3.3-rasm. Autosoma-retsessiv tipida irsiylanish.
X-xromosomaga birikkan dominant irsiylanish (X-D)- Misollar: qandsiz
diabet, D vitamini bilan davolanmaydigan raxit, 2-kurak tishi yo‘qligi, tish emali
qo‘ng‘ir bo‘lishi va boshqalar (3.4-rasm).
X-xromosomaga birikkan dominant irsiylanishda quydagi harakterli belgilar
kuzatilishi mumkin:
1) Irsiylanish ―vertikal‖ tipda kuzatiladi;
2) Ayollar erkaklarga nisbatan ikki baravar ko‘proq kasallanadi;
3) Ota kasal bo‘lsa hama qizlarida namoyon bo‘ladi, o‘g‘ilar so‘g‘lom
tug‘iladi;
4) Ota yoki ona kasal bo‘lsa sog‘lom farzand tug‘ilishi mumkin;
5) Sog‘lom ota-onadan so‘g‘lom farzand tug‘iladi;
6) Agar ona gennining tashuvchisi bo‘lsa hamma farzandlariga o‘tishi
mumkin (ona-gomozigotali bo‘lganida), yoki farzandlarining yarmiga
o‘tishi mumkin (ona-getirazigotali bo‘lganida);
[5].
Do'stlaringiz bilan baham: |