Zamonaviy aktlardan maktablarda foydalanish-davr talabi
Download 187.93 Kb.
|
Zamonaviy AKTlardan maktablarda foydalanish
Zamonaviy AKTlardan maktablarda foydalanish-davr talabi Joriy yilning 16 oktabr kuni viloyat XTXQTUMO hududiy markazida “Aniq va tabiiy fanlar ta’limi metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan rejaga muvofiq “O’rta umumiy ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning muammolari” mavzusida viliyat miqyosida ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi. Seminarda viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan informatika o’qituvchilari hamda asosan kafedra o’qituvchilari ishtirok etdilar. Seminarni hududiy markaz direktori N.G.Dilova kirish so’zi bilan ochib berdilar va seminar ishiga muvaffaqiyatlar tiladilar. Seminarda aksariyat mavzular IAT faniningg maktablarda o’qitilish dolzarb muammolariga qaratilgan bo’lib, mavjud holatlar atroflicha tahlil qilingan. Qatnashuvchilardan Z.Z.Bakayev, U.Aslonov, N.Botirova, Z.Boltayeva, Sh.Turdiyeva, T.Avezov, H.Gulmatova, N.Kamolova, Sh.Bakayeva, G.Z.Bakayeva kabi ma’ruzachilar dolzarb mavzularni va muammolarni o’rganishga harakat qilishgan. Seminar do’stona vaziyatda va samarali o’tdi, deb hisoblash mumkin. Bu kabi seminarlar viloyat xalq ta’limi sohasida ma’lum samarali natijalar beradi, deb umid qilib qolamiz. T.O.Avezov, “Aniq va tabiiy fanlar ta’limi metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi Download 187.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling