Zakovat” intellektual klubi
Javob: Karakatitsa. (“Qora Karakatitsa” Kapitan Vrungel kemasi) savol
Download 35.78 Kb.
|
savol 01
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
Javob: Karakatitsa. (“Qora Karakatitsa” Kapitan Vrungel kemasi)
savol: FIAT, PEJO, RENO, SHEVROLE. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni topib aytasiz. Javob: Oxirgi harfi “T” bilan tugaydi. (FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET) savol: Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi? Javob: Robin Gud savol: (Savolni iloji bo’lsa yozib oling) Hududi kattaligi jihatidan – 110 o’rin, aholi soni bo’yicha – 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha – 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha – 6- o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha – 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering. Javob: Shveytsariya savol: Qo’lingizdagi qog’ozda inglizcha almost so’zi yozilgan. Bu so’z ingliz tilshunosligida eng uzun so’z hisoblanar ekan. Albatta bir shartga ko’ra. O’sha shartga rioya qilib bundan uzun ma’noli so’z yasab bo’lmas ekan. Siz harflarga yaxshilab e’tibor bergan holda menga o’sha shartni yozib bering. Javob: Harflarni alfavitdagi ketma-ketligida yozish. savol: Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo’jizasi bilan qurilgan ekan. Uning gumbazi o’rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri tushib turadi. Ammo, qanchalik g’alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg’ir yoki qor tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima? Javob: Sababi, u teshikdan doimiy ravishda issiq havo chiqib turadi va u yomg’ir va qor tomchisini urib qaytaradi yoki bug’lantirib yuboradi. savol: Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan: Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni – mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. 1 daqiqadan keyin, siz menga ushbu olimlarning “mijozini” yozib bering. Download 35.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling