Zamonaviy avtomobillarning differensiali mundarija


Yetakchi g‘iIdirak vallari


Download 451.41 Kb.
bet4/13
Sana21.06.2023
Hajmi451.41 Kb.
#1644301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shablon

Yetakchi g‘iIdirak vallari. Yetakchi g‘ildirak vali bu- rovchi momentni differensialdan (avtomobil va g‘i1dirak1i traktorlar) yoki burish mexanizmidan (zanjirli traktorlar) yetakchi g‘i1dirakka uzatadi. Yetakchi g‘ildirakni differensial bilan bevosita ulaydigan val yarim o‘q (avtomobillar) deb ataladi. Traktorlarda yetakchi g‘ildirak vali oxirgi uzat- maning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Yarim o‘qlar (yetakchi g‘ildiraklar vallari) qabul qiladigan yuklamasi jihatidan yarim yu klangan, his saga yu kla ngan va yuklanmagan yarim o‘qlarga bo‘linadi.
Yarim yuklangan yarim o qlarda (3) (, a) yetakchi g‘i1dirak gupchagining (1) tashqi uchiga o‘rnati1gan podshipnik (2) yarim o‘qqa tayanch bo‘1ib xizmat qiladi. Yarim o‘q buralishga ishlaydi va avtomobil toyishida yetakchi g‘ildirakda paydo bo‘1gan zo‘riqishni qabul qiladi.
Hissaga yuklangan yarim uqda (3) (1-rasm, b) yetakchi ko‘prik karteri yarim o qining yengiga (4) joylashgan podshipnik (2) yetakchi g‘i1dirak (1) tayanch gupchagi (5) bo‘1ib xizmat qiladi. Yarim o‘q buralishga ishlaydi va yon zo‘riqishni qabul qiladi.
Yuklanmagan yarim o‘qda (3) (1-rasm, v) yetakchi g‘il- dirak (1) gupchagi (5) yetakchi ko‘prik karteri yarim o‘qi yengiga (4) joylashgan va yarim o‘q klanesiga (6) qotirilgan ikki podshipnikka (2) o‘rnatilgan, shu sababli u faqat buralishga ishlaydi.

Oxırgı uzatmalar

Oxirgi uzatmalar bosh uzatmadan traktorning yetakchi g‘ildirak1ariga uzatiladigan burovchi momentni oshiradi. Og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarda oxirgi uzatma vaz ifasini bosh uzat maga qo shaloq qilib kiritilgan shesternyalarning ikkinchi jufti bajaradi.


Oxirgi uzatma doimiy tishlashgan silindrik shesternyali shesternyasimon reduktordan iborat. Shesternya vallari- ning o‘q1ari qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan (planetar uzat- malar) bo‘lishi mumkin. Planetar oxirgi uzatmalar ix- chamligi va mustahkamligi bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi. Ular K-701, T-150K, T-150 traktorlariga, bezA3-540 va hokazo avtomobillariga o‘rnati1adi.
Kinematik sxemalari bo‘yicha bir bosqichli va ikki bosqichli oxirgi uzatmalar mavjud. Bir bosqichli oxirgi uzatmada uzatmalari soni 4-6, ikki bosqichlida esa 8-12 atrofida bo‘1adi. Binobarin, ikki bosqichli oxirgi uzatma- lar transmissiya detallariga beriladigan yuklamani juda kamaytiradi. Bu detallarning ishonchliligini oshiradi.


Download 451.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling