Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri
Download 48.5 Kb.
|
Bobur Iqt
Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri Buyuk davlat arbobi, qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiybitiklardan ma‘lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to‗plamlarida iqtisodiyotga oid ma‘lumotlar, shu jumladan, soliq siyosatiga katta o‗rin berilgan. «Zakot to‗g‗risidagi katta kitob» da esa o‗sha davrdagi soliq, uning turlari to‗g‗risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro'y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o‗zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga uning umumiy asoslari bo‗lmish ishlab chiqarish, shuningdek, savdo va tijoratga oid, soliq va boj to‗lovlari bilan bog‗liq bo‗lgan qarashlari e‘tiborga molik. E‘tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o‗z hukmronligi davrida yuritgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‗lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha xulosalarga kelish mumkin: u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yuritgan, buning oqibati o‗laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‗chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‗rinni egallagan. Boburning «Mubayyin» asari to‗la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag‗ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma‘nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham «zakot» ma‘lum miqdorda va muayyan shartsharoitlarda olinadigan soliq ma‘nosida qo‗llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‗imi shaklida to‗planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «nisobi», ya‘ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‗lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‗la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya‘ni yer solig‗i ikki toifaga bo‗lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‗liq bo‗lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‗lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning maydoniga bog‗liq ravishda olingan. Yerni sug‗orish masalalari Sharqda o‗ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun‘iy sug‗orishni talab etganligidan sug‗oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‗p hosil bergan. Shu sababli suv solig‗i ham bo‗lgan. Suv solig‗i quyidagicha olingan: «agar sug‗orish davrida chig‗ir qursang, olgan hosilning o‗ndan birining yarmini (5%) soliq uchun to‗lashing kerak», ya‘ni sug‗oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to‗g‗ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‗imlar tamomila islomiy shariatga to‗la rioya qilingan holda olingan. Nisobga yetgan miqdordagi mol-mulkdan Qur‘oni Karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat‘iy belgilab qo‗yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, ya‘ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‗ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo‗ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‗lsa har 100 qo‗ydan bittasi zakot qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‗la bayon qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o‗rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tushungan. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‗llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda bo‗lgan. Bu siyosat Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek va boshqa temuriylar siyosati bilan ma‘lum. O‗sha davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig‗imining ham adolatli va xolisona tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo yig‗imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya‘ni daromad ko‗payishi bilan soliq kamaygan va boylik jamg‗aruvchilar uchun o‗ta manfaatli bo‗lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‗llash foydadan xoli emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‗im esa ularning qaysi yurtlardan kelganligiga bog‗liq bo‗lgan. Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo‗lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo‗lmagan mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo‗llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‗oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni ko‗zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, hamyurtlari bo‗lgan bizlarda unga nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‗otadi. Ulug‗ bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‗oyalar va iqtisodiy tafakkur merosi, u yuritgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma‘naviy tayanch bo‗lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o‗rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish foydadan xoli emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga sharob keltirish ta‘qiqlangan, ya‘ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati qo‗llanilgan. Boburdan keyin uning o‗g‗li Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574-yildan boshlab islohotlar o‗tkazildi, dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‗irlik o‗lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‗g‗risida 1601-yil «Akbarnoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o‗z aksini topgan. Birbal-tarixiy shaxs. 1994-yilda Toshkentda bosilgan «Shoh Akbar va Dono Birbal» nomli to‗plamda ko‗rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi Bobur an‘analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar o‗rtasida birodarlik munosabatlarini o‗rnatish yo‗lida jonbozlik ko‗rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli amaldor edi. Akbarshoh bu dono va zukko hind amaldoriga alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e‘zozlagan. Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o‗zaro suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topishga uriniladi. «Podshohning besh savoli» hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi namoyon bo‗ladi. «Ulug‗ ma‘bud Indiradir»,- deb so‗z boshlaydi u. Uning amri bilan yomg‗ir yerni sug‗oradi, bug‗doy unadi, odamlar to‗kin va to‗q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko‗p foyda keltiradi. Eng qimmatli gul – paxtaning guli. Undan mato to‗qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan ulug‗ tish yo‗q. Chunki u yer bag‗rini yoradi, shundan keyin don va sabzavot ekiladi, odamlarni to‗ydiradi. Ulug‗ fazilat esa jasoratdir. Agar inson jasoratsiz bo‗lsa, uning fazilatlaridan foyda yo‗qdir. Jasorat bu mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga ega. Bu borada «Inson qo‗li gul» hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal bog‗bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -Ertaga bog‗ va gulzorlardagi eng chiroyli va yaxshi gul bilan o‗zing yetishtirgan mevalardan olib, shohning huzuriga borasan. Shoh bog‗bondan meva va gullarning narxini so‗raganda, u: - Olampanoh! Biz bu mo‗jizalarni bunyod qilish uchun ko‗p vaqt sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar uchun ming rupiy so‗raymiz. Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal quyidagilarni aytibdi: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson qo‗li bilan yaratilganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga insonning qo‗li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo‗jizalar tabiatnikidan go‗zal bo‗lishi mumkinligini isbotlashga va‘da bergan edim. Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bog‗bon yaratgan mevalar va gullar uchun ming rupiy to‗ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz». «Mehnatni qadrlash hayotni saqlar» hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. Yaxshi niyat bilan bir paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan ekan. Kavlashsa, yerga ko‗milgan oltin qanday bo‗lsa shundayligicha turganmish. Boylikni olishibdi, eski uylariga tutashgan bir kulbada o‗sha paytlarda yashagan munkillagan bir kampir hozir ham kunni kun demay odamlarga qo‗l tegirmonida donni yanchib berarkan. Avvalgidek qo‗l tegirmonni aylantirib o‗tirganmish. Ko‗rinishi ham o‗zgarmabdi. So‗ng ular kampirga rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang, deb olgan boyliklarining hammasini in‘om qilishibdi. Kampirning qarilik yillari rohat-farog‗otda o‗tadigan bo‗libdi. Keyinchalik ma‘lum bo‗lishicha, shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda ekan, shu davrdan beri 50 yil o‗tibdi. Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr ko‗rish shartlaridan biri ekanligi haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi. Hikoyalarning ba'zilari o‗sha davrdagi tovar-pul munosabatlari masalalariga bag‗ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko‗ra Birbal Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni o‗ziniki qilib olmoqchi bo‗lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni beradi. «Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo‗lsa, ularni zarariga sotishga rozi bo‗larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham yo‗ldan urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat tiklanadi. «Tentaklar ro‗yxati» hikoyasida shoh Akbarning zotli otlarni sotib olgani, otlar unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni buyurib, oldindan 1000 rupiy bergani hikoya qilinadi. Lekin shoh Akbar shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanligini so‗ramagan, savdoda xatoga yo‗l qo‗ygan edi. Savdogar esa muttahamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda Birbal tovar-pul munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o‗tadi. Savdolashganda xorijiy savdogardan sotib olingan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, savdogarning nomini so‗rash lozimligini ta‘kidlaydi. «Hozir nima harakatda» hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi yer, yana biri oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga qanoatlanmaydi. Birbal quyidagi javobni beradi: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo‗r qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir bu pullar hech qachon tinch yotmaydi. Aksincha, kundan kunga tezligi oshib boradi». Bu javob shoh Akbarga ma‘qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar qanchalik qo‗shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron qilishi hammaga ma‘lum edi. Bu yerda gap kapital aylanishi va foiz stavkasi bilan bog‗liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida qoralanadi. Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh saroy yig‗inida har bir mulozimidan: -Dehlida nechta qarg‗a bor? - deb so‗rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi. Birbal shunday javob beribdi: -O‗tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz sakson beshta qarg‗a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib, o‗tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va qo‗shib qo‗yibdi: – agar Dehlidagi qarg‗alarning soni bittaga ko‗p yoki kam chiqsa uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to‗laysan. Shuning uchun kechgacha o‗ylab, menga aniq javob ber,-debdi shoh. -Mening hisobim to‗ppa-to‗g‗ri, qat‘iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta sanaganda ham shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim qarg‗alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va boshqalarning bu yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu javobda Birbal, birinchidan, Dehlidagi barcha qarg‗alarni sanab bo‗lmasligini ko‗zda tutgan, shu bilan birga qarg‗alar ko‗payib, yozda sovuq joylarga uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi. «Haqiqat qo‗ng‗irog‗i» hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli hukmdor ekanligi o‗z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish maqsadida u shahardagi maydonga bitta ustun o‗rnatib, qo‗ng‗iroq osib qo‗yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham qo‗ng‗iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo‗ng‗iroq ham jaranglar ekan. Saratonning jazirama kunlaridan birida qo‗ng‗iroq jaranglab qolibdi. Ho‗kiz qo‗ng‗iroq ipini tortgan ekan. Ho‗kizho‗kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo‗ltillab turganmish, xolos. Shoh Birbalga «Ho‗kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber», debdi. Birbal ho‗kizning yelkasini silab, uning ko‗zlariga tikilibdi. Keyin shohga ho‗kizning dilidagi arzini quyidagicha tarjima qilib beribdi: «Men qaridim, ish qilishga kuchim yetmay qoldi, quvvatim borligida xo‗jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi. Endi bo‗lsa ko‗chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh topaman, – deyapti», debdi. «Ho‗kizning egasi topilganidan keyin Birbal savol beribdi: – Nega bog‗lab qo‗ymadingiz? Savdogar javob beribdi: – Janob vazir, u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan to‗lagan haqini tiyin-tiyinigacha oqladi. Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi adolatdan bo‗ladimi?-deb so‗rabdi Birbal. -O‗z otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi savdogar. Bir eslab ko‗rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz maxluqbutun quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen uning yaxshiligiga shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham achinmayapsan. Xullas, bu ho‗kizni shoh molxonasiga qo‗yib yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy to‗laysan. Savdogar pulni to‗laydigan bo‗libdi. Bu hikoya o‗z davrida va undan keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan. Xizmatkorlarni ishlatib, haqini to‗lamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga insofli bo‗lish kerakligi to‗g‗risida qisqacha xulosalar chiqariladi. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling