Zamonaviy avtomobillarning differensiali mundarija


Asosiy uzatmaning konstruksiyasi


Download 451.41 Kb.
bet12/13
Sana21.06.2023
Hajmi451.41 Kb.
#1644301
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shablon

Asosiy uzatmaning konstruksiyasi
Gipoidli asosiy uzatma. Bunday uzatmalar, dvigateli oldida va yetakchi ko‘prigi orqadajoylashgan barcha yengil avtomobillarda, shuningdek, ayrim yuk avtomobillarida («NQR 71 PL», «MAN» va «ISUZU» avtobuslarida) qo‘llaniladi. Misol tariqasida «Damas» avtomobilining asosiy uzatmasini ko‘ramiz. Uzatish soni 5,125 bo‘lgan bunday uzatmada val bilan birga yasalgan yetakchi tishli g‘ildirakning o‘qi yetaklanuvchi g‘ildirakning o‘qiga nisbatan 31,75 mm pastroq siljitilgan.
Yetakchi tishli g‘ildirakning vali uzatma karterida ikkita konus­simon rolikli podshipniklarda ohnatilgan. Podshipniklaming orali- g‘iga keruvchi vtulka ohnatilgan. Keruvchi vtulkaning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uzatmani yig‘ish vaqtida podshipniklami gayka bilan tortilganda, ma’lum elastiklik xususiyatiga ega bo‘lgan keruvchi vtulka, o‘rta qismida tashqi diametri tomon deformatsiya- lanadi. Buning natijasida podshipniklaming doimo ma’lum darajada tig‘iz holda qisilib turishi ta’minlanadi va valning o‘q bo‘ylab siljishiga imkon bermaydi.
Yetaklanuvchi tishli g‘ildirak differensial qutisiga boltlar bilan biriktirilgan. Differensial qutisi esa ikkita konussimon rolikli podshipniklarda uzatma karteriga qopqoqlar yordamida boltlar bilan mahkamlangan. Bu rolikli podshipniklaming dastlabki tig‘izligini gaykalar bilan rostlanadi. Yetakchi tishli g‘ildirakning yetakla- nuvchiga nisbatan to‘g‘ri turish holati rostlovchi halqa bilan baja- riladi. Yig‘ilgan asosiy uzatma karteri bilan birgalikda yetakchi ko‘prikning karteriga ohnatiladi va boltlar bilan qotiriladi.
Silindrik asosiy uzatma. Bunday uzatmalar dvigateli ko‘ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda qo‘llaniladi. 1.160-rasm, e da «Nexia» avtomobili asosiy uzatmasining chizmasi ko‘rsatilgan. Uzatmalar soni 3,94 bo‘lgan bir juft qiya tishli g‘ildiraklardan tashkil topgan asosiy uzatma, uzatmalar qutisi va hashish muftasi bilan birgalikda umumiy karterdajoylashtirilgan. Uzatmaning tishli kichik g‘ildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi vali bilan birgalikda yaxlit ishlanib, karterda bir tomonda silindrik rolikli va ikkinchi tomonda zoldirli podshipniklarda ohnatilgan.
Uzatmaning tishli katta g‘ildiragi differensial qutisiga boltlar bilan qotirilgan. Differensial qutisi, konussimon rolikli podshipnik­larda bir tomoni bilan hashish muftasi karteriga, ikkinchi tomoni bilan esa uzatmalar qutisi karteriga o‘matilgan. Bu podshipniklar qiya tishli g‘ildiraklar ilashishidan vujudga keladigan o‘q bo‘ylab yo‘nalgan kuchni o‘ziga qabul qiladi.
Qo‘shaloq asosiy uzatmalar yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan avtomobillarda uzatiladigan burovchi momentni oshirish uchun qo‘llaniladi.
Differensial asosiy uzatmadan avtomobilning yarimo‘qlariga burovchi moment uzatish uchun xizmat qiladi. Burilishlarda, notekis yohlarda, g‘ildiraklarning yo‘l qoplamasi bilan ilashishi turlicha bohganda g‘ildiraklaming turlicha aylanishlar soni bilan aylanishini ta’minlaydi. Masalan, bir g‘ildirak qattiq joyga, ikkinchi g‘ildirak yumshoqjoyga to‘g‘ri kelib qolib, shataksiraganda shunday bohadi.
Avtomobillarda shesternali konussimon differensiallar (11-rasm) qohlaniladi. Ular quyidagilardan iborat:



11-rasm.
Shestemali konussimon differensial qutisi: 7—yarimo‘qli shesternalar; 2—differensial qutisi; d—asosiy uzatmaning yetaklanuvchi shesternasi; V—satellit; 5—krestovina.

  • differensial qutisi;

  • bosh uzatmaning yetaklanuvchi shesternasi.

Avtomobil tekis yo‘lda harakatlanganda va yetakchi g‘ildiraklari bir xil yo‘lni bosib o‘tganda satellitlar krestovina bilan birga hara- katlanib, o‘z o‘qlari atrofida aylanmaydi. Ulaming tishlari shes- temaning har ikki yarimo‘qini tutib turadi va ulami bir xil tezlikda aylantiradi. Yetakchi g‘ildiraklardan bin noqulay yo‘ldan yurib, katta qarshilikka uchrasa, satellitlar krestovina bilan birga aylanib, o‘z harakatini sekinlashtirgan yarimo‘qli shesternada dumalay boshlaydi.
Yo‘lsiz joylarda avtomobilning o‘tuvchanligini oshirish uchun majburiy blokirovkalanuvchi differensial yoki o‘z-o‘zidan blokirov- kalanuvchi differensial qo‘llaniladi. Blokirovkani ulash paytida differensialning yetakchi elementi (korpusi) tishli mufta orqali yarimo‘qli shestema bilan qattiq birikadi, shunda yo‘l qanday- ligidan qat’i nazar, g‘ildiraklarning bir xil burchak tezligida aylanishi ta’minlanadi.
Yarimo ‘qlar differensialdan burovchi momentni avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga uzatish uchun xizmat qiladi. Yarimo‘qlarga to‘g‘ri keladigan eguvchi yuklamaga qarab, yarimo‘qlar to‘liq yuksizlantirilgan va qisman yuksizlantirilgan xillarga ajratiladi (12 va 13-rasmlar).
To‘liq yuksizlantirilgan yarimo‘qlar ko‘prik ichiga erkin o‘matiladi, g‘ildirak gupchagi esa yarimo‘q flanesiga qattiq birik- tiriladi. Bunday yarimo‘qlar yuk ko‘taruvchanligi o‘rtacha va katta bo‘lgan avtomobillar hamda avtobuslarda qo‘llaniladi.

12-rasm. To‘la yuksizlantirilgan yarimo‘q.

13-rasm. Yarimyuksizlantirilgan yarimo‘q.
Qisman yuksizlantirilgan yarimo‘qlar ko‘prik to‘sini ichida joylashgan podshipnikka tiraladi, g‘ildirak gupchagi esa yarimo‘q flanesiga qattiq mahkamlanadi. Bunday yarimo‘qlar yuk ko‘taruv- chanligi kichik bo‘lgan yuk avtomobillari va yengil avtomobillaming orqa yetakchi ko‘priklarida ishlatiladi.
G‘ildirakli uzatmalar yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan avtomobillaming ba’zi rusumlarida yetakchi ko‘prik mexanizmlariga to‘g‘ri keladigan yuklami kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Bunday uzatmalar sifatida planetar mexanizmlardan foydalaniladi, ularda burovchi moment satellitlar orqali yarimo‘qning markaziy (quyosh) shesternasidan gupchakning toj shestemasiga uzatiladi. Bunday uzatmalarda burovchi moment satellitlar orqali uch oqimga taqsimlanadi va g‘ildirak gupchagida jamlanadi, shuning uchun ulaming yuklanishga va yeyilishga chidamliligi yuqori bo‘ladi.

XULOSA
Ushbu malakaviy amaliyot mobaynida o’zimga berilgan shaxsiy topshiriq yuzasidan juda ko’lab ma’lumotlar to’pladim. Transmissiyaning Differensiali va asosiy uzatmaning tuzilishi va ularning ishlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar oldik. Ushbu kardanli va asosiy uzatmalarning detallari va agregatlarini ishlashi va nima sabalarga ko’ra ishdan chiqishini bilib oldik. Amaliyot davomida bizga amaliyot rahbarimiz umuman barcha avtomobil detallaridan to’g’ri oqilona foydalanish ularni uzoq muddat xizmat qilishiga olib kelishi haqida ko’p marotaba tushintirish ishlari olib bordi. Umumiy qilib aytadigan bo’lsam amaliyot davomida men avtomobil haqidagi nazariy bilimlarimni amaliyotda tatbiq etishga musharaf bo’ldim va shu zaylda yanada ko’proq ma’lumotlar egasi bo’ldim.


Download 451.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling