Zamonaviy avtomobillarning differensiali mundarija


Download 451.41 Kb.
bet11/13
Sana21.06.2023
Hajmi451.41 Kb.
#1644301
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shablon

Shu sababli gipoidli uzatmalar shovqinsiz ishlaydi va uzoqqa chidaydi. Gipoid shesternyalar o‘q1arining siljishi yengil avtomo- billarning yo‘l tirqishini kamaytirishga imkon beradi va shu bilan birga uning turg‘un1igini oshiradi. Buning uchun yetakchi shesternya o‘qi yetaklanuvchi shesternyalar o‘q- lariga nisbatan pastga siljitiladi. Shesternyalarning qarama- qarshi joylashtirilishi yuk avtomobillarining yo‘l tirqishini oshirishga olib keladi.


Ikki juft shesternya qo‘sha1oq bosh uzatmani tashkil qiladi. Konus shesternyalar spiral yoki ulardan biri (kar- dan va1 tomondagisi) gipoidli qilib ishlanadi, silindrik shesternyalarning tishi qiya yoki shevron bo‘1adi. Qo‘sha- loq bosh uzatmalarning ikkala juft shesternyasi umumiy karterga joylashgan bo‘1sa, u markaziy deb ham ataladi. Qo‘shaloq bosh uzatmaning ikkinchi juft shesternyasi har bir yetakchi g‘i1dirak yuritmasiga o‘rnati1gan bo‘1sa, u tarqoq deb ham ataladi.

DIFFERENSIAL VA YARIMO‘QLAR
Zamonaviy avtomobillarda o‘lchamlari va massasi nisbatan katta bo‘lmagan, tezyurarligi hisobiga yuqori quwat hosil qiladigan dvigatellar qo‘llanilmoqda. Biroq, shunga qaramay, bu dvigatellar vallarida hosil bo‘ladigan burovchi moment (agar bu momentni o‘zgartirmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning turli yo‘l sharoitlarida yura olishiga yetarli emas.
Avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g‘ildirak- laridagi burovchi momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishi yuqorida aytib o‘tilgan. Lekin avtomobil ish mobaynida ko‘p vaqt nisbatan katta tezlik bilan to‘g‘ri uzatmada harakatlanadi. Demak, to‘g‘ri uzatmada, dvigatel validagi burovchi moment o‘zgarmasdan, ya’ni avtomobilning yura olishga yetarli bo‘lmagan holda yetakchi g‘ildiraklarga uzatilgan bo‘lar edi. Shu sababli, avtomobilning yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi mo- mentni (aylanishlar chastotasini kamaytirish hisobiga) zarur miqdorga oshirish uchun transmissiyaga asosiy uzatma kiritiladi.
Asosiy uzatma tishli g‘ildiraklarining yetakchisi kichik diametrli, yetaklanuvchisi esa katta diametrli qilib yasalgani uchun yarim- o‘qlaming aylanishlar chastotasi (uzatish soniga qarab) kardan valning aylanishlar chastotasiga qaraganda kam bo‘ladi. Yarim- o‘qlarning va u bilan bog‘liq bo‘lgan yetakchi g‘ildiraklaming ayla­nishlar chastotasi kardan val aylanishlar chastotasiga nisbatan qancha kam bo‘lsa, ulardagi burovchi moment shuncha ko‘p bo‘ladi.
Demak, yetakchi g‘ildiraklardagi burovchi momentning kardan valnikiga nisbatan ortishi asosiy uzatmaning uzatish soniga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy uzatmaning uzatish soni, asosan, dvigatelning quwatiga va tezyurarligiga, shuningdek, avtomobilning og‘irligi va qanday ishga mo‘ljallanganligiga bog‘liq bo‘lib, u yuk avtomobillarida 6,5—9,0, yengil avtomobillarda esa 3,5—5,5 oralig‘ida bo‘ladi.
Asosiy uzatmalar, ilashishdagi tishli g‘ildiraklaming soniga qarab yakka yoki qo‘shaloq bo‘lishi mumkin. Yakka uzatma birjuft tishli g‘ildirakdan, qo‘shaloq uzatma esa ikki juft tishli g‘ildiraklardan iborat. Yakka uzatmalar, o‘z navbatida, silindrik, konussimon, gipoidli yoki chervyakli bo‘lishi mumkin (9-rasm).

9-rasm. Yakka asosiy uzatmalar chizmasi:
a) konussimon; Л) gipoidli; d) chervyakli; e) silindrik; /—uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali; 2—asosiy uzatmaning silindrik shesternasi;
5—asosiy uzatmaning silindrik tishli shesternasi; V—diflerensial;
5—g‘ildirakning yuritma vali.
Qo‘shaloq uzatmalar esa, odatda, bir juft konussimon va bir juft silindrik tishli g‘ildiraklardan tashkil topib, ular, o‘z navbatida, ko‘prik o‘rtasida yaxlit joylashgan—markaziy uzatma (10-rasm, a) yoki ikki qismga bo‘lingan, ajratilgan uzatma (1.161-rasm, b) bo‘lishi mumkin. Yakka uzatmalar ko‘pincha yengil yoki o‘rta yuk avtomobillarida qo‘llaniladi.
10-rasm. Qo‘shaloq asosiy uzatmalaming turlari:
a) yaxlit joylashgan markaziy
uzatma; b) ikki qismga bo‘lin-
gan — ajratilgan uzatma;
/—silindrik g'ildirak uzatma;
2—konussimon; Я—yerdan asosiy uzatmagacha bo'lgan
masofa; A—o‘qlar orasidagi masofa.
Dvigateli oldida va yetakchi ko‘prigi orqada joylashgan kom- panovkali avtomobillarda konusli yoki gipoidli uzatmalar ishlatiladi. Kompanovkasi old yuritmali bo‘lgan yengil avtomobillarda («Nexia», «Tiko», «Matiz», «Lacetti») silindrik uzatmalar qo‘llanilmoqda.
Konussimon asosiy uzatmaning ishlashidagi o‘ziga xos xusu- siyatlari (1.160-rasm, a) val tayanchlariga o‘zaro perpendikular bo‘lgan uch yuzada katta kuchlarning ta’sir etishidir. Bu kuchlar ta’sirida tishli g‘ildiraklarning vallari o‘qi bo‘ylab siljishga intiladi. Bundan tashqari, yetakchi tishli g‘ildiraklaming tayanch podship- niklari valning bir tomonida joylashganligi, uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning notekis taqsimlanishiga, bu esa qo‘shimcha dinamik kuchlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Konussimon asosiy uzatmaning uzoq muddat ishlashi uchun tishlarning boshlang‘ich konus uchlari (вершина) «О» nuqtada bo‘lgan holda ularning ilashishi talab etilgan aniqlikda bo‘lishi shart. Boshlang‘ich konus uchlarining siljishi uzatmaning ishlash sharoi- tini tez yomonlashtirib yeyilishini tezlashtiradi va shovqinini oshiradi. Tishli g‘ildiraklarning aniq ilashishini, shuning bilan, ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ularning podshipniklari oldindan tig‘izlab o‘matiladi va karterining bikrligi oshiriladi.
Bundan tashqari, o‘tuvchanligi yuqori bo‘lgan yengil avtomo­billarda, shuningdek, yuk avtomobillarida qo‘llanilgan konussimon yoki gipoidli uzatmalarda, katta yuklanishda ishlaganda, ila- shishning aniqligini saqlash maqsadida yetakchi tishli g‘ildirak valiga va yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka qo‘shimcha tayanchlar ishlanadi.
Gipoidli asosiy uzatmada yetakchi va yetaklanuvchi tishli g‘ildi- raklarning o‘qlari o‘zaro kesishmay, bir-biriga nisbatan ma’lum masofaga (e) siljitilgan (10-rasm, b). O‘qlarining bir-biriga nis­batan bundayjoylanishi kardanli uzatmaning orqa uchini pastroq tushiradi, bu esa, o‘z navbatida, avtomobilning og‘irlik markazini pasaytirib, uning turg‘unligini oshiradi. Bundan tashqari, gipoidli uzatmada tishlaming spiral burchagi katta bo‘lgani uchun, ularning uzunligi ham katta bo‘lib, bir vaqtda ilashib turgan tishlaming soni konussimonlikka qaraganda ko‘p bo‘lib, ilashib turgan tishlar- ning har biriga to‘g‘ri keladigan yukni kamaytiradi.
Uzatish soni va yetaklanuvchi tishli g‘ildirak diametri bir xil bo‘lgan, ikki xil uzatmalar taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli g‘ildirakning diametri konussimon uzatmadagi yetakchi tishli g‘ildiraknikiga qaraganda kattaroq, ya’ni bikrligi yuqoriroq bo‘ladi. Bularning barchasi gipoidli uzatmaning afzalligi hisoblanib, uning mustahkamligini va uzoq muddat ishonchli, shovqinsiz, ravon ishlashini ta’minlaydi.
Uzatmaning kamchiliklari: g‘ildirak tishlarining spiral burchagi katta bo‘lganligi tufayli tish sirtlari o‘zaro sirpanib ishlaydi, natijada ular nisbatan tez yeyiladi. Yeyilishning oldini olish uchun sirpanib ishlayotgan tish sirtlarida mustahkam moy qatlami hosil qiladigan maxsus gipoid moyidan foydalanish kerak. Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli g‘ildiraklarini tayyorlash nisbatan qiyin, ularni yig‘ishdagi aniqlik darajasi yuqori, chunki kichik noaniqlikning ta’siri tez seziladi. Lekin, shunga qaramay, bu kamchiliklar gipoidli uzatmaning afzalliklariga hech qanday zarar yetkazmaydi.
Silindrik asosiy uzatma, dvigateli ko‘ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillar («Nexia», «Tiko», «Matiz», «Lacetti», «Cobalt»)da qo‘llaniladi. Bunday uzatma, uzatmalar qutisi va ilashish muftasi bilan birgalikda umumiy hisoblangan karterda joylashtiriladi. Uzatmaning yetakchi tishli g‘ildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi valining orqa uchiga mahkamlanadi yoki u bilan birgalikda yaxlit ishlanadi. Uzatmaning shovqinsiz ishlashini ta’minlash maqsadida ko‘pincha g‘ildiraklar qiya tishli bo‘ladi va uning uzatish soni 3,5—4,2 oralig‘ida tanlanadi.
Juft g‘ildirakning ravon ishlashi uchun yetakchi g‘ildirakning tishlar soni o‘ntadan kam olinmaydi. Aks holda, ya’ni uzatishlar soni katta bo‘lganda yetaklanuvchi tishli g‘ildirakning o‘lchamlari kattalashib, uzatma karteri bilan yo‘l orasidagi masofa kichiklashadi, ishlashida shovqin ortadi. Silindrikjuftlikning FIK 0,98 dan kam emas.
Ko‘prik o‘rtasida yaxlit joylashgan markaziy qo‘shaloq asosiy uzatmalar (10-rasm, a) katta va ayrim o‘rta yuk avtomobillarida («КамАЗ-5320») qo‘llaniladi. Bunday uzatmalar bir juft konus- simon va bir juft silindrik tishli g‘ildiraklardan tashkil topib, avtomobil yetakchi ko‘prigining o‘rta qismida kartergajoylashtiriladi.
Ikki qismga ajratilgan asosiy uzatmalar (10-rasm, b), asosan, katta yuk avtomobillarida, shuningdek, katta uzunlikka ega avtobus- larda («Mersedes-Benz»), shuningdek, ayrim yengil o‘tag‘on avtomobillarda qo‘llaniladi. Asosiy uzatmaning bunday ikki qismga, ya’ni markaziy va g‘ildirak uzatmalarga bo‘linishi yarimo‘qlar bilan differensialga tushadigan yuklami kamaytiradi. Chunki yarimo‘qlar va differensialdan uzatiladigan burovchi momentning qiymati uzatmaning ko‘prik o‘rtasida joylashgan qismi, konussimon juftlikning U=2 uzatish soniga yarasha oshiriladi, xolos.
Burovchi momentning qolgan qiymati g‘ildirak uzatma (7)da kattalashtirildi. Bundan tashqari, ko‘prikning o‘rta qismidagi mar­kaziy uzatma, faqat birjuft tishli g‘ildiraklardan tashkil topganligi uchun ixcham. Bu esa, o‘z navbatida, ko‘prik bilan yo‘l orasidagi masofa (#)ni (klirens) kattalashtirib, avtomobilning yomon yo‘l- larda va yo‘lsizjoylarda o‘tuvchanligini oshiradi.
Chervyakli asosiy uzatmalar tishli g‘ildirakli uzatmalardan o‘zining ixchamligi va shovqinsiz ishlashi bilan farqlanadi. Ammo bu uzatmaning FIK konusli va gipoidli uzatmalarga nisbatan kichik va uni tayyorlashda qimmat metall (bronza) ishlatilganligi sababli avtomobillarda deyarli qo‘llanilmaydi.

Download 451.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling