Zamonaviy avtomobillarning ilashish muftasiga txk


Ilashish muftasi yuritmalari


Download 1.77 Mb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1410333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy avtomobillarning ilashish muftasiga TXK

Ilashish muftasi yuritmalari.


Ilashish muftasining boshqarilishini mexanik va gidromexanik yuritmalar. Ilashish muftasining boshqarish yuritmalari mexaniq gidravlik yoki gidromexanik turlariga bo’linadi. Ko’p yuk ko’taruvchi yuk avtomobillarida kuchaytirgichli yuritma ishlatiladi.
Mexanik yuritmalashni muftasi (9.6-chizma, a) pedali qaytaruvchi prujinka 2, pedal valining richagi 6, ishlash muftasining ajratish tortqisi 5, vilka richagi 3, ajratilish vilkasi 7 va ajralish podipard tuzilgan. Bu turdagi yuritma ZIL 130 yuk avtomobiliga o’rnatiladi.





10- chizma ilashish muftasining boshqarish yuritmalari.
a- mexaniq boshqarish yuritmasi; b-gidromexanik boshqarish yuritmasi;


Pedal bosilganda, kuch pedalga valdan ajratish vilkasi 7 ga , tortqi 5, vilka richagi 3 orqali uzatiladi, ajratilgan vilkasi esa kuchni ajratish muftasiga uzatiladi.
Ajratilgan muftasi sharikli podshipnik orqali ajratuvchi richaglar uchlarini itaradi. Natijada richaglarning ikkinchi uchlari siquvchi yetakchi diskni orqaga tortib, yetaklovchi diskni bo’shatadi va ishlash muftasi ajraladi.
Pedal qo’yib yuborilsa, ajratuvchi mufta tortuvchi prujina ta’sirida orqaga qaytariladi. Natijada ajratuvchi richaglar uchiga ta’sir etuvchi kuch yo’qoladi, siqiluvchi yetakchi disk esa prujinalar ta’sirida mahovik tomon surulib, yetaklanuvchi diskni siqadi va ishlash muftasi qo’shiladi, burovchi moment yetaklanuvchi disk orqali o’z uzatmalar qutisining yetakchi valiga o’ta boshlaydi.
Gidromexanik yuritmali ilashish muftasi (9.6-chizma b)asosan yengil avtomoblillarda (GAZ 24, VAZ, Moskvich, Tiko, Damas, Neksiya va GAZ 53A, O’zOtoyo’l) avtomobillariga o’rnatildi.
Pedal bosilganda turtkich ikki asosiy tsilindr 3 dagi porshen 4 ni chapga suradi, shunda tsilindrning teshigi B berkitilib, naycha 11 va ish tsilindri 10 dagi suyuqlik siqiladi. Natijada suyuqlikning bosimi ta’sirida ishchi tsilindrdagi porshen 7 tirgak 8 orqali vilka 9 ni ishga tushiradi.

Avtomobilning ilashmasi uzatmalarning almashlab ulash va avtomobilni o’rnidan jildirish maqsadida dvigatel tirsakli valini uzatmalar qutisidan qisqa vaqtga ajratish hamda ohista ulash uchun xizmat qiladi. Avtomobillarda friktsion turidagi ilashmadan foydalaniladi. Bunday ilashmaning ishi ishqalanish kuchidan foydalanishga asoslangan. Ishqalanuvchi yuza sifatida ishqalanish koeffitsenti yuqori bo’lgan materialdan tayyorlangan disk xizmat qiladi. Uzatilayotgan burovchi momenting kattaligiga qarab turli xil sonli ishqalanuvchi elementlarni qo’llash kerak. Shuning uchun ilashma bir diskli va ikki diskli turlarga ajratiladi.


Bir diskli ilashma.yetakchi disk maxovika biriktirilgan,yetaklanuvchi disk esa uzatmalar qutisiningyetakchi valiga o’tqazilgan. Maxovik bir vaqtning o’zidayetaklovchi disk vazifasini bajaradi.siquvchi disk bilan ilashma g’ilofi orasiga aylana bo’ylab prujinalar joylashtirilgan. Bu prujinalar siquvchi disk bilan maxovik orasidagiyetaklanuvchi diskni siqib turadi. Ular orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi tufayli burovchi moment dvigateldan uzatmalar qutisiningyetakchi valiga uzatiladi.
Bir diskli ilashma rasmda tasvirlangan. Ilashmaningyetakchi qismi g’ilof 18 va siquvchi disk 22 dan tashkil topgan. Dvigateldagi burovchi moment maxovikdan boltlar yordamida maxkamlangan g’ilofga va u orqali siquvchi diskka uzatiladi. Ilashmaningyetaklanuvchi qismi bo’libyetaklanuvchi disk 9 xizmat qiladi. Uning ikki tomoniga halqasimon friktsion ustquymalar 24 parchin mixlar yordamida biriktirilgan.
Dvigatel tirsakli valining burovchi momenti ilashmaga pulslanib uzatilishi natijasida, shuningdek, avtomobil notekis yo’llardan yurganda yoki ilashmani qo’shishda (avtomobilni o’rnidan qo’zg’atishda) uning pedali birdaniga qo’yib yuborilsa, transmissiyada burovchi tebranishlar hosil bo’ladi. Bu esa o’z navbatida tarnsmissiya detallarining, ayniqsa, shesternyalarning va kardanli uzatmaning turtki bilan ilashishiga va natijada ularning tezyeyilishiga sabab bo’ladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ilashmaningyetaklanuvchi diskida burovchi tebranishlarning salbiy ta’sirini kamaytiradigan so’ndirgich qo’yiladi.
11-rasm. Friktsion ilashish muftasining tuzilishi

Uningyetakchi qismi maxovik 3 va u bilan qobiq 1 orqali bevosita yuog’liq bo’lgan siquvchi disk 2 va uning siqilishini va ajralishini boshqarib turuvchi bir qator detallardan tashkil topgan.yetaklanuvchi qismga esa faqatyetaklanuvchi disk 4 kiradi. Bundan tashqari, ilashish muftasi disklarning muttasil qo’shilib turishini ta’minlaydigan siquvchi prujina 6 lardan va ularni ajratuvchi richag 7 lardan iborat.
Boshqarish mexanizmiga esa ajratish muftasi, podshibnigi 8 bilan ajratish vilkasi 9, tortqi 12, pedal va pedalni tortib turuvchi prujina 11 kiradi. Avvalo, pedal 10 bosilmaganda, ilashish muftasi muqim qo’shilgan bo’ladi, chunkiyetaklanuvchi disk 4 siquvchi disk 2 bilan maxovik 3 oralig’ida prujinalar 6 yordamida doimo qisilib turadi. Bu vaziyatda dvigatelning burovchi momenti ilashish muftasiningyetakchi qismi – maxovik va siquvchi biskdanyetaklanuvchi diskka, disklarning ichki sirtida hosil bo’lgan ishqalanish kuchi orqali uzatiladi.
Pedal bosilganda esa ilashish muftasi disklari bir-biridan ajraladi, chunki kuch bilan maxovik tomon surilgan muftali podshipnik 8 yordamida ajratish richaglari 7 ning tashqi uchlarini oldinga suradi, natijada siquvchi disk 2 orqaga tortilib,yetaklanuvchi disk 4 ni,yetaklovchi disklararo ilashishdan bo’shatadi. Bu holda richag 7 qobiq 1 bilan birga aylanadi, shuning uchun unga bevosita kuch uzatuvchi detal o’z o’qi atrofida aylanishi lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ajratuvchi muftaning uchiga podshipnik 8 o’tkaziladi. Odatda ilashish mufta yuritmasi qismiga pedal 10, tortqi 12, prujina 11, vilka 9 va ajratuvchi mufta vazifasini o’tovchi podshipnik 8 kiradi.
Ilashish muftasiyetakchi disklarning soniga qarab, bir, ikki va ko’p diskli, siquvchi prujinalarning turiga va joylashuviga qarab doira bo’ylab joylashgan prujinali yoki bitta markaziy prujinali, shuningdek markaziy diafragma prujinalisi ham bo’ladi. Demak, friktsion turdagi ilashish muftasini qo’shish uchun doira bo’ylab joylashgan bir nechta prujinalarning yoki bitta doira bo’ylab joylashgan bir nechta prujinalarning yoki bitta markaziy prujinaning maxovik tomon yo’nalgan kuchidan foydalaniladi.
Doira bo’ylab joylashgan prujinali, bir diskli, quruq ilashish muftasi avtomobillarda keng tarqalgan. Chunki bunday ilashish muftasi oddiy bo’lib, massasi kichik, ishlatish va tiklash ishlari ancha qulay. Uning quruq deb atalishiga sabab burovchi momentni uzatishda disklarning ishqalanuvchi sirtlari quruq bo’lishi lozim.
Friktsion ilashish muftasini boshqarish mexanik, gidravlik, elektromagnit yuritmali bo’lishi mumkin. Ko’pincha, avtomobillarda mexanik yoki gidravlik turdagi boshqariladigan ilashish muftalari ishlatiladi.
Elektromagnitli uslubda boshqariladigan turi esa ilashish muftasining ishlashini to’la avtomatlashtirish maqsadidayengil avtomobillarda ko’proq qo’llaniladi. Mexanik yuritmali ilashish muftasini boshqarishniyengillashtirish maqsadida kuchaytirgichlar ishlatiladi. Bular ham yuritmasi bo’yicha mexanik (servoprujinali), pnevmatik va vakuumli turlariga bo’linadi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling