Zahiriddin muhammad bobur va boburiylar sulolasi tarixini xorijiy adabiyotlarda yoritilishi
YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS
Download 375.31 Kb. Pdf ko'rish
|
112-116
YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS
2022 Prague, Czech 113 Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning tarixiy hududlarida ulkan saltanat barpo etdi. Tarix zarvaraqlarida bu davlat Boburiylar sulolasi nomi bilan bitildi 1 . Boburiylar Hindiston taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan suloladir, – deydi Rampur Raza kutbxonasi mas'ul kotibi Sanam Ali Xon. – Bu tarixiy haqiqat. Boburiy podshohlar ilm-fan, bunyodkorlik sohasida boshqalarga o‘rnak hisoblanadi. Ular homiyligida qurilgan binolar bugun Hindiston, Pokiston, Bangladesh xalqlarining faxridir. Shuningdek, boburiylar aql-zakavot, ijodiy ishlarda ko‘pchilikka o‘rnak 2 . Ushbu sulola vakillari tomonidan qoldirilgan bebaho ma'naviy meros hind va o‘zbek xalqlari boyligi. Rampur Raza kutubxonasida saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar sulolasiga oid tarixiy ashyolar madaniy ildizlarimiz, tariximiz o‘xshashligidan dalolat. Ma’lumki, butun dunyo bo’yicha o’zbek davlatchiligi tarixiy dalillarni yaxshi o’rganmasdan turli sulolaviy shajaralarni mo’g’ul xonliklari avlodlariga olib borish urf tusiga kirgan. Bu borada sohibqiron Amir Temurni ham mo’g’ul deb yuritishga xorijiy tarixchilar odatlanib qolishgan aslida esa, Amir Temur o’zbek xalqi tarkiiga kirgan “barlos” urig’idan bo’lgan. Barloslar haqida Rashididdinning “ Oltin daftar” kitobida, "Moʻgʻullarning maxfiy tarixi" kitobida ba'zi maʼlumotlar uchraydi. Rashididdining fikricha, barloslar nirun moʻgʻullarning Borjigin urugʻidan tarqalgan. Rashididdinning yozishicha, barlos etnonimi Chingizxon davridan beri mavjud boʻlib, Chingizxon oʻgʻli Chigʻatoyga 4 000 kishilik qoʻshin ajratganida, ularning koʻpchiligi barlos urugʻidan boʻlgan. Moʻgʻul tilidan tarjima qilinganida barlos soʻzi yoʻgʻon, kuchli deb tarjima qilinadi. Abulgʻozixon fikricha esa, barlos soʻzi sarkarda degan maʼnoni beradi 3 . 1 https://dunyo.info/uz/site/inner?slug=bobur_va_boburiylar_merosi_%E2%80%93_faxr-iftixor_manbai-5nR 2 https://dunyo.info/uz/site/inner?slug=bobur_va_boburiylar_merosi_%E2%80%93_faxr-iftixor_manbai-5nR 3 Karmysheva B. KH. Ocherki etnicheskoy istorii yuzhnykh rayonov Tadzhikistana i Uzbekistana. Moskva, 1976, S. 182. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling