Elektron asboblar ishonchliligini taxminiy hisoblash usuli.
Taxminiy hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumot bo‘lib, har – bir guruxdagi ma’lum bir tipli elementlarni soni N va tipli elementlarni buzilish intensivliklarini λ, o‘rtacha qiymatlari xizmat qiladi.
Yig‘ilishi mo‘jallangan elektron asboblarni ishonchliligini (alohida hollarda), taxminiy hisoblash uchun foydalanish tajribasidan olingan analogik asboblarni ishonchliligi haqidagi ma’lumotlarni va elementlar umumiy sonini bilish yetarli bo‘ladi.
Qoida bo‘yicha taxminiy xisob, elektron sxemada turli variantlar analizi boryotganda eskiz loyixalash davrida bajariladi.
To‘la xisob ishlab chiqilgan sxema uchun buzilishlar intensivligiga bog‘lshiq xolda va ishlatilgan real elektrik, mexanik va qiymat sharoitlari ma’lumotlarini hisobga olgan holda bajariladi.
Amaliyotda taxminiy va to‘la xisoblar odatda asboblarni normal ishlash davri uchun bajariladi, ya’ni sistema va elementlarni buzilish intensivligi vaqt bo‘yicha doimiy deb taxmin qilinadi.
Elektron asboblar ishonchliligini to‘la hisoblash usuli.
1) Buzilishlar intensivligini statik jadvali (P. 1.) bo‘yicha har bir element uchun 0 tanlanadi [19].
2)Quyidagi formulalar bo‘yicha:
Kn=Rf/Rnom – rezistorlar uchun (P. 2.);
Kn=Up/Unom – kondensatorlar uchun;
Kr=Rr/Rnom - yarim o‘tkazgichli asboblar uchun (tranzistorlar) (P. 4.);
- yarim o‘tkazgichli diodlar uchun;
- elektrovakuum asboblar uchun;
- induktivlik o‘zaklar uchun - sxemadagi barcha elementlar uchun yuklama koeffisentlari hisoblanadi;
3) K=f (Kn, t0) (P. 5.) grafiklari bo‘yicha buzilishlar intensivligini ish koeffisentlari aniqlanadi.
Jadval. 6
4) formula bo‘yicha har bir element uchun mexanik elektrik yuklamalar tebranishlar namlik ish sharoitlarini ta’siri hisobga olingan holda n hisoblanadi.
10-Rasm. Buzilmay ishlash extimolligini vaqtga bog‘liqlik grafigi.
5) Olingan ma’lumotlar jadvalga kiritiladi.
6) =1+2+…+n barcha sxemasi uchun formuladan hisoblanadi.
7) TC=1/S formuladan buzilishgacha o‘rtacha ishlash aniqlanadi.
8) P(t)= (P. 3.) formuladan t ning turli qiymatlari uchun buzilmay ishlash extimolligi aniqlanadi.
9) Olingan ma’lumotlar bo‘yicha buzilmay ishlash extimolligini vaqtga bog‘liqligi quriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |