Zamonaviy axborot tizimlari Reja: Axborotlarni avtomatlashgan holda izlash. Axbrotlarni ko’rib chiqish


Download 17.16 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi17.16 Kb.
#1160722
  1   2
Bog'liq
zamonaviy axborot tizimlari


Aim.Uz

Zamonaviy axborot tizimlari


Reja:
1.Axborotlarni avtomatlashgan holda izlash.
2.Axbrotlarni ko’rib chiqish.
3.Indeksli fayllar.
4. Axborot tizimlari turlari.
5. Axborot tizimlarining turkumlanishi.


Axborot tizimlari deganda axborotni saqlash, izlash, turlarga ajratish, uni qayta ishlash prinsiplari, usullari, vositalari tushuniladi.
Axborot tizimi foydalanuvchiga ma’lumotlarni tartiblash, avtomatik izlash, ma’lumot almashish kabi ishlarni bajaradi.
Tizim, ya’ni sitema yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida bir-biriga bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmui tushuniladi.
Axborot tizimini yaratish va undan foydalanish qo’yiladigan maqsadga muvofik bo’lishi lozim. Aks holda undan foydalanish ma’noga ega bo’lmaydi. Shu ma’noda ma’lumotlar omborlarini umumiy bir turda tasnif qilish mushkul. Ba’zi tizimlar esa, umuman tasnif qilinmaydi.
Bajaradigan vazifasiga ko’ra axborot tizimlarining ikki turini ajratamiz va ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Ma’lumotlar omborlarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: birinchisi—foydalanuvchilar uchun biror tashkilot (o’quv muassasasi, xususiy shaxs va h.k.) yoki firma tomonidan yaratilgan va umumiy bo’lgan ma’lumotlarni beruvchi tizimlar; ikkinchidan—ma’lum dastur asosida ma’lumot beruvchi ma’lumotlar omborini yaratish.
Birinchi turdagi ma’lumotlar ombori qo’yilgan masalalarga aniq javob bera oladi va ularga shartli ravishda axborot-ma’lumotnomali tizimlar, axborot izlashlovchi tizimlari va ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlarini kiritish mumkin.
Axborotlarni izlovchi tizimlar (ma’lumotnomalar) to’plangan bilimlarni yigish, ro’yxatlash, turlarga ajratish va undan foydalanish imkonini beradi (masalan, telefon ma’lumotnomalari, xodimlar haqida ma’lumotlar va h.k.). Bunday ma’lumotlar ombori yangi bilimlar manbai vazifasini bajarish ham mumkin.
Ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash tizimlari ko’pgina amaliy masalalarni xal qilish, ishlab chiqarishni boshqarish, buxgalteriya hisoboti va hokazolarni xal qilishga mo’ljallangan bo’ladi.
Hajmi va ma’lumotlaridan foydalanishga ko’ra axborot tizimlari quyidagilarga ajratiladi:
· avtonom yoki «shaxsiy» axborot tizimlari;
· «fayl-server» texnologiyasi bo’yicha ko’rilgan oddiy tarmoqli axborot tizimlari;
· «klient-server» tuzilishiga ega quvvatli axborot tizimlari.
Endi faktografik tizimlarni ta’riflashga o’tamiz.
Ko’rinishi sodda va qo’yilgan masalalarga yagona, aniq yechimni ko’rsata oladigan tizimlar faktografik tizimlar deyiladi.
Faktografik tizimlarni universal va maxsus tizimlarga ajratish mumkin.
Universal tizimlar turli sohalarda har qanday ma’lumot bilan ishlashi mumkin. Bu tizimda asosiy vazifa kiritilgan ma’lumotlar omboridan to’g’ri foydalana olishdir. Universal tizim ma’lum ma’noda televizorga o’xshaydi, chunki u hamma narsani xokkey o’yini, simfonik konsert, badiiy film va boshqalarni ko’rsataveradi.
Lekin insoniyat faoliyatining ko’pgina sohalarida universal tizimlardan foydalanib bo’lmaydi. Masalan, samolyotdagi joylarni oldindan belgilash tizimlarida (minglab yo’lovchilar, yuzlab yo’nalishlar va h.k.) universal usullardan foydalanib bo’lmaydi. Bunday tizimlar uchun maxsus ma’lumotlarni kiritish, izlash, qayta ishlash va chiqarish algoritmlari loyixalanadi va barcha ma’lumotlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Bunday hollarda har bir qo’yilgan masalaga moslab tizimlar yaratiladi.Bunday tizimdagi ma’lumotlar tez-tez o’zgarib turadi va ular turli sohalarda ishlatilishi mumkin (masalan, moddiy ishlab chiqarish, bank ishlari, kriminalistika, ilmiy izlanishlar va h.k.). Unda o’rganiladigan faktlar ham haqiqiy dunyoning ob’yektlari haqidagi qiymatli ma’lumotlardan iborat bo’ladi.
Foydalanuvchi tomonidan turli mazmunga ega bo’lgan ma’lumotlar (masalan, maqola, kitob, referat, qonun matnlari, me’yoriy hujjatlar va h.k.), odatda, tartibsiz joylashgan bo’ladi. Axborot tizimlari bunday ma’lumotlar ichidan berilgan savolga yagona va bir qiymatli javob topib bera olmaydi. Ular hujjatli tizimlar deb ataladi.
Tizimning maqsadi, odatda, foydalanuvchining so’roviga ko’ra uni qanoatlantira oladigan darajada javob berishdir. Masalan, «kuchlanish» so’zi ishlatiladigan barcha maqolalar ro’yxatini ekranga chiqarish masalasini qaraylik. Hujjatli tizimning asosiy xossalaridan biri shundaki, foydalanuvchiga kerakli hujjatlarni bermasdan (masalan, «kuchlanish» so’zi boshqa ma’noda ishlatilgan axborotlar) kerakli ma’lumotlarni berishidir (masalan, muallif «kuchlanish» so’zini noto’g’ri yozib yuborganda). hujjatli tizim biror-bir iborani gapda qanday ma’noda kelishiga qarab ajrata olishi kerak (masalan, qisqichbaqa—hayvon, qisqichbaqa—yulduzlar turkumi, rak (qisqichbaqa)—kasallik).
Ko’p hollarda faktografik va hujjatli tizimlardan birgalikda foydalaniladi. Bunday tizimlardan foydalanish qulayliklarga ham ega, imkoniyatlarga ham boy bo’ladi.
Hozirgi zamon jamiyatida axborotlar oqimi kun sayin ko’paiyb bormoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ba’zi turdagi axborotlarning dolzarbligi yanada oshmoqda. Masalan, jahon bozoridagi bir barrel neftning bahosi qancha yoki bir tonna oliy sifatli paxtaning narxi qancha, kabi savollarga tez va to’g’ri javob topish katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Bilim olish va bilim berish sohasida ham jiddiy o’zgarishlar ro’y bermoqda va bu sohadagi axborotlar ko’pchilikda qiziqish o’yg’otmoqda. Xullas, biror sohada tez va qisqa vaqt ichida eng kerakli bilimlarni o’zlashtirish, ya’ni bilimlar bozoridagi munosabatlar jiddiy o’zgardi.
Bu borada pedagogik dastur vositalarini tuzish va undan dars jarayonida foydalanish bilim olish sifatini tubdan o’zgartiradi. Shunday ekan, darsdagi o’quv materialini tushuntirishdan boshlab, uyga vazifalarni berishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish ehtiyoji tug’iladi.
Pedagogik dastur vositalarini tuzish uchun qanday texnik uskunalardan foydalaniladi?
Pedagogik dastur vositalarini shartli ravishda uchta: uskunaviy dastur vositalari, nazorat qilish dastur vositalari va o’rgatishni takomillashtiruvchi dastur vositalari kabi asosiy guruhlarga ajratish mumkin.
Uskunaviy dastur vositalari foydalanuvchining qandaydir bir yo’nalishdagi masalalarni yechishga mo’ljallangan dastur qobiqlaridir (masalan, Power Point dasturi). Bunday dasturlar o’qituvchi tomonidan ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlarni qayta ishlagan holda ma’lum darslarni yaratish (savol va javoblar to’plamini ifodalash, chizma va rasmlarni hosil qilish hamda harakatlantirish, ovozli va rangli effektlarni namoyish etish) imkonini beradi.

Download 17.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling