Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari


Download 31.14 Kb.
bet3/5
Sana07.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1247346
1   2   3   4   5
Bog'liq
Document1

Axborot zahiralari - alohida hujjat va alohida hujjat to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir.
Moddiy zahiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari yig‘indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hokazolar.
Tabiiy zahiralar - kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob’ektlari, jarayonlari, sharoitlaridir.
Mehnat zahiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir.
Moliyaviy zahiralar -davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘laridir. Energetika zahiralari - energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko‘mir, neft,
mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.
Kibernetika, so‘ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan axborot so‘zi o‘zining dastlabki ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsada, ayni paytda bir qator yangi ma’nolarga ham ega bo‘ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma’lumotlar, dalillar, bilimlar yig‘indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‘li bilan yoki ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‘rganish - mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
Tajriba o‘tkazilguncha mavjud bo‘lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi - aposterior deyiladi. U shuningdek chin yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Axborot olish jarayoni ko‘pincha statistik xususiyatga ega bo‘lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo‘lishi mumkin.
Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari, bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining ma’lumoti va “xom-ashyo”sidir.
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig‘indisidir, ya’ni axborot zahiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.
Ko‘rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to‘liq, axborot jarayonlari ko‘p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi.

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling