Zahiriddin muhammad bobur nomidagi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.10.2020
Hajmi1.24 Mb.
#136595
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
katalitik reaksiyalar va ularning amaliy ahamiyati (1)


 

 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 



MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

Umumiy kimyo kafedrasi 

 

Qo’lyozma huquqida 



 

Abbosov Sardorbek Sultonbek o’g’li  

KATALITIK REAKSIYALAR VA ULARNING AMALIY 

AHAMIYATI 

5140500-kimyo 

Kimyo ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr akademik darajasini olish                                                                                                                                      

uchun yozilgan 

BITIRUV MALAKAVIY ISH 

 

 



Ish rahbari: k.f.d., prof 

I.A.Abdugafurov 

 

 

 

 

 

                                     

                                         Andijon-2015 yil 

 

                                           Mundarija 

   So’z boshi …………………………………………………………......................3 

   Kirish……………………………………………………………...………….…..6 

   Asosiy qism: 

   I. Kinetik jarayonlar haqida umumiy tushuncha……………………………..…..8 

        I.1. Katalizning klassifikatsiyasi (tasnifi)........................................................17 

        I.2.Katalizning umumiy xususiyatlari...................................................... ....  17 

        I.3.Katalizatorlarning rеaksiya muvozanatiga ta'sir………..…......................18 

        I.4 Katalizator ta'sirida qaytar rеaksiyalarining tеzlanishi..............................23 

        I.5. Kataliz va uning mеxanizimi............................................................... ....23               

        I.6 Katalizning turlari......................................................................................28 

                a) gomogеn kataliz..................................................................................28  

                b)gеtеrogеn   kataliz................................................................................33 

   II. Katalizning asosiy nazariyalari  ……….............. . ...................... .... .…..….38 

       II.1.Katalizning fizikaviy nazariyasi ……...……..……………......................38  

       II.2. Kataliz multiplеt nazariyasi…...………………….………………..........42  

       II.3. Enеrgiyaviy muvofiqlik  nazariyasi………..……….……………...........44 

 III.Kataliz va  uning ahamiyati……………………………………………...........49 

     III.3. Katalitik jarayonlarni  kimyo sanoatidagi o’rni……..…………………...49 

      III.4. Katalitik rеaktorlar. Ularning ishlash  prinsiplari ………..…………......51 

IV.Biologik kataliz  ............................................…....…………….….................. 54                              

IV.1Fеrmеntlarning sinflanishi……………...........….….…............................54 

      IV.2. Fеrmеntativ kataliz mеxanizmi………………….……...……………....58                                                                                                                                               

      IV.3. Fеrmеntativ rеaksiyalar kinеtikasi.……….…………………………….60 

      IV.4.Fеrmеnt ingibitorlari.................................................................................63 

  Taklif va mulohazalar………………………………………….........................  70 

  Xulosa……………………………………………………………….…...............71 

  Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….................…72  



                         

                                   

 

                                    SO’Z BOSHI 



 

              1991-yil  xalqimiz  uchun  buyuk  tarixiy  voqea,  Mustaqillikni  qo’lga 

kiritgandan  so’ng  fan  texnika,  ayniqsa  yoshlarga  e’tibor  kuchaydi.  O`tgan  davr 

mobaynida  xalqimizning  milliy  qadryatlari  tiklandi.  Ma’naviy  xayotimizda 

uyg’onish yuz berdi [1] . 

       O`zbekiston  konistitutyasini  qabul  qilganligini  15  yilligiga    bag`ishlab 

o`tkazilgan  tantanali  marosimda    Prizentimiz    I.  A.  Karimov    “  Farzandlarimiz  

yoshlarimiz  bizni  nafaqat  ishonchimiz  va  kelajagimiz,yoshlarimiz  bugungi  va 

ertangi kunimizni xal qiluvchi kuchdir”–deb takidladi. Bugungacha o`tgan davrda 

100  dan  ortiq  yoshlarga  oid  turli  qonunlar  qabul  qilindi.  Bunga  misol  qilib 

Prizidentimiz  tomondan  2008-yil  Yoshlar  yili  deb  e’lon  qilindi,  xatto  yoshlarni 

o’qishiga  katta  imkoniyatlar  yaratildi,  Kamolot  yoshlar  tashkiloti  tashkil  qilindi. 

Talabalar o’z iqtidorini namoish etish uchun “Fund Forum” tashkil qilinib  xozirda 

ko`plab  yoshlar  o’z  iqtidori  bo`yicha  g`oliblikni  qolga  kiritishmoqda.  Bundan 

tashqari  ta’lim  sohasida  ham  keskin  o’zgarishlar  yuz  berdi.  Shu  jumladan  kimyo 

fani va kimyo sanoati rivojlanishi uchun juda katta imkoniyatlar ochildi. 

     O`zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  umumuiy  noorganik  kimyo  insitituti, 

biorganik kimyo insitituti va bir qator ilmiy-tadqiqot labaratoriyalarida, oliy o`quv 

yurtlarining  kimyo  fakulteti  va  kafedralarida  kimyo  sohasining  turli  yo`nalishlari 

boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 

     Biz  mustaqillika  erishganimizdan  so`ng,  ta’lim  o`zbek  xalqi  ma’naviyatida 

yaratuvchanlik faolligini avj oldirdi. O`sib kelayotgan biz yosh avlodga barcha eng 

yaxshi  imkonyatlarimizni,  kasb  maxoratimizni  uzluksiz  takomillashishiga  turtki 

bo`ldi.  Buni  ko`magida  yoshlarning  iqtidorligi  va  bilim  olishga  chanqoqligidan 

ta’lim  tarbiyani,  ma’naviyatni  tushinib  yetish  boshlandi.  Ta’limni  yangi  modeli 

ishga tushgach, insonning hayotidagi o`z o’rnini  topish  jarayoni 

tezlashadi 

va 


jamiyatda  mustaqil  fikrlovchi  erkin  shaxsning  shakllanishiga    olib  keldi.  U 

jamiyatimizning  potensial  kuchlar  ro`yobga  chiqarishda  juda  katta  ahamyat  kasb 

etdi.  Ta’lim  tizimini  tubdan  qayta  islox  qilish,  chuqur  bilimlarni  egallash 


 

imkonyatlarini  kengaytirish,  yangi  zamonaviy  texnalogiyalarda  ishlashga  qobil 



ishchi va mutaxassislarni tayyorlash yo`lga qo’yildi.  

    Umumiy  o`rta  talim  maktablaridagi  kimyo  talim  pedagogik  jarayonning 

ajralmas  tarkibiy  qismi  bolib  talimning  umumiy  maqsadlariga  muvofiq  o`quvchi 

shaxsini  tarbiyalashga  xizmat  qiladi.  Respublikamiz  mustaqilligini  dastlabki 

yillarida  ta’lim  tarbiya  sohasini  islox  qilish  natijasida  to`plangan  tajribalar 

chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amalyotdagi ta’lim tarbiya  tizimini hozirgi 

taraqiyotini va kelgusi talablar darajasiga ko`tarishga uni takomillashtirishga jiddiy 

e’tibor berish zarurligi  va ta’lim tarbiyani  uzliksizligini  taminlashdan kelib chiqib    

,,Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  va  ta’lim  tog’risidagi”  qonun  O’zbekiston  

Respublikasi  Oliy  majlisning  IX  sessiyasida  muxokama  qilinadi    va  tasdiqlanadi. 

Shu  munosabat  bilan  barcha  o`quv  predmetlari    qator  kimyo  oldiga  ham  aniq 

vazifa qo`ydi. 

Ta’lim tog`risidagi qonunga muvofiq : 

1)Umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining  kimyo  ta’limi  konsepsiyasini  qayta  ishlab 

chiqish. 

2) Umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo ta’lim konsepsiyasidan kelib chiqib, 

uning standartlarini ishlab chiqishni taqazo qiladi. 

Shu  jumladan  prezidentimiz  I.  A.  Karimov  o’zining    “Barkomol  avlod 

orzusi”  asarida  eng  avvalo,  biz  ta’lim  tizimiga  bo`lgan  munosabatimizni  tubdan  

o`zgartirishimiz  kerak  ta’lim  isloxoti  bizni demokratik o`zgarishlar  yangi  jamiyat 

borpo etish yolida dadil yetaklovchi , barchamizni xarakantlanturuvchi ishchi kuch 

bolmogi  zarur.  Har  birimizga  besh  barmoqday  eskicha  aytganda  toqqis  pulday 

ayom  bolsinkim  “ta’lim  tarbiya  tizimini  o’zgartirmasdan  turib  odamlar  ongini 

demakki,  ularni  turmush  tarzini  ham  tubdan  o’zgartirish  mumkin  emas”degan 

fikrni aytgan [2] . 

      1997-yilda  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan  kadrlar  tayyorlash 

masalasiga aloxida e’tibor berildi . Shuning uchun ta’lim soxasida belgilanayotgan 

isloxotlarni hayotga bosqichma bosqich  o`tkazishga yo`l qo`yildi. Ma’lumki, xalq  

ta’limining asosiy bo`g`inini  uzliksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari  va tegishli 


 

ta’lim  standartlari  va  tegishli  ta’lim  dasturlari  bilan  taminlashda  avvalo,  uning 



jaxon  talablari  darajasida  bo`lishiga,  yuksak  ma’naviyat  zaminida  qurilganiga 

aloxida  e’tibor  berish  kerak.  Shuning  uchun  ham  umumiy  ta’lim  dasturlarini 

maktabgacha  tarbiya,  boshlang’ich  umumiy  ta’lim  va  maktabdan  tashqari  ta’lim 

tarzida tuzilgan[4]. Talim isloxoti har bir soxaga aloxida e’tibor qaratilgan bo`lib, 

bunda  kimyo  fani  ham  aloxida  o’rin  tutadi.  Masalan  I.A.  Karimov  asarida 

yozishicha,  O’zbekiston  zaminida  ulkan  noyob,    hali  ijtimoiy  ishlab  chiqarishga 

jalb    etilmagan  mineral  xom  ashyo  resurslari  bor  edi.  Hozirgacha  respublajimizda 

mineral xom ashyoning 95 turi aniqlangan. Bu mineral xom ashyoning 700 ta koni 

mavjud. Amalda Mendelev jadvalidagi hamma element  respublikamizda mavjud .             

Ulardan  bir  yil  ichida  qazib  olinayotgan  tog’  jinslari  hajmi  200  million  tonnadan 

oshdi.  Respublikamiz  mustaqil  bo`lgandan  so’ng  kimyo  sanoati  keng  rivojlandi.     

Nafaqat kimyo sanoati  balki,  Au,  Ag, U, Cu, Mo, Zn  va boshqa qimmatbaxo  va 

nodir  metallar  zaxirasi  bo’yicha    dunyoda  yetakchi  o’rinda  turibdi.                 

Respublikamizda  gaz zaxiralari  2trilion m 3 ga yaqin gaz ko’mir konlarida esa 

 2  milliard  tonnadan  ortiq  ko’mir  ,  350  million  tonna  neft  zaxiralari  mavjud  ,  95 

xildan ortiq xom ashyo konlari ochilgan .Bu esa yurtimizni yuksalishiga bir zamin 

bo’lmoqda  .  Bizni  oldimizda  turgan  vazifamiz    bunday  tengi  yoq  boyliklarni 

qadriga yetib ulardan oqilona foydalanishimiz darkor . Buning uchun bizdan  talab  

qilinadigon masala yaxshi o’qib vatanimizga nafi tegadigan kadr bo’lib yetishimiz 

darkor[4]. 

 

          

 

 

 

 

 

 

 


 

                                                   KIRISH 



       Mavzuning  dolzarbligi.  Kimyo  fanida  kimyoviy  kinetika  va  kimyoviy 

reaksiyalarning  tezligi  mavzusiga  kam  vaqt  ajratilgan.  O’quvchi  bu  mavzuni     

o’rganishi uchun avvalo fizika fanida o’rgangan tezlik mavzusini esga olishi zarur     

bo’ladi.  Fizikada  tezlik  vaqt  birligi  ichiga  bosib  o’tilgan  yo’ldan  iborat 

bo’lganligini  o’quvchi  yaqqol  tassavvur  qila  oladi,  lekin  kimyo  fanida  reasiya 

tezligini  o’rganishda  moddalar  ma’lum  vaqt  ichida  xech  qanday  masofani  bosib 

o’tmaydilar.  Aksincha,  moddalar  konsentratsiyasida  o’zgarishlar  sodir  bo’ladi. 

Buni ko’z bilan ko’rib bo’lmagani uchun o’quvchi tassavvur qilishi qiyin. Shuning 

uchun,  kimyoviy  tajribalarni  amalga  oshirilishi  natijasida  rang  o’zgarishi,  ya’ni 

modda  konsentratsiyasini  kamayishini  rang  intensivligini  kamayishi  hisobiga 

tassavvur hosil qilish mumkin. 

     Shuning  uchun  ushbu  mavzuni  o’quvchilar  ongiga  singdirish  o’qituvchidan 

katta  mas’uliyat  va  tajriba  talab  etiladi.  Buning  uchun  o’qituvchi  mavzuga  mos 

bo’lgan  va  o’quvchilarni  faollashtiradigan  metodlardan  foydalanishi  maqsadga 

muvofiqdir. 

     Ma’lumki, har qanday  kimyoviy  hodisa natijasida bir modda boshqa moddaga 

aylanadi. Bu  ma’lum  vaqt mobaynida dastlabki  modda  miqdorining kamayishi  va 

yangi  hosil  bo’layotgan  modda  miqdorining  ortib  borishi  bilan  ro’y  beradi,  ya’ni 

har  bir  reaksiya  ma’lum  tezlik  bilan  boradi.  Ushbu  mulohazadan  kelib  chiqib 

kimyoviy reaksiya tezligiga baho beraylik.  



       Maqsad    va  vazifalari.  Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishining  oldiga  qo`yilgan 

asosiy maqsad katalitik reaksiyalar mavzusiga oid nazariy bilimlarni to`liq yoritish 

va  amaliy  ahamiyatini  izohlash  hamda  mavzuni  o`qitishda  hozirgi  kunda  samara 

berayotgan 

zamonaviy 

pedagogik 

texnologiyalar, 

inovatsion 

loyihalar, 

multimediaviy  dasturlardan  foydalangan  holda  dars  tashkil  etishni  ishlab  chiqish 

uni  keng  amaliyotga  tadbiq  etishning  imkoniyatlari  va  yuzaga  keladigan 

muammmolarni  yoritib  berish,  ana  shu  muammolarni  ma`lum  darajada  yechish 

yo`llarini topishdan iborat. 


 

        Mavzuning  ilmiy  amaliy  ahamiyati.  Katalitik  reaksiyalarni  o’rganishda                     



Katalitik  reaksiyalar  va  ularning  amaliy  ahamiyati”mavzusi  keng  va  tushunarli 

yoritish  hamda  uni  o`quvchilarga  yetkazib  berishda  zamonaviy  ta`lim 

texnologiyalaridan  foydalanishni  tadbiq  qilish  mavzuning  ilmiy  va  amaliy 

ahamiyati hisoblanadi 



Mavzuning  o`rganilish  darajasi.  Kimyoviy  reaksiyalarning  kinetikasini 

tekshirish  reaksiyalarning  qanday  yo‘llar  bilan  borishini  ya‘ni  ularning 

mexanizmini  o‘rganishga  yordam  beradi.  Bu  esa  kimyoviy  reaksiyalarning 

yo‘nalishini  va  ularning  tezligini  boshqarishga  imkoniyat  tug‘diradi.1867-yilda 

nemis  olimlar  Gulberg  va  Vaage  tomonida  reksiya  tezligiga  moddalar  massalari 

tasirini o’rgandilar. Shundan keyin “massalar ta’siri qununi” yaratdilar. Kimyoviy  

reaksiyalar  tezligi  o‘rganishga,  asosan  XIX  asrning  oxirlaridan  boshlab  alohida 

ahamiyat  beriladigan  bo‘ldi.  Dastlab,  kimyoviy  reaksiyalarning  klassifikatsiya 

qilishga  va  ularning borishini  ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratilgan. Bu 

sohaning  taraqqiy  ettirishda  M.N.Semenov,  V.N.Kondratev,  N.F.Shilov, 

Ginshelvud  kabilarning  xizmatlari  g‘oyat  kattadir.  Katalizator  yuzasida  atom  – 

molekulalarning haqiqatan ham siljishi elektron mikroskop yordamida tasdiqlandi. 

Umuman  aytganda,  atomlarning  yuzada  siljishi  bug‘  va  eritmadan  kristallar  hosil 

bo‘lishida yuz beradi deb faraz qilingan edi. Bu masla bilan olimlar N.N.Semenov 

va Ya.I.Frenkel o‘z shogirdlari bilan birlikda shug‘ullandilar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                ASOSIY QISM 



 

   I. Kinetik jarayonlar haqida umumiy tushuncha                      

     Kimyo  kinetika  kimyoviy  reaksiyalarning  tezliklari  haqidagi  ta‘limot  bo‘lib, 

tezliklari,  kinetikadagi  reaksiyalarning  tezliklari,  ularga  ta‘sir  qiluvchi  omillar 

o‘rganiladi. Kimyoviy reaksiyalarni tekshirishda ikki amaliy masala muhim amaliy 

ahamiyatga  ega.  Bularning  birinchisi  reaksiyaning  muvozanati  qaror  topgandagi 

unumi,  ya‘ni  ayni  sharoitda  dastlabki  moddalarning  oxirgi  mahsulotlarga 

o‘tishining  maksimal  darajasi  va  ikkinchisi  reaksiyaning  borish  tezligidir. 

Reaksiyaning 

muvozanat 

holatidagi 

unumini 

hisoblashni  termodinamika 

o‘rganiladi.Lekin  jarayonning  qancha  davom  etishi  kimyoviy  kinetikada 

tekshiriladi. 

Kimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi muhim  omillar to‘rtta: 

1.Temperatura; 

2.Bosim; 

3.Reaksiyaga kiruvchi moddalarning konsentratsiyalari; 

4.Katalizatorlar. 

Bu  to‘rtta  omilning  uchtasi  reaksiyaning  kuzatiladigan  tezligiga  ham, 

muvozanatiga ham ta‘sir etadi: to‘rtinchisi esa faqat reaksiya tezligiga ta‘sir etadi. 

Ba‘zi  reaksiyalar  (H

2

+Cl


2

=2HCl)    tezligiga  yorug‘lik  ham  ta‘sir  qiladi,  shu  bilan 

birga jarayonni boshqaruvchi muhim omillardan biri moddalarning tabiatidir. 

Kimyoviy  kinetika  qonunlari  eritmalarda  boradigan  reaksiyalarni  tekshirish 

natijasida topilgan quyidagi ikki prinsipga asoslanadi: 

1.  Reaksiyaning  tezligi  reaksiyaga  kirishayotgan  moddalarning 

konsentratsiyalari  ko‘paytmasiga  proporsional  bo‘ladi  (massalar  ta‘sir 

qonuni). 

2.  Ketma-ket  borayotgan  bir  necha    jarayonni  umumiy  tezligi    shular 

ichida eng sust boruvchi jarayon tezligi bilan o‘lchanadi. 

Kimyoviy  kinetikaning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati  juda  katta:  kinetikani 

tekshirish reaksiyalarning qanday yo‘llar bilan borishini ya‘ni molekulalar, atomlar 


 

va radikallarning o‘zaro ta‘sir etish  mexanizmini  o‘rganishga  yordam beradi. Shu 



bilan  birga  reaksiyalarning  yo‘nalishini  va  ularning  tezligini  boshqarishga  imkon 

beradi. 


    Asosan,  XIX  asr  oxirlaridan  boshlab  reaksiyalarning  tezligini  o‘rganishga 

ahamiyat  beriladigan  bo‘ldi.[6]  Bunga  asosiy  e‘tibor  reaksiyalarni  sinflarga 

ajratishga  va  molekulyar  kinetik  nazariyaga  asoslanib,  reaksiyalarning  borishini 

ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratildi. 

Turli  kimyoviy  reaksiyalarning  tezligi  turlicha  bo’ladi.  Masalan,  portlash 

jarayonlari sekundning o’n  mingdan bir  ulushda borsa, ba‘zi reaksiyalar bir  necha 

soatlar, reaksiyalar davom etadi. Geokimyoviy reaksiyalar, yer bag’rida boradigan 

reaksiyalar  uzoq  yillar  va  asrlar  davom  etishi  mumkin.  Sanoatda  biror  mahsulot 

olish  uchun  o’tkaziladigan  reaksiyaning  qanday  tezlikda  borishi  katta  iqtisodiy 

ahamiyatga ega. 

Kerakli  reaksiyaning  tezligini  oshirish  va  halal  beradigan  yonaki 

reaksiyalarning  tezliklarini  kamaytirish  sanoatning  ishlab  chiqarish  unumini 

oshirishga, xom ashyodan to’laroq  foydalanishga, kam  vaqt  ichida ko’p  mahsulot 

ishlab  chiqarishga  imkon  beradi.  Shu  sababli  reaksiyalarning  qaysi  sharoitda  tez 

yoki  sekin  borishini  aniqlashning  va  shunga  qarab  ularning  tezliklarini  o’zgartira 

bilishning ahamiyati g‘oyat katta. 

Kimyoviy  reaksiyalarning  kinetikasini  tekshirish  reaksiyalarning  qanday 

yo‘llar bilan borishini ya‘ni ularning  mexanizmini o‘rganishga yordam beradi. Bu 

esa  kimyoviy  reaksiyalarning  yo‘nalishini  va  ularning  tezligini  boshqarishga 

imkoniyat tug‘diradi. 

Kimyoviy  reaksiyalar  tezligi  o‘rganishga,  asosan  XIX  asrning  oxirlaridan 

boshlab  alohida  ahamiyat  beriladigan  bo‘ldi.  Dastlab,  kimyoviy  reaksiyalarning 

klassifikatsiya  qilishga  va  ularning  borishini  ifodalaydigan  tenglamalarni  topishga 

qaratilgan.  Bu  sohaning  taraqqiy  ettirishda  M.N.Semenov,  V.N.Kondratev, 

N.F.Shilov, Ginshelvud kabilarning xizmatlari g‘oyat kattadir. [7]. 

                                

 


10 

 

     Kimyoviy 



reaksiyalarning 

tezligi-reaksiyaga 

kirishuvchi 

moddalar 

konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o‘zgarishi reaksiyaning tezligi deb ataladi. 

    Reaksiya  kirishayotgan  moddalarning  konsentratsiyasi  vaqt  o‘tishi  bilan 

kamayib boradi. Buning natijasida reaksiyaning tezligi ham har xil vaqtda turlicha 

bo‘ladi. 

Shuning 

uchun 


haqiqiy 

tezlik 


reaksiyaga 

kirishuvchi 

moddalar 

konsentratsiyasining cheksiz kichik miqdoriga teng bo‘ladi:  



                                      

dt

dC

v

 



 v – reaksiyaning haqiqiy tezligi  C –konsentratsiya t – vaqt 

Moddalar  reaksiyaga  ekvivalent  miqdorlarda  kirishganligi  sababli,  reaksiya 

tezligi  reaksiyaga kirishuvchi  moddalar  yoki reaksiya  natijasida hosil bo‘layotgan 

moddalardan birortasi konsentratsiyasini vaqtga qarab o‘zgarishi mumkin. 

Qaysi  modda  miqdorini  o‘lchash  oson  bo‘lsa,  reaksiyaning  tezligi  shu 

modda  konsentratsiyasining  o‘zgarishi  bilan  o‘lchanadi.  Lekin  reaksiyaga 

kirishuvchi  moddalarning  konsentratsiyasi  esa,  aksincha,  ko‘payib  boradi. 

Reaksiya  tezligi  (

)  ikkala  holda  o‘lchanganda  ham  musbat  qiymatli  bo‘lishi 



uchun, dastlabki moddalar konsentratsiyasining o‘zgarishi o‘lchanganda 

dt

dC

 oldiga 


manfiy,  reaksiya  mahsulotlari  konsentratsiyasining  o‘zgarishi  o‘lchanganda  esa 

musbat ishorasi qo‘yiladi. Shunday qilib: 

                                      

dt

dC

v



        

 

bo‘ladi. 



Reaksiyaga  kirishuvchi  moddalar  o‘zaro  ta‘sir  etishi  uchun,  ularning 

molekulalari  bir-biri  bilan  to‘qnashishi  kerak.  Lekin,  haqiqatda  molekula  yoki 

atomlar  bir-biri  bilan  to‘qnashmaydi,  balki  ma‘lum  masofagacha  o‘zaro 

yaqinlashadi.  Bu  vaqtda  bir  atomning  elektronlari  boshqa  bir  atomning  elektr 

maydoni ta‘siri doirasida bo‘ladi. Shuning natijasida bir modda ikkinchi moddaga 

o‘tishi,  yangi  moddalar  hosil  bo‘ladi.  Lekin  to‘qnashishlarning  hammasi  ham 

kimyoviy reaksiyalarga olib kelavermaydi. 


11 

 

Vaqt  birligi  ichida  yuz  beradigan  to‘qnashuvlarning  soni  to‘qnashuvchi 



zarralarning  konsentratsiyasiga  proporsional.  Bu  massalar  ta‘siri  qonuni  bilan 

ifodalanadi: 

                                

dD

cC

bB

aA



 

Reaksiyaning tezlik massalar ta‘siri qonuniga muvofiq 



                          

   


b

a

B

A

k



   


ko’rinishida yoziladi. 

k-proportsionallik koeffitsenti bo‘lib tezlik konstantasi deb ataladi. 

Agar  reaksiyaga  kirishuvchi  moddalarni  konsentrattsiyalari  birga  teng 

bo‘lsa: 


                                           v=k 

Demak,  tezlik  konstantasi  (k)  reaksiyaga  kirishuvchi  moddalarning 

konsentratsiyalari birga teng bo‘lgandagi reaksiya tezligidir. 

Shu sababli, k-solishtirma tezlik deb ham ataladi. 

Reaksiyalarning  tezligi  kuzatilgan  tezlik  (v)  ning  qiymati  bilan  emas,  balki 

tezlik  konstantasi  (k)  ning  qiymati  bilan  solishtiriladi.  Tezlik  konstantasining 

qiymati  reaksiyaga,  temperaturaga  va  katalizatorlarga  bog‘liq  bo‘lib,  reaksiyaga 

kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga (parsial bosimiga) bog‘liq bo‘lmaydi. 

Barcha  reaksiyalar  ikki  sinfga  gomogen  va  geterogen  reaksiyalarga 

bo‘linadi.  Agar  reaksiya  birgina  fazada  (gaz  muhitda  yoki  eritmada)  sodir  bo‘lsa 

uni gomogen reaksiya deyiladi. 

Agar  reaksiya  bir  necha  fazada  borsa  (masalan,  gazlar  bilan  qattiq  jismlar 

yoki suyuqliklar reaksiyaga kirishsa) bunga geterogen reaksiya deyiladi. 

Shuningdek  reaksiyalar  ikki  gruppaga  bo‘linadi:  qaytmas  reaksiyalar-

oxirigacha boruvchi reaksiyalar. 


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling