertatsiyasi bo`yicha o„zlashtirish darajasi-100 ball tizimida baholanadi. 20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YHATI 1. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T .: Sharq, 1997. 2. O„zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori.–T.: Sharq, 1997. 3. “Barkamol avlod yili” davlat Dasturi. –T.: O„zbekiston, 2010. 4. Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma‟naviyat, 2008. 5. Karimov I. Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. –T.: O„zbekiston, 2010. 6. Asqarova O„. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar. –T.: Mehnat, 2004. 7. Asqarova O„.M., Xayitboev M., Nishonov M.S. Pedagogika. –T.:Talqin, 2008. 8. Zunnunov A., Mahkamov U. Didaktika. –T.: Sharq, 2006. 9. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta‟lim samaradorligini oshirish yo„llari. –T.: TDPU, 2004. 10. Yo„ldosheva D. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta‟lim maqsadini belgilashning didaktik asoslari. –T.: Fan, 2006. 11. Mavlonova R., To„raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. –T.: O„qituvchi, 2001. 12. Minavvarov Q. Pedagogika. –T.: O„qituvchi, 1996. 13. Podlasыy I.P. Pedagogika. I-II t. –M.: Vlados, 1999. 14. Pedagogika nazariyasi. (Ma‟ruzalar matni). Mualliflar: H.Sariboev, J.Hasanboev, M.Usmanbaeva. TDPU, 2004 y. 15. Turg„unboev K., Komilova F., Jo„raboeva Z. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Andijon nashriyot matbaa, OAJ. 2005. 16. Qodirov B. Komil inson tarbiyasining pedagogik asoslari. –T.: Mehnat, 2001. 17. Hasanboev J., Sariboev H. va boshqalar. Pedagogika. O„quv qo„llanma. –T.: Fan, 2006. 18. Hasanboev J. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug„at. –T.: Fan va texnologiya, 2008. Download 282.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling