Zamonaviy lugatshunoslik taxlili roman german tillari asosida tuzilgan bir va kop tilli lugatlar tahl
Kombinatsiyalashgan tarjima vositasida definitsiya
Download 287.19 Kb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy lugatshunoslik taxlili roman - german tillari asosida tuzilgan bir va kop tilli lugatlar tahlili asosida
Kombinatsiyalashgan tarjima vositasida definitsiya. Ba’zan frazeologik ibora ma’nosi
murakkabligi tufayli yuqorida qo’llanilgan usullar bilan ochib berish qiyin kechadi, shuning uchun barcha usulllarni birgalikda qo’llagan holda ibora ma’nosi izohlanishi mumkin. Masalan, Kohldampf schieben — anhaltend Hunger leiden, hungern j — m einen Korb geben — ftir ein Heiratsantrag, Angebot Ablehnung geben, abweisen Dumi xurjunda — o’lda —jo’lda, to’mtoq, chala Ko’zga tashlanmoq — ro’y —rost, aniq ko’rinmoq, sezilmoq. Ba’zi frazeologizmlar ma’molarini yuqoridagi usullar bilan definitsiya qilish mushkul. Bunday holda frazeologik ma’no sharqlanadi (kommentariy beriladi). Sharq ma’noni ochish usuli bo’lmay, obyekt xaqida, uning ma’lum xususiyatlari haqida xabar beradi. Masalan, ein unsicherer Kantonist = ein Mensch, auf den man sich nicht verlassen kann guter Kerl = gutmutiger Mensch (bes. M&dchen), der niemandem etwas zuleidet tut, der lieber selbst leidet tegirmonga tushsa butun chiqadi = har qanday qiyin sharoitdan ham qutulib qoladigan odam. Ushbu uslubni qo’llash mobaynida «aytiladi», «ishlatiladi», «javoban» kabi so’zlar birga ishlatiladi. Masalan, ich kann die Armel auYschiitten (hochkrempeln) = versichert derjenige, der selbst mit zupacken will, weil er keine Arbeit scheut. Yelkamning chuquri ko’rsin = avval borgan joyiga qayta bormaslik maqsadida usha joyga nisbatan bu ibora ishlatiladi. Yer yorilmadi, yerga kirmadim = g’oyat qattiq uyalgan, mulzam bo’lgan odam tilidan aytiladi. Undov frazeologizmlar ma’mosini ochish o’ziga xos mushkullik tug’diradi. Ularga izoh berish modellaridan biri ma’moni frazeologizm ifodalagan tuyg’u nomi bilan izohlashdir. Masalan, Da brat mir einer einen Storch! = Aufruf der Verwunderung Mein lieber Mann! = Aufruf der Verwunderung Pfsie, Deiwol! = Aufruf eines Hasses Voy sho’rim! = afsuslanish, achchiqanishni ifodalaydi. Bo’yning tagingda qolsin! = g’arg’ish iborasi Jonim qoqindiq! = erkalatish iborasi
- 37 -
Frazeologik iboralar ma’molarini, stilistik xususiyatlarini to’laqonli izohlash uchun boshqa bir qator yordamchi vositalardan ham foydalaniladi. Buning uchun grammatik xarakteristika, qo’llanish ko’lamini ko’rsatish maqsadida turli manbalardan olingan illyustrativ misollar va tarixiy-etimologik ma’lumotlar berish bilan bir qatorda zamonaviy poligrafik vositalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
muammosidir. Ushbu muammoning qay darajada amalga oshirilishi lug’at qiymati va sifatini belgilaydi. Tarjima lug’atlar tuzish jarayonida asosan ikki til birliklari o’rtasidagi ekvivalentlik munosabatlari o’rnatish masalasi yotadi. Ushbu ekvivalent munosabatlar asosan turli til vakillari mantiqiy tushuncha sistemalarining umumiyligiga asoslanadi, yapg’ni xalqlarining kaysi hududda istiqomat qilishidan qathiy nazar, dunyoni idrok qilishdagi mantiliy tushunchalari birxil. Ushbu falsafiy tamoyil bir til elementlari bilan ikkinchi til elementlari o’rtasida ekvivalent munosabatlar o’rnatish mumkinligini asoslaydi. Ikki tilli frazeologik lug’at tuzish jarayonida quyidagi ekvivalent munosabatlar o’rnatish printsiplaridan foydalanish mumkin:
Download 287.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling