Zamonaviy axborot kommunikatsion tеxnologiyasining va ularni amalga oshirish vositalarini juda tеz rivojlanishi axborot jamiyatning shakllanishini oldindan bеlgilab bеradi
Download 4.45 Mb.
|
Elektron pochta xizmatlari.doc1
Tarmoqdagi IP-manzillar.
Domenli manzillar foydalanuvchilarga qulay bo`lishi uchun ixtiro qilingan. Aslida, kompyuterlar o`zaro IP-manzillar bilan ishlashadi. IP-manzil – aynan o`sha domen manzilini o`zi, faqat raqamlar yordamida aks ettirilgan ko’rinishi. IP-manzil namunasi: 213.180.199.11 ga o`xshash bo`ladi. Demak bunday manzil to`rtta raqamdan iborat bo`lib, ular 1 dan 254 gacha bo`lishi mumkin (0 va 255 tarmoq xizmatlari uchun saqlab qo`yilgan). Butun jahon tarmog`ida IP-manzili bo`yicha domen manzilini aniqlash uchun domen nomlarining xizmati – Domain Name Service (DNS) mavjud. DNS serverlari kerakli manzillarni topish uchun maxsus moslashtiruvchi jadvallar yuritishadi. Bu jadvallarda IP-manzilga mos domen manzil saqlanadi. IP-manzilni domen manzilga o`xshab brauzer oynasiga kiritsa, brauzer kerakli sahifani topib, yuklaydi. Ixtiyoriy kompyuterning IP-manzilini topish uchun Windowsning buyruqlar satrini(“Пуск-Выполнить”) ishga tushurib, masalan, quyidagicha topshiriqni kiritsa: ping www.yandex.ru ekranga chiqqan natijada IP-manzilini ko`rish mumkin: Обмен пакетами с www.yandex.ru [213.180.216.200]… 213.180.216.200 raqamlar yandex.ru serverini IP-manzili bo’ladi. IP-manzillar ikki xil bo`lishi mumkin: dinamik (o`zgaruvchan) va statik (o`zgarmas). Oddiy foydalanuvchilarga o`zgaruvchan IP-manzillar beriladi. Ular Internetga ulanishganda provayder o`zining sotib olgan IP-manzillarini tejab ishlatish maqsadida foydalanuvchiga bo`sh IP-manzilini taqdim etadi. Boshqa safar foydalanuvchi Internetga ulanganda, provayderning IP-manzillar to’plamidan yana bo’sh IP-manzili taqdim etiladi va bu avvalgi olgan IP-manzilidan ko’ra boshqacha bo’lishi muqarrar. Statik IP-manzilni ishlatish uchun uni sotib olish kerak. Bu holda kompyuter tarmoqqa ulanganda doimiy, o`zgarmas manzilga ega bo`ladi. Bunday IP-manzillar web sayt yoki web server yaratuvchilar uchun kerak bo`ladi. Xulosa O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi respublikamiz uzluksiz ta`lim tizimining muhim bo`g`ini sifatida rivojlanib, davlat va jamiyatning kadrlarga bo`lgan talabini va shaxsning kasbiy malakasiga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bulung`ur qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejining Informatika va axborotlar texnoligiyasi yo`nalishi bo`yicha bitiruvchisi sifatida “Elektron pochta xizmatidan foydalanish” mavzisidagi bitiruv malakaviy ishimni tayyorlash jarayonida, mehnat bozori talablariga muvofiq o`zgaruvchan iqtisodiy vaziyatlarda amaliy kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarimga asoslanib, diplomoldi bitiruv ishlab chiqarish amaliyoti kunlarimda 15-umumta`lim maktabining faoliyati bilan tanishib, maktabda informatika va axborot texnologiyalaridan ta`lim tarbiya, o`qish jarayonini kuzatishda, kasbiy amaliy bilimlarimni mustahkamlab boyitib oldim. Jamiyatni axborotlashtirish muammosi ta`lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni talab etadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta`lim oluvchilarga yashash joyi, ko`rsatilgan ta`lim xizmati turlaridan qat`iy nazar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalanish, tanlagan mutaxassisligi bo`yicha bilim olish va uni puxta egallashiga imkoniyat yaratib beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tarkibiy bo`g`ini sifatida - Internet yagona tilda muloqot qiluvchi kompyutеrlarning global tarmog`idir. U xalqaro tеlеfon tarmog`iga o`xshash bo`lishiga qaramasdan, xеch kimga monе emas va uni xеch kim to`laligicha boshqarmaydi. Shunga qaramasdan, u shunday bog`langanki, go`yoki u bizga yagona katta tarmoq, bilan ishlagandеk imkon yaratadi. Tarmoqdagi barcha kompyutеrlar TCPG`IP tili dеb nomlangan tarmoq, protokollaridan foydalanadilar va bu til orqali kompyutеrlar o`zaro muloqotda bo`ladilar. TCP (Transmission Control Protocol - uzatishlarni boshqarish protokoli), IP (Internet Protocol-Intеrnеt protokoli). Bular birgalikda standart tilni tashkil etadi va uning yordamida global tarmoq kompyutеrlari ma'lumotlarni almashadilar. Shuning uchun bugungi kunda bi tarmoqdan foydalanuvchilar kompyuter ta`limi dasturlari; matematik modellar; tashkiliy-tuzilmaviy tuzilma va modellar; muayyan ta`limy o`nalishiga oid multimediali materiallar; amaliy dasturlar majmuasi:; standart amaliy dasturlar va ijtimoiy tadqiqotlar natijalaridan ham foydalanish to`g`risida bilimlarga ega bo`lishni talab etadi. Barkamol avlodni shakllantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va qishloq hududlarini internet xizmatlarini bosqichma-bosqish kengaytirish, o`rta mahsus ta`lim muassasalarini bitiruvchi kichik mutahasislarining ta`lim jarayonida axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlariga ega bo`lishini talab etadi. Download 4.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling