Zal bayramona bezatilgan, bolalar qo’llariga sharlar bilan zalga kirib kelmoqdalar
Download 13.74 Kb.
|
Mehrjon bayrami ssenariysi
Aim.uz Zal bayramona bezatilgan, bolalar qo’llariga sharlar bilan zalga kirib kelmoqdalar. Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, hurmatli ota-onalar va tarbiyachilar. Dehqon bobomizning mehnati bilan kuzimizning sahovatidan minnaddorchilikning nishonasi bo’lmish “Mehrjon-hosil” bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. O’tib ketdi kuz fasli Kuzda bo’lsin ko’p olqish Xirmonizga baraka Ko’p olqishlar senga kuz. “Binafsha” guruhi bolajonlari bayram ertaligi tayyorlab kelishgan. Marhamat hozir e’tiboringizha ushbu bayram ertaligini havola etamiz, Marhamat! Bola: Keldi kuz chog’i Mevalar pishdi Daraxtlar shoxi Egilib tushadi. Bola: Bugun bizga shodiyona Bu kuzimiz bayrami Barakali To’kin Kuz Mehrjonim bayrami Tarbiyachi: Endi navbatni mevalarimizga beramiz, marxamat. Kuz fasli bizga mehmonga kelgan. Bola: Men sizlarning olmangiz Xomligimda olmangiz Azizjonga o’xshab so’ng Voy qornim deb qolmangiz. Bola: Men gilosman quloq sol Rangim yoqut totim bol Qulog’ingga taqib ol. Tarbiyachi: endi navbat “Kuz” qo’shig’iga. Tarbiyachi: uzumni davramizga taklif etamiz. Bola: Donalarim marjoncha Quritsangiz mayizman Dasturxonga fayzman. Bola: Beqasam to’n tarvuzman Bozorlarga yuboring To’yib ketsin yaxshilar Qolmasin hech g’ubori. Tarbiyachi: Endi navbat qo’shiqqa ”Mehrjon” Bola: Oldik ko’p hosil O’rik, olma, nok Shakardek asal Uzum qildi tok. Bola: Ko’kday bepoyon Boyliklarga kon Keng paxta maydon Mening vatanim. Bola: Boqqa kirsam olmalar Qip-qizarib pishibdi Silkitibdi shamollar Yerga to’p-to’p tushibdi. Bola: Quvonch to’la dilimda Qo’shiq yangrar tilimda Sen sovg’amsan elimda Paxtajonim paxta. Tarbiyachi: endi stulcha atrofida o’yinga marhamat. Tarbiyachi: Mana bugungi bayram ertaligimiz o’z nihoyasiga yetdi. Yana bir bor bayramingiz muborak bo’lsin. Download 13.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling