Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
Download 21.01 Kb.
|
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari (1)
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari Har bir o‘qitish jarayoni kabi, dasturlashni o‘qitish tovuq va tuxum dilemmasiga borib taqaladi. Biz ishni tezroq boshlashni istaymiz, ammo bir vaqtning o‘zida nima uchun aynan shu mavzularni tanlaganimizni tushuntirib berishni hoxlaymiz. Biz vaqt yo‘qotishni istamaymiz, shu bilan birga sizni shoshiltirishni ham hohlamaymiz. Ushbu mavzu, biz dasturlashda muhim va qiziqarli deb hisoblaydigan, bizning qarashlarimizni ifodalaydi. Unda biz bir necha o‘n yillar davomida shug‘ullanayotgan ishimizning sabablari keltirilgan. Mavzu sizga bizning asosiy maqsadlarimizni va dasturchilar qanday bo‘lishi haqidagi tushunchani beradi. Ushbu mavzuda ayrim savollarga javob topishga xarakat qilamiz. Nima uchun dasturlash diqqatga sazovor mashg‘ulot hisoblanadi? Bizning sivilizasiyamizda dasturlash qanday ahamiyatga ega? Dasturchilar kelgusida mag‘rurlanishi mumkin bo‘lgan sohalar? Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, qo‘llash sohasida qanday masalalar ustida bosh qotirilmagan? Dasturlash axborot texnolgiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda, kompyuter ilmlari sohasida qanday o‘ringa ega? Dasturchilar nimalar bilan shug‘ullanadi? Ular qanday mahoratga ega bo‘lmoqlari lozim? Tinglovchilar uchun biror-bir g‘oya, uslub yoki darslikning ba’zi boblarini o‘rganishining asosiy sabablaridan biri imtihondan yaxshi baho olish bo‘lishi mumkin, ammo buning uchun yuqori maqsad ham bo‘lishi mumkin. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish sohasida ishlayotgan shaxslar uchun biror-bir g‘oya, uslub yoki darslikning ba’zi boblarini o‘rganishining asosiy sabablaridan biri sifatida oylik oshirishi, lavozimni ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lgan boshliqning quvvatlashi bo‘lishi mumkin, ammo buning uchun bundan ham yuqoriroq maqsadlar ham bo‘lishi mumkin Agar bizning ishimiz olamni yaxshiroq qilsa, boshqa insonlarga yordam bersa, biz yaxshiroq ishlaymiz. Biz yillar davomida yechayotgan masalalarimiz uchun (professional martabasi shulardan tashkil topadi) g‘oyalar va oliy maqsadlar hayotiy muhim hisoblanadi. Sivilizasiyamiz hayotiy faoliyati dasturiy ta’minot bilan bog‘liqdir. Dasturiy ta’minotni yaxshilash va uning tadbiqi uchun yangi sohalarni axtarib topish ko‘p insonlarning hayotining yaxshilanishiga olib keladi. Bunda dasturlash muhim ahamiyatga ega. Kompyuterlar insonlar uchun va ular tomonidan yaratilgan. Kompyuter universal qurilma bo‘lib, undan keng ko‘lamdagi masalalarni yechish uchun foydalanish mumkin. A yn an shuning uchun ham dasturlar foyda keltiradi. Nomdor kompyuter ilovalari haqida o‘ylab ko‘ring. Kompyuter qurilmalari, tizimlari dasturiy ta’minot fragmentini ishlab chiqishni o‘nlab, yuzlab, xattoki minglab insonlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunda dasturchilar, loyihachilar, testlovchilar, animatorlar, psixologlar, ma’murlar, loyiha menedjerlari, foydalanuvchi interfeysini yaratuvchilar, uskuna ta’minoti interfeysini yaratuvchilar, sifat bo‘yicha injenerlar, texnik topshiriqlarni ishlab chiquvchi mutaxassislar, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha menedjerlar, dasturlar kutubxonasini tashkil qiluvchi mutaxassislar, xavfsizlik xizmati xodimlari kabilar qatnashadi. Bunda yagona murakkablik shundan tashkil topgan-ki, yaxshi dasturiy ta’minot ishlab chiqarilishiga ta’sir etuchi barcha insonlar turli ta’limga egaligi, ularning turli qiziqishlari va odatlari mavjudligini e’tiborga olish lozim. Ushbu insonlarga bizning hayotimiz sifati, ayrim hollarda xatto hayotimiz ham bog‘liq. Hyech bir inson yuqorida keltirilgan barcha vazifalarni bajara olmaydi. Biz hamma vaqt dasturchilar va dasturlash haqida so‘z yurityapmiz, ammo dasturlash umumiy tasvirning bir qismidir. Kema yoki mobil telefonni ishlab chiqaruvchi shaxslar o‘zlarini dasturchi deb hisoblanmaydi. Bundan tashqari, dasturlash dasturiy ta’minot ishlab chiqishning muhim qismi bo‘lsa ham, dasturiy ta’minot ishlab chiqish—bu faqtgina dasturlash emas.. Shunday qilib, dasturlash biz uchun nega kerak? Balki, mohir dasturchi bo‘lmagan holda, siz uni o‘zingizning tadqiqotlaringizda asosiy uskuna sifatida qo‘llarsiz. Balki, siz dasturlashni kasb qilib olgan holda, o‘z ishingizning bir qismiga aylantirishingiz mumkin bo‘lar. Xattoki, siz dasturlashni kasb qilib olgan holingizda ham, dasturlashdan boshqa ilmga ega bo‘lasiz. Dasturlash — o‘z g‘oyalarini dastur ko‘rinishida ifodalash usulidir. Bu masalalar yechishga yordam beradi. Agar sizning g‘oyalaringiz bo‘lmasa, yechilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘lmasa, dasturlash vaqtni bekor o‘tkazish demakdir. Dasturlash, xattoki keng miqiyosda, kattorq ilmiy fanning qismi xisoblanadi. Biz uni dasturiy ta’minot bilan bog‘liq axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, kompyuterlashtirilgan fanlar yoki boshqa ilmiy fanning bir qismi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Dasturlash informatikada, texnikada, fizikada, biologiyada, medisinada, tarixda, adabiyotda va boshqa akademik sohalarda qo‘llanadigan qo‘shimcha texnologiyadir. Dasturlash — amalda qo‘llash, tajriba asosida tahrirlash, tekshirish imkoniyatini yaratuvchi amaliy va fundamental masalalar yechilishini ifodalovchi asosiy uskunadir. Dasturlash — g‘oyalar va nazariya voqyelik bilan to‘qnashuvchi fandir; unda kompyuterlashtirilgan fanlar nazariy bo‘lmasdan eksperimental fanga aylanadi va olamga ta’sir etishni boshlaydi. Bunda qayd etish lozimki, dasturlash — amaliy va nazariy uslublarni amalga oshiruvchi vositalardir. C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan. C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi. 1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. C++ funksiya va ob'ektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ da dasturlashni o'rganish ikki qismga bo'linadi. Birinchisi bu C++ ni o'zini o'rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir. 210-21 guruh talabasi Imoilov islomjon Download 21.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling