Iste’molchi o‘zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo‘lishiga va uning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishiga, shuningdek, uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega. Tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi ta’minlanmaganligi oqibatida iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar ushbu qonunga muvofiq qoplanishi lozim. Iste’molchilar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin. Iste’molchilarning birlashmalari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir. ste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Iste'molchining manfaatlari vakolatli davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan himoya qilinadi Iste'molchining manfaatlari vakolatli davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan himoya qilinadi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha maxsus vakolatli davlat organlari - Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
- «O’zStandart” agentligi
- O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
- O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi
E'tibor berganingiz uchun rahmat Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tayyorlangan
www.consumer.uz
@consumeruz
1159
Do'stlaringiz bilan baham: |