Zamonaviy avtomobillarning ilashish muftasiga txk


Gidravlik yuritmali ilashish muftasini tuzilishi va ishlashi


Download 1.77 Mb.
bet7/8
Sana30.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1410333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy avtomobillarning ilashish muftasiga TXK

Gidravlik yuritmali ilashish muftasini tuzilishi va ishlashi.
Gidravlik muftaning ilashish tavsifi gidrodinamik kuchlar hosil etuvchi suyuqlikning kinetik kuchidan foydalanishga asoslangan bo’lib, uyetakchi vayetaklanuvchi qismladan tuzilgan. Gidromuftaga suyuqlik Bilan to’ldirilganyetaklovchi korpus va u Bilan bog’liq bo’lgan nasos g’ildiragi kiradi.yetaklanuvchi qismga esa turbina g’ildiragi kirib, u ilashish muftasiningyetakchi diski Bilan birlashgan. Nasos g’ildiragi dvigatelning tirsakli vali Bilan biriktirilgan bo’lib, turbinali g’ildirak esa uzatmalar qutisining birlamchi vali Bilan tutashgan.
Dvigatelning tirsakli vali aylanishi bilanoq nasos g’ildiragining kurakchalari oralig’idagi suyuqlik harakatga kelib, markazdan qochma kuchlar ta’sirida u nasos kurakchalaridan doira bo’yicha otilib chiqadi va qarshisidagi turbina kurakchalariga uriladi va uning kurakchalariga bosadi hamda o’z kinetik kuchini sarflaydi, natijada uzatmalar qutisining birlamchi valida burovchi moment hosil bo’ladi. SHu tariqa suyuqlikning kurakchalari orasida shiddat Bilan aylana bo’ylab muttasil harakatlanishi hisobiga burovchi moment gidromuftaningyetakchi qismidanyetaklanuvchi qismiga o’tkaziladi.
Gidromuftaning tavsifiga kelsak, nasos turbina kurakchalari charxpalak g’ildiraklariga o’xshash bo’lib, bir qator, ketma-ket joylashgan kurakchalarga ega. g’ildiraklar bir-birining ustiga o’tqazilib, ular orasidaga tirqish 4 mm ni tashkil etadi. g’ildiraklarning bir-biriga qaragan kurakchalari birgalikda suyuqlikning harakatlanishi uchun bir qancha doiraviy tuynuk hosil qiladi. Bunda muftaning tepa qismida, kurakchalarga suyuqlik ta’sir etib, g’ildiraklarni bizdan nariga qarab harakatlantiradi, muftaning pastki qismida esa suyuqlik g’ildiraklarini biz tomon harakatga kelt iradi. Odatda, korpus bo’shlig’ining 85 foiz xajmi suyuqlik Bilan to’ldiriladi.
Gidromuftaning asosiy afzalliklardan biri shuki, u kuch uzatmasida hosil bo’layotgan burama tebranishlarni muntazam ravishda so’ndira boradi, shu tufayli dvigatelning turg’unlanib ishlashini ta’minlab boradi. Bundan tashqari, avtomobilni boshqarishyengillashadi va muttasil tezlana olishiga erishiladi, natijada avtomobilning silkinmasdan joyidan qo’zg’alishi va ravon yurishi yana da yaxshilanadi. Lekin yakka gidromufta vositasida ajratish jarayonini to’liq bajarib bo’lmasligi sababli, avtomobil kuch uzatmasida aralashgan turdagi muftalar ishlatilmoqda. Gidromuftaning avtomobillarda keng tarqalmaganligining asosiy sababi, u qo’yilganda avtomobilning yonilg’i sarfi ortadi, kuch uzatma murakkablashib, umumiy vazni oshadi va ishonchli ishlash darajasi kamayadi.

Xulosa
Ilashish muftasining nosozliklarining kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, uzatmalardan-uzatmaga o‘tishda qotib qolishi ya’ni bir uzatmadan ikkinchi uzatmaga ravon o‘tmasligi hamda yetakchi valdan kelayotgan burovchi moment kuchini yetaklanuvchi valga to‘liq yetkaza olmasligi va shunga o‘xshash qator kamchiliklarni misol qilsa bo‘ladi.


Ilashish muftasining paydo bo‘lgan qator nosozliklarni bartaraf etish uchun ishdan chiqqan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan shesternyalarni, prujinalarni va boshqa ehtiyot qismlarini qayta ta’mirlash yoki almashtirish maqsadga muvofiq.
Ilashish muftasining barcha detal va qismlarini o‘z vaqtida belgilangan tartibda tegishli surkov moylari bilan moylab tursak uning detal va qismlarining uzoq vaqt ishlashini ta’minlaymiz.
Malaka oshirish jarayonida bizga malakali oʻqituvchilar yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib yangi texnologiya innovatsiyalar tarzda dars jarayoni tashkil etdi biz kasb-hunar maktabimizga borib ustozlardan oʻrganilgan yangi texnologiyalar asosida oʻquvchilarga sifatli dars oʻtish uchun bu texnologiyalardan foydalanib darsni tashkil etamiz


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling