O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA YO‘NALISHI 4M12 –GURUH TALABASI
Sodiqova Muxlisaning
“Matematika fanining rivojlanish davri”bo`yicha tayyorlagan
KURS ISHI
Ish raxbari: B.Tursunov
Andijon-2022
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………3
Asosiy qism………………………………………….........6
Matematika rivojlanishining birinchi davri
Matematika rivojlanishining ikkinchi davri
Matematika rivojlanishining uchinchi davri
Xulosa ………………………………………………………………………..27
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….28
KIRISH
Matematika-hamma aniq fanlarga asos.
Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng
tafakkurli bo`lib o`sadi, istalgan sohada
muaffaqqiyatli ishlab ketadi.
Sh.M.Mirziyoyev
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm fanni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarning biri sifatida belgilandi. O`tgan davr ichida matematika ilm fani va ta`limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi.
2020-yil 7-may PQ-4708 ga asosan “2020-2023 –yillarda O`zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo`yicha ta`lim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshrishning” Maqsadli dasturi ishlab chiqildi.
Oliy ta`lim va ilmiy tadqiqotlarning o`zaro integratsiyalashuvini ta`minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika insitutining yangi va zamonaviy binosi barpo etildi.
Insitutda zamonaviy matematikaning dolzarb yo`nalishlari bo`yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Insitutning eng katta yutug`i sifatida V.I.Romanovskiy. T.A. Sarimsoqov. S.H.Sirojiddinovlarning sa`y harakatlari bilan barpo bo`lib, dunyo matematika hamjamiyati tomonidan tan olingan algebra va funksional analiz, differensial tenglamalar, ehimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktablarini e`tirof etish mumkin. Bu maktablarni bugungi kunda akademiklar Sh.A.Ayupov. M.S.Salahitdinov. Sh.K.Farmonov. A.Azamov va boshqalar boshqarib kelmoqda .
Insitut olimlari O`rta asrlarda matematikaning rivojlanish tarixini keng o`rganishda samarali tadqiqotlar olib borishdi va katta hissa qo`shishdi.
Insitut matematikaga oid ko`plab xalqaro konferensiyalarning tashkilotchisi bo`lgan ,jumladan: Bernulli jamiyatining I Umumjahon kongressi (Toshkent 1986),III Sovet-Yapon simpoziumi (Toshkent 1975) , O`zbek-Fransuz uchrashuvi (Toshkent 1997), Fransuz-O`zbek uchrashuvi O`zbekiston –Amerika matematika konferensiyalari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |