Zamonaviy fizik antiseptika usullari


Download 46.95 Kb.
bet3/4
Sana02.04.2023
Hajmi46.95 Kb.
#1319347
1   2   3   4
Bog'liq
ZAMONAVIY FIZIK ANTISEPTIKA USULLARI

Jildlari[


OʻzMEning 1-jildi 2000-yil 30-dekabrda nashrdan chiqdi.[2] OʻzME 1-jildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi oʻquvchilari“ga yoʻllagan tabrigi bilan boshlangan. Ensiklopediyaning umumalifbo harfidagi soʻnggi 11-jildining nashri 2005-yilda yakunlandi. Ensiklopediya hozirgi „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida bosilgan.
Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabogʻini tashkil etgan qariyb 50 ming maqola berilgan.[3] Buning 40 foizdan ziyodi (20 mingdan ortigʻi) Oʻzbekiston mavzusiga bagʻishlangan.[1] Umumbashariy maqolalarning ham anchagina qismi Oʻzbekiston bilan uzviy bogʻliq holda yoritilgan.
OʻzME 1-11-jildlarida faqat adabiyot sohasidan 56,124 muallif tabogʻida 1538 ta maqola (12-jildda bu sohadan 10,3 muallif tabogʻidagi hajmda) maqola oʻrin olgan. Tilshunoslik sohasidan 22,162 muallif tabogʻi hajmida 538 ta maqola, madaniyat va sanʼat sohasidan 94,19 muallif tabogʻida 4000 dan ziyod maqola berilgan.[1]
OʻzME har bir jildida 125-130 nashriyot-hisob tabogʻida material berilgan. Bundan tashqari 800-1200 atrofida bezaklar: rangli va oq-qora suratlar, xaritalar oʻrin olgan.[3] Har bir jildni tayyorlashda 800 dan ziyod mualliflar, taqrizchilar qatnashgan.
OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat Oʻzbekiston haqidadir. 12-jildiga kiritilgan maqolalar, oldingi jildlardagi kabi alifbo tartibida emas, muayyan mavzu boʻyicha joylashtirilgan. Kitob shartli ravishda 17 boʻlimga boʻlingan. Har bir boʻlim oʻzining mohiyatidan kelib chiqib boblarga, ular esa bandlarga ajratilgan. Shu tarzda ensiklopediya boʻlimlaridan muayyan mavzuni ochib beradigan, bir tizimga solingan batafsil axborotlar berilgan. Bu jildda mamlakat tarixi mustaqillik yillarida qabul qilingan davrlashtirish asosida eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha xronologik tarzda izchil yoritilgan. Ensiklopediya sahifalaridagi maqolalarda mamlakatning bugungi kundagi hayoti, oʻzbeklarning bunyodkorlik mehnati va yutuqlari haqida maʼlumot berilgan. Ushbu jildda tegishli maqolalarga monand 800 dan ziyod rangli, oq-qora surat, xarita va boshqa bezaklar bor.
Asosiy jildlar chop etib boʻlinganidan keyin 2006-yil ensiklopediyaga kiritilmay qolgan mavzular va nashr davrida roʻy bergan oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha jild chjop etildi:



Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME)ni nashr etish davrida (2000—2005) roʻy bergan ayrim oʻzgarishlar: Oʻzbekiston Qahramonlari, Oʻzbekiston Respublikasi fan arboblari, sanʼat arboblari, Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchilari, xalq shoirlari, xalq rassomlari, xalq ustalari, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artistlari, xalq hofizlari, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchilari, „Oʻzbekiston iftixori“ unvoniga sazovor boʻlgan mashhur sportchilar va boshqa shaxslar, shuningdek, maʼmuriy-hududiy birliklar, ayrim tushunchalar va shahri k. haqida qoʻshimcha maqolalar berildi. Mezon boʻyicha berilishi kerak boʻlgan, lekin muayyan sabablarga koʻra OʻzME jildlariga kirmay qolgan ayrim shaxslar, turli tushunchalar haqidagi maqolalar ham ushbu qismdan oʻrin oldi.[4]



Download 46.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling