‘’Zakovat’’ intellektual o’yini ssenariysi 1-boshlovchi
Download 15.29 Kb.
|
Zakovat
‘’Zakovat’’ intellektual o’yini ssenariysi 1-boshlovchi: Assalomu aleykum ilm-u fanning sohib-u davronlari, Assalom aziz do’stlar ham fikrdosh o’rtoqlar, ruxsat bering boshlamoqqa intellektual kechani turli-tuman savol bilan o’ynataylik barchani. 2-boshlovchi: Dilim ilmlardan mahrum bo’lmagan, Biror so’z qolmadi mavhum bo’lmagan. Tun-u kun o’ylagach yetmish ikki yil, Bildimki hech narsa ma’lum bo’lmagan. Assalomu aleykum aziz ustozlar 1-boshlovchi:Assalomu aleykum aziz o’qituvchilar va o’quvchilar hamda davramiz qatnashuvchilari.Darhaqiqat,ulug’ shoir va matematik olim Umar Hayyom aytganidek, dunyoviy bilimlarning biz bilmagan sir-u sinoatlari juda ko’p.Shu maqsadda biz 21.3 guruh talabalari va ustozlar o’rtasida shu vaqtgacha olgan nazariy bilimlarimizni qay darajada ekanligini bilish va talabalarni bilimini oshirish uchun ‘’Zakovat’’ intellektual nomli ring tashkil etganmiz. 2-boshlovchi:Shunday qilib davraga guruh qatnashchilarini taklif etamiz. Bunda 5 ta jamoa: 4 ta jamoa talabalar jaomasi 1 ta jamoa ustozlardan tashkil topgan bo’ladi: 1-jamoa:Pentagon 2-jamoa:Iceberg 3-jamoa:Grand zakovat 4-jamoa:Positive intriga 5-jamoa:Mendeleyev 1-boshlovchi:Bilagi zo’r birni yiqar,bilimi zo’r mingni.Marhamat guruh a’zolari o’z joylarini egallab olishlari mumkin. 2-boshlovchi:Endigi navbatni Tadbirni ochib berish uchun Kafedra mudiri,kimyo fanlari doktori, Kurbanova Aypara Djuldasova ustozimizni taklif etamiz. Bilimlar bahsini boshlash uchun ustozlarimizdan izn olsak va hakamlar hayatini tanishtirib chiqsak: 1.Qurbonova Muattar (kimyo o’qituvchisi) 2.Mirzarahimov Ahmadjon (kimyo o’qituvchisi) 3.To’raqulov Abbosjon (kimyo o’qituvchisi) 4.Matyoqubov Azamat (kimyo o’qituvchisi) 1-boshlovchi: Monitorda ‘’Zakovat’’ savollari aks etadi. Vaqt reglamentiga amal qilgan holda guruhlar savollarga javob berishadi.Bunda har bir savolga 2 daqiqadan vaqt beriladi, savollarni hakamlarga taqdim etish uchun 10 soniya vaqt beriladi. 2-boshlovchi:Ilmni fursat bo’lganda o’raganaverish kerak, Chunki ilm zarur bo’lganda fursat topilmaydi. Guruhlarga savollar o’qib eshittirib boshlanadi va javoblar tinglanib to’g’ri javob uchun 1 balldan beriladi Yakunda umumiy ballar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. 1-boshlovchi:Endi so’z navbatni Universitetimizning Kimyo kafedra mudiri: Kurbanova Aypara ustozdan ‘’Zakovat’’ intellektual ringimizning natiajlarini eshitamiz. Download 15.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling