Zamira is'hoqova mustaqil isii qanday yozilam


Mustaqil ish yozish qoidalari


Download 123.92 Kb.
bet4/23
Sana16.11.2023
Hajmi123.92 Kb.
#1781966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Zamira is\'hoqova mustaqil isii qanday yozilam-fayllar.org

Mustaqil ish yozish qoidalari

Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida falsafaning o‘rni va mavqei- ni inobatga olsak, mustaqil ish talabalarga mazkur fan bo‘yicha turli adabiy manbalarni (monografiya, davriy nashrlardagi ilmiy


maqolalar va shu kabilar) o‘rganish qobiliyatini takomil[ashtiris1i va ularning natijalari asosida tanqidiy yondashgan holda mustaqil hamda topqirlik bilan materialning mazmun-mohiyatini ifoda etish, ishonchli xulosa va takliflar qilish, yozma ko‘rinishdagi ishlami to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikma1arini rivojlan tirishlarida bemin- nat yordam beradi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Vatan va jahon madaniyati, falsafa fani rivojidagi hissasi, o‘mi, borliqning mazmun-mohiyati, maqsadi va qonuniyatlarini ijtimoiy taraqqiyot bosqichlari va sivilizatsiya konsepsiyalari, insonning mohiyati, ong hamda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy, axloqiy qadri- yatlar, umumfalsafiy uslub va tamoyillar, dialektika, sinergetika, harakat va rivojlanish, makon va zamon haqidagi ta’1imotlami har tomonlama o‘rganishlarida mustaqil ishning ahamiyati bcqiyosdir.
Mustaqil ish oddiy tarzda matcriallarni iste’foda etish, bir yoki bir nechta manbalardagi materiallardan ko‘r-ko‘ rona ko‘chirish de- gani emas. Mustaqil ishda muallif tomonidan adabiyotni o‘rganish orqali o‘z fikrlari, qarashlari, xiilosa va taklifiari aniq tarzda ifoda etilishi lozim.
Mustaqil ish matni quyidagilarni qamrab oladi: bajarilgan ish- ning mohiyati va tadqiqot usulini i fodalovchi asosiy qism; mustaqil ishning asosiy qismini ochib beruvchi aniq ma’lumotlar; qisqa va aniq xulosa.
Mustaqil ish yozish uchun avvalo mavzu belgilab olinadi. Mavzu
  • ilmiy masala bo‘lib, ko‘plab tadqiqot masalalariga bo‘linadi. Mavzuni tanlash talabadan katta mas’uliyat talab etadi. Mavzu bir necha bosqichda o‘z yechimini topadi:


I bosqicb. Muammo ifoda etiladi, ya’ni reja tuziladi. Reja — eng qisqa yozma matn bo‘1ib, fikrlar ketma-ketligini o‘zida mujassam etadi va umumlashtiradi. Reja matn mazmunini ochib berish bi- lan birga manba mazmunini xotirada tiklaydi. Shuningdek, reja konspekt va tezis o‘rnini bosadi hamda har xil turdagi yozishmalar, ma’ruza, xabarnoma, hisobot tuzishga yordam beradi.


Reja amaldagi yozmani yaxshilaydi va o‘z-o‘zini nazorat qilishni tezlashtiradi, e’tiborning bir nuqtada bo‘lishligiga va mashg‘ulot1ar-
ni rag‘batlantirishga imkon beradi. Reja orqali o‘rganilgan matn- ning xotirada paydo bo‘1ishida zamin yaratiladi. Reja mavzuga tc- gishli yo‘nalish berishi bilan ahamiyatlidir. Puxta o‘ylab chiqilgan, har bir qismi tanlab olingan material bilan ta’minlangan reja — mus- taqil ishni niuvaffaqiyatli yozishning muhim asosidir.


    1. bosqich. Muammo yoritib beriladi. Buning uchun ilmiy ada- biyotning kerakli qismlari konspektlashtiriladi. Konspekt degai- da reja, ko’chirib olingan matn va tezislarni birlashtirish tushuni- ladi. Konspekt ifodaning ichki mantiqini ko‘rsatadi hamda asosiy xulosa, faktlar, isbotlar, uslublami o‘zida mujassam etadi. Shu- ningdek, konspekt talabaning materialga bo‘lgan munosabatini ‹iks ettiradi. Bunda rejali konspekt tuzish maqsadga muvofiq.

Dastlabki reja yordamida tuzilgan konspekt rejaning har bir qismiga mos kcladi. Konspcktdan taqat talaba emas, balki boshqa kitobxon ham foydalanishi mumkin. Konspektdan mustaqil ish uchun foydalanilayotganda qaytariq, ortiqcha iqtibos (sitata) keltirish, mantiqqa mos kelmaydigan so‘z va iboralami iste foda etish ma’qul emas.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling