Zamanoviy ilm va ta’limning rivojlanishi: dolzarb savollar, yutuqlari va innovatsiyalar Tayanch so’z


Download 325.5 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi325.5 Kb.
#1125165
  1   2
Bog'liq
Zamanoviy ilm va ta’limning rivojlanishi.Tezis


Zamanoviy ilm va ta’limning rivojlanishi: dolzarb savollar, yutuqlari va innovatsiyalar

Tayanch so’zlar: ilm-fan, fikr, erkin fikr, bilim va malaka, ixtirochilik, ratsionalizatorlik, axborot sivilizatsiyasi.

“…Bugungi sharoitda eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada qabul qilingan Milliy dasturga muvofiq, telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tizimlari va infratuzilmasini yanada rivojlantirishimiz, informatsion tizimlar komplekslari va «Elektron hukumat» axborot bazasini shakllantirishimiz kerak…”1- deganda Yurtboshimiz Sh.Miromonovichning naqadar haq ekanligini ko’ramiz.


Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini boshqarish lozimligini ta’kidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal tashkillashtirish va boshqarishga bog‘liq.
Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish, ob’ektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish masalalariga kirdi.
Ta’lim oluvchilarning faol fikr yuritishi o‘qitilishining asosiy maqsadi, ularni dastlabki tahsil vaqtidan ilmiy izlanish-tadqiqot ishlariga jalb etish, uning natijalarini amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil mutaxassislarni tarbiyalashdir.
Faol fikr yuritishning bo‘lajak kadrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni shundan iboratki, bunda talabalar ilmiy izlanish asoslari haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirib, tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, ilmiy izlanish va tadqiqot tajriba ishlarini tashkil etish va bajarish uslubiy qo‘llanmalariga ega bo‘ladilar, ilmiy izlanish asoslari metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot ijodkorlik ilmiy asosini o‘rganish bilan birga, o‘zlarining ijodiy fikrlarini faollashtiradilar va har bir masalada erkin ilmiy munosabatda bo‘lishga o‘rganadilar. Shu bilan birga, intellektual mulk sohibi bo‘lish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tushunchalari asoslari, mualliflik haq-huquqi, O‘zbekiston Respublikasi va chet el ilmiy izlanish-tadqiqot tashkilotlari strukturasi va boshqalar bilan tanishib nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
Shu o’rinda “…Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur…”2- degan fikrlari g‘oyat o‘rinlidir.
Ta’lim oluvchilar bo‘lajak oliy o‘quv yurtidagi bakalavriatura tahsil vaqtida o‘quv rejasidagi fanlardan kurs ishlari (loyihalari), ilmiy referatlar, ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar, bitiruv malakaviy ishning bajarilishi qoidalari, ularning rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablar bilan tanishadilar. Shu bilan birga keyingi magistratura vaqtida ilmiy maqolalar, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasining bajarilishi, ilmiy xodim bo‘lish uchun nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Ilm olish haqida gapirar ekanmiz, zero, “ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida - yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida - zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir” - deb bejiz aytilmagan.
Ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmuasi.
Fan - dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar majmuasidir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boradi. Fanning vazifasi tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni amaliyotga joriy qilishgacha bo‘lgan faoliyatini o‘z ichiga oladi. Kishi organgani va ruhiyati hamda intellektual salohiyatini atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va rivojlanish mexanizmlarini o‘rganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir.
Fanning paydo bo‘lishi kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo‘lgan. Taraqqiyot davom etishi asosida qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgaliqda, goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo‘ldi. Elinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolomey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki tizimlar yaratildi. O‘rta asrlarda fan rivojiga Shark va O‘rta Osiyo olimlari ulkan hissa qo‘shdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e’tibor berdilar. Shuningdek, ular fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar.
O‘rta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanni yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy matematika, asronomiya, mexanika, tarix, geografiya kabi sohalarda mustahkam poydevor yaratdi. Bugungi kundagi algoritm termini ham ulug‘ olim Muhammad Muso Al-Xorazmiy nomi bilan bevosita bog‘likdir. Axmad Mirvaziy esa o‘sha paytdagi trigonometriya fani rivojiga katga hissa qo‘shdi. Abu Nasr Forobiy falsafiy fikrlarni rivojlantirdi, komil inson tarbiyasiga katta e’tibor berdi. "Fozil odamlar shahri" asari orqali yaxshilik haqidagi ta’limotlarni tizimlashtirdi, musiqaning matematik nazariyasini yaratdi.
Hamid Xo‘jandiy, Umar Xayyomlar kub tenglamalar nazariyasini yanada rivojlantirdi. Mahmud Qoshg‘ariy o‘z davrining qomusiy olimi edi. U "Devoni lug‘ati turk" asarini yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham qomusiy ilmlar sohibi bo‘lgan. U geodeziya, mineralogiya, farmokologiya, kimyo, tarix va shu kabi ko‘pgina fanlar bilan shug‘ullandi va ular rivojiga munosib hissa ko‘shdi. Abu Ali ibn Sinoning tibbiy ilmi bo‘yicha ta’limoti dunyoga mashxur bo‘ldi va meditsina termini ham ulug‘ olim nomidan kelib chiqqan. Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, G‘iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiylar sonlar nazariyasini yanada mukammallashtirdi, falakiyot ilmini rivojlantirib, Mirzo Ulug‘bek munajjimlar xudosi Uroniya yoshdan joy oldi. Mirzo Ulug‘bek va Al-Farg‘oniylar nomiga ikkita yulduz qo‘yilishi Vatandosh olimlarimizni Yer kurrasidan tortib, to Samogacha ma’lum va mashxur qildi. Bo‘lar orkali esa o‘zbek xalqi ham dunyoga mashhur bo‘ldi.
Umuman olganda "Xalqimiz o‘zining ko‘hna tarixida Uyg‘onish davri" ning turli shakllarini ko‘rgan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino va boshqa o‘nlab ulug‘ bobokolonlarimiz nomi bilan bog‘liq bo‘lgan IX-XI asr "Uyg‘onish davri" Turon zamin xalqlari tarixidagi birinchi Renessans hodisasi bo‘ldi.
Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar nomi bilan bog‘lik bo‘lgan, qariyb 500 yillik davr turkiylar hayotidagi ikkinchi Uyg‘onish davri, milliy tiklanish, milliy taraqqiyot pallasi bo‘lib tarixda abadiy qoldi. Bu ikkinchi Renessans hodisasi jahon fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni oliymaqom darajada o‘ziga mujassam etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk voqelikdir.
XX asrning o‘rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inkiloblarning xarakteri o‘zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inkiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg‘unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40-yillarning oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o‘zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 -yillardagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko‘prog‘ini tashkil etdi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o‘sish foizi aholining o‘sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini boshqarish lozimligini ta’kidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal tashkillishtirish va boshqarishga bog‘liq.
Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish, ob’ektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish masalalariga kirdi.
O‘rta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar ilm-fanni rivojida muhim rol o‘ynadi. O‘rta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda diniy va dunyoviy bilimlar, chunonchi hadis ilmi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, tibbiyot,
geografiya va shu kabi fanlarga baravariga e’tibor berildi. Ma’mun akademiyasi bu boradagi fikrimiz dalillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu hakda mazkur ishning akademiya kismida batafsil to‘xtalamiz.
Bu borada nafaqat olimlarimiz ilm-ma’rifatni tarkatishga jonbozlik ko‘rsatgan, balki davlat rahbarlarimiz ham bu sohaga homiylik kilib ilm-fan ravnaqiga katta hissa ko‘shgan. Jumladan. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar ilmiy markazlar tashkil etib, ularga iqtidorli olimlarni to‘plaganlar hamda yozma manbalar bilan ularni ta’minlaganlar.
Fanning rivojlanishi uchun imkon yaratish va uni maqsadli boshqarish jamiyat tarakkiyotiga samarali ta’sirni ta’minlash demakdir. Ilmiy muassasalarni bir joyga jamlash va markazlashtirish umummilliy hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar, ilmiy markazlarning tashkil bo‘lishiga olib keldi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo‘yicha ilmiy muassasalar tashkil bo‘la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo‘nalishlari yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, biomed, kibernetika, texnika kibernetikasi), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nomlarni olgan fan yo‘nalishlaridir. Bo‘larning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katga rol o‘ynadi. Jumladan, ona vatanimizda kadimdan matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg‘onish davrlari, ya’ni Sharq ma’daniy yuksalishining "Oltin davri" deb atalgan bo‘lsa, bugungi kunda ham o‘z ma’lum va mashxurligini yo‘qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar ko‘lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo‘yicha "Toshkent maktabi" deb nom olgan ilmiy yo‘nalish dunyoga mashxur. Yadro fizikasi va geofgoika, geliotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo‘jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganiq va fizik kimyo, o‘simlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi ko‘plab tabiiy va sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botaniqa va seleksiya, zoologiya va meditsina, bioximiya, biofizika va geoximiya, geologiya va seysmologiya yirik muvaffaqiyatlarga erishdi.
Filosofiya va huquq, til va adabiyot, tarix va sharqshunoslik sohalarida ham yirik ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi chorak asr davomidagi ilmiy - texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida ko‘pgina, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo‘lgan qonunlar, nazariyalar va gapotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo‘lamiz. Fanlarning o‘zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo‘la boshladi. Bular esa o‘z navbatida texnika taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa,
hozirgi davrda xalq xo‘jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan va texnika yutuqlarini o‘z navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslariga qo‘yilgan talablardan biridir.
Fan va texnika ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlarni va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, buni o‘rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Texnika tufayli inson atrof - muhit bilan faol hamkorlikda bo‘ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fan va texnika misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan «Kibernetika» nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo‘ldi. O‘tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo‘lmish kompyuterlarning o‘nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo‘lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan kompyuterlarning turli ko‘rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini - kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko‘plab
kompyuterlar zarur.
Demak, bitta kompyuter bir kishi umr bo‘yi bajaradigan hisobni bir soatda bajarishi mumkin.
Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va boshka bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko‘pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularda hisoblash texnikasini keng qo‘lamda qo‘llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fizika, matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirgan kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo‘llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko‘maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashi tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni saqlay olish xalq xo‘jaligini rejalashtirish va boshqarish uchun kerak bo‘lgan ixtiyoriy hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Turli xil jarayonlarni har tomonlama o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operatsiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarini modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Tezkor hisoblash texnikasiga bo‘lgan keskin talab, ayniqsa, ikkinchi jahon urishining oxirida Angliya va AQShning havo raketalariga qarshi mudofaa tashkil etishiga olib keldi. Bu esa XX asrning 40-50- yillarida ayrim jarayonlarni tez boshqarish talabi bilan inson imkoni orasidagi integratsiyaning yaqqol misolidir. Bu borada fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi qator tez o‘tuvchi jarayonlarni samarali boshqarishni insonning psixofiziologik imkoniyatlari ta’min eta olmay qolgan edi. Insonni ishlab chiqarishning ayrim sohalarida tezkor texnikaviy qurilmalar bilan almashtirish taqozo etilgan edi. Avtomatlashtirishning eng yuqori pog‘onasi faqat jismoniy emas, balki aqliy mehnatni yengillashtirish va avtomatlashtirishga qobil bo‘lgan tamoyil yangi texnikaviy tizimni talab etar edi. Shu boisdan ham ilmiy tadqikot laboratoriyalarida olimlarimiz tomonidan fanning yangi-yangi sohalari kashf etilmoqda. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir.
Ma’lumki, hozirgi fanda odam miyasining "modeli" mavjuddir. Bu modellar yordamida aqliy faoliyatning ayrim turlari belgilangan. Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirib «Sun’iy odam» yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan-texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo‘lishi hozirgi davr taqozosi.
Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo‘lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, «Internet» tarmog‘iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va h.k.
Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo‘lmish "XXI asr-intellektual asr"ining faol ishtirokchisi bo‘lish uchun ular mazkur davrning ta’lim-tarbiya sivilizatsiyasining faol ishtirokchisi bo‘lmog‘i lozim.
Umuman olganda, insoniyat aqliy faoliyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular hayoti axborot bilan chambarchas bog‘liq, ya’ni insonning har bir harakati axborot olish, uzatish, undan foydalanish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat, desak xato bo‘lmaydi. Shuning uchun ham intellektual asrni axborot sivilizatsiyasi asri, deb ham atalmoqda. Ma’lumki, bunda ta’lim-tarbiya sivilizatsiyasi talablariga javob beruvchi intellectual avlodni shakllantirishni ta’lim-tarbiyada innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llash orqaligina amalga oshirish mumkin.
Xulosa qiladigan bo’lsak, XXI asrga mos intellektual avlodni shakllantirish mutaxassis olimlarimiz oldiga qator muammolar yechimini topishdek muhim vazifalarni qo‘yar ekan quyidagilarga amal qilamiz:
• ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmuasi;
• fan - bu dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar majmuasidir;
• uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod muntazam ravishda ilmiy-texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim.


Download 325.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling