Zamonaviy bekatlar va unga qo’yiladigan asosiy talablar


Download 0.58 Mb.
Sana11.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1261366
Bog'liq
Zamonaviy bekatlar va unga qo’yiladigan asosiy talablar

Zamonaviy bekatlar va unga qo’yiladigan asosiy talablar

Jamoat transportidan foydalanishda bekatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo respublika miqyosida bekatlarning aksariyati talab darajasida emas. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 850 dan ortiq jamoat transporti bekatlarining holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi. Qayd etilishicha, bekatlarning 91 foizida avtobuslarning yo‘nalish marshrutlari sxemasi va jamoat transportining harakatlanish jadvali mavjud emas. Tegishli me'yoriy hujjatlarga ko‘ra, avtomobil yo‘llari toifasiga qarab, avtobus bekatlarida quyidagi elementlar bo‘lishi kerak: chiqish maydonchasi, tushish maydonchasi, kutish joyi, o‘tish chiziqlari, avtobuslar to‘xtashi uchun yo‘lning maxsus kengaytirilgan qismi, ajratuvchi chiziq, trotuar va piyodalar yurish yo‘lakchalari, piyodalar o‘tish joyi, avtopavilon, o‘rindiqlar, chiqindi uchun qutilar va yoritish uskunalari.

O‘rganishlarga ko‘ra: 91 foiz bekatda avtobuslarning yo‘nalish marshrutlari sxemasi mavjud emas; 62,9 foiz bekat chiqindi qutilari bilan ta'minlanmagan; 37,2 foiz bekatda kutish zali mavjud emas; 36,5 foiz bekatda yo‘lovchilar uchun o‘rindiqlar yetarli emas; 31,6 foiz bekatda yo‘lovchilar o‘rindig‘i umuman yo‘q; 28,9 foiz bekatda kutish xonalari belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligini ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, endi bekatdagi odamlar soni to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar to‘plash imkoniyati ham paydo bo‘lgan, bu yo‘nalishdagi transportni rejalashtirishga sharoit yaratadi. Shuningdek, bekatlarda va ularning yon-atrofida jamoat tartibini buzish holatlari bo‘yicha tezkor ma’lumot olish ham mumkin. Bekatlarga bank to‘lov terminallari ham o‘rnatilgani aholiga yana bir qulaylik beradi. Bekatni jihozlashda mayda narsalarga e’tibor qaratilgani ham diqqatni tortmay qolmaydi. Uchta bo‘linmaga ega chiqindi qutichalari axlatlarni turlariga qarab ajratish imkoniyatini beradi. Bu o‘z navbatida aholining ekologik madaniyatini o‘sishiga hissa qo‘shadi. Bekatlarga o‘rnatilgan poyabzallarni tozalash uskunalari yo‘lovchilarni saranjom-sarishta yurishlariga, jamoat transportining ozoda saqlanishiga sabab bo‘ladi.

Innovatsion bekatlarda qulaylikni ta’minlash maqsadida uning orqa va yon modullari uyali polikarbonatli ustunlardan iborat bo‘lib, laminatlangan qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Mavsumiy iqlim o‘zgarishlarini inobatga olgan holda bekatlar ochiq va yopiq kutish zallaridan iborat. Shuningdek, “aqlli” bekatning o‘zgaruvchan havo iqlimiga chidamliligini oshirish maqsadida uning ichki tomonida iqlimni nazorat qiluvchi moslamalar joylashtirilgan. Bekatlar oynaband, ammo oynalari oddiy emas, innovatsion. Shu oynalar kech tushgach katta ekran rolini o‘ynay boshlaydi. Ular orqali turli ijtimoiy va tijorat reklama roliklarini namoyish etish boshlab yuborildi. Bu roliklarni bekatni ichidan ham, tashqarisidan ham tomosha qilish imkoniyati mavjud. Ushbu innovatsion bekatlar aholi uchun ham, jamoat transportlari qatnashi uchun ham zamonaviy shart-sharoitlarni yaratishi bilan ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling