Zahiriddin muhammad bobur shaxsiyatida insonparvarlik
Academic Research in Educational Sciences
Download 386.29 Kb. Pdf ko'rish
|
62a32906eb5e1185099299
- Bu sahifa navigatsiya:
- June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal TAHLIL VA NATIJALAR
Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 78 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal TAHLIL VA NATIJALAR O„zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning Bobur va uning avlodlari hayot yo„liga bag„ishlangan "Yulduzli tunlar" va "Avlodlar dovoni" romanlari bir necha dunyo tillarida chop etilgan. Yozuvchining tarixiy roman yaratish uchun aynan Bobur va boburiylar sulolasini tanlashining sababi haqidagi angliyalik kitobxonning savoliga yozuvchi shunday javob beradi: “Bobur Mirozodek va uning avlodlari, ayniqsa, Akbardek ulug„ siymolar tarixda o„zi juda kam, dunyo tarixida. Fransuz adibi Erenst Renan aytadiki, "mana shu uch kishi - Bobur Mirzo, Humoyun, Akbar tarixda hyech betakror shaklda birining ishini biri juda yaxshi davom etkazib ketdilar", deydi. Haqiqatdan ham, ular Hindistondek katta mamlakatni obod qilib, yuksaltirib o„tdilar. Shuning uchun, men ular haqida asar yozishga nafaqat O„zbekiston, balki Sharq xalqlari uchun ham ibratli hodisa deb qaragan edim.” XV-XVI asr o„zbek adabiyoti, ma'naviyati tarixida yorqin iz qoldirgan Zahiriddin Bobur umr yo„lining o„zi avlodlar uchun ibrat namunasidir. Buyuk Amir Temurning avlodi - Bobur Mirzo bizning Turkiston, Turonning farzandidir. Hali o„zbek xalqi shakllanib ulgurmagan paytda Bobur o„zini turkiy xalqlar vakili hisoblagan. Temuriylar avlodi 150 yil Turkiston va Afg„oniston atroflarida, 330 yil Hindistonda umr ko„rdi. Bu davrning asosiy qismi Boburiylar nomi bilan bog„liq. Zahiriddin Muhammad Bobur qisqa umr ko„rgan bo„lsa-da, dunyo xaritasida o„zining Andijondan to Hindistongacha bo„lgan mashaqqatli hayot yo„lining o„chmas izini qoldirdi. Bobur yurgan yo„llar juda ko„p tarixiy voqyealar, fojealar, urushlarga shohid bo„lgan yo„llardir. Shu bilan birga, Bobur mehrini, muruvvatini, chin insoniy sifatini oxiri qo„nim topgan Hindistonda namoyon qildi. Hindiston tarixida yangi davrga asos soldi, bu davr mamlakat tarixida porloq hayot, farovonlik va yuksalishga asoslangan davr bo„lib qoldi. Boburshunos Xamid Sulaymon ta'kidlaganidek, Boburning Hindiston uchun keltirgan foydasi - bu zabt etilgan yerni talon-taroj qilmadi, balki bu yerdagi tarqoq, mayda feodal davlatlarni asta-sekin yagona, kuchli davlatga birlashtira borib, ichki feodal urushlar va diniy nizolarga chek qo„yib, turli din va mazhabdagi kishilarni o„zaro murosaga keltirgan. “Bobur o„z saltanatini mustahkamlash uchun keng miqyosda bunyodkorlik ishlarini ham olib bordi, saltanat iqtisodiy va madaniy hayotini jonlantirdi. Atrofiga olimu fozillar, shoiru musavvirlar, me'moru san'atkorlarni to„plab, ularni maosh va uy-joy bilan ta'minladi. Bobur obodonchilikka alohida e'tibor berdi, savdo-sotiqni rivojlantirdi, shahar va qishloqlarga oqar suvlar keltirib, bog„-rog„lar yaratdi. Bobur hukmronligi davrida yaratilgan Agradagi Bog„i Hasht Behisht, Xilvatxona, Zarafshon bog„i, Orombog„ (hindlar inglizlar kelgach bog„ni saqlab qolish ma'nosida uni Rambog„ deb o„zgartirishgan), |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling