Zamonaviy menejmentning huquqiy usullari Reja Zamonaviy boshqaruv faoliyati va shakllanishi
Menejmentning muammoli holatlarini bartaraf etish
Download 46.93 Kb.
|
1 2
Bog'liqmenejment- WPS Office
Menejmentning muammoli holatlarini bartaraf etishMuammo – bu o‘rganilayotgan ob’ekt boshqaruvi rivojlanishini ta’minlaydigan echimni talab qiluvchi qarama-qarshilik. Muammo vazifalar to‘plami yordamida echiladi. Muammodan farqli o‘laroq vazifa uni echish algoritmini bilishni yoki ma’lum algoritmlardan keraklisini tanlashni nazarda tutadi. Muammo esa – har doim ham vazifaga aynan o‘xshash bo‘lmagan va o‘zida yangi yoki ilgari noma’lum bo‘lgan evolyusion o‘zgarishlarning elementlarini ifoda qiladigan qarama-qarshilikdir. Muammolarni hal etishning quyidagi to‘rtta bosqichi amalga oshirilsa, menejmentning samaraadorligi yuqori bo‘lishiga erishiladi: 1) haqiqiy muammolarni soxta muammolardan ajratish; 2) hal etish zarur bo‘lgan mezon bo‘yicha haqiqiy muammolarni tanlash; 3) kutilayotgan natijalarning qiymati mezoni bo‘yicha muammolarni tanlab olish; 4) hal qilish imkoniyatlari mezoniga muvofiq muammolarni tanlash. Tadqiqot metodologiyasida muammolarni tanlab olishning quyidagi prinsiplari juda muhim hisoblanadi: 1) muammoning keskinligi; 2) muammoning mazmuni; 3) muammoning ilmiy sig‘imi; 4) muammoni hal qilishning murakkabligi, vaqt manbai; 5) rivojlanish istiqbollari. Muammoning qo‘yilishi quyidagi harakatlar yig‘indisini nazarda tutadi: 1. Muammoni ta’riflash, u quyidagi operatsiyalardan tashkil topadi: muammoning markaziy masalasini aniqlash; asosiy muammoga aylangan qarama-qarshilikni qayd etish; mo‘ljallangan natijani taxminiy tavsiflash. 2. Muammoni tuzish, u quyidagi operatsiyalarni nazarda tutadi: stratifikatsiya qilish – muammoni asosiy muammoli masalalarsiz javob olish mumkin bo‘lmagan quyi masalalarga ajratish; kompozitsiyalash – muammoni tashkil etuvchi quyi masalalarni guruhlarga birlashtirish va hal qilish ketma-ketligini aniqlash: chegaralash – tadqiqotning ehtiyojlariga muvofiq o‘rganish doirasini cheklash va o‘rganish uchun tanlangan ob’ekt sohasida ma’lum narsalarni noma’lumlaridan chegaralab ajratish; variantlashtirish – muammoning barcha elementlari uchun muqobillarini izlash. 3. Muammoni baholash, u quyidagi xatti-harakatlar bilan tavsiflanadi: kondifikatsiya qilish – muammoni echish uchun kerakli barcha sharoitlarni, jumladan usullar, vositalar, yo‘llar va hokazolarni aniqlash; 4. Asoslash, u quyidagi amallarning ketma-ketligini ifodalaydi: 13 ekspozitsiyalash – ushbu muammoning boshqa muammolar bilan qiymatli, mazmunli va genetik aloqalarni o‘rnatish; aktualizatsiyalash – muammoning dolzarbligi, uni qo‘yilishi va echilishini asoslovchi dalillarni keltirish; murosa qilish – muammoga qarshi e’tirozlarni ilgari surish; demontarsiya qilish – oldingi ikki bosqichlarda olingan natijalarni sintez qilish. 5.Belgilash- u quyidagi amallardan tashkil topadi: tushunchalarni eksplikatsiya qilish (izohlash) - ya’ni qayta yozish – muammoni boshqa ilmiy yoki kundalik tilga o‘girish; tushunchalarni intimizatsiya qilish – muammoni ifodalashni so‘z orqali nozik farqlash va muammo ma’nosini to‘liq aks ettiruvchi tushunchalarni tanlash. Taklif etilayotgan prinsiplar va xatti-harakatlar ketma-ketligi muammolarning turli jihatlarini tavsiflaydi, lekin bunda hech bo‘lmaganda to‘la anglanmagan holda, muammo endilikda anglanmoqda, intuitiv ravishda tushunilmoqda va deyarli ifodalab bo‘lindi deb taxmin qilinayotganga o‘xshaydi. Boshqaruv vaziyatini tavsiflash, ham o‘zining, ham xodimlarning diqqate’tiborini unga qaratish – boshqarish san’ati bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy menejer ilmiy xodim bo‘lishi shart emas, biroq u tadqiqotchilik faoliyatining asosiy yo‘llarini egallagan va yangi boshqaruv samaradorligini oshirish omillarini qidirish maqsadida uni tashkil qila olishi kerak. Shunday qilib, bugungi kunda tadqiqot –boshqaruv qarorlarining yuqori sifatini ta’minlaydigan asosiy boshqaruv funksiyalaridan biri, hamda boshqaruvni takomillashtirish vositasidir (kasbiy bilimdonlik, innovatsionlik, motivatsiyalash va h.k). Zamonaviy boshqaruv formulasi – “takomillashib va takomillashtirib borgan holda boshqarish”. Faqat boshqaruv tadqiqotigina, vaziyatni muntazam ravishda kuzatib borishni talab qiluvchi ushbu formulani amalga oshirishga yordam beradi. Boshqaruv tadqiqoti kasbiy tafakkur rivojlanishining ijobiy tendensiyasini aks ettiradi. Ijodkorliksiz kasb mahorati; tadqiqotsiz ijodkorlik; tadqiqotning o‘zi esa, uning yo‘llari, usullari va yondashuvlarini o‘zlashtirishsiz bo‘lishi mumkin emas Menejer faoliyatida tadqiqotlar boshqaruvning ilmiyligi va san’atini anglatib, ularni ijodkorliksiz tushunib bo‘lmaydi, ijodkorlikni esa “tadqiqot” tushunchasidan ajratib bo‘lmaydi Mustaqillik ham turlicha – bajarishda, maqsadga yo‘nalgan rivojlanishda, tashabbuskorlik ko‘rsatishda namoyon bo‘lishi mumkin; ishbilarmonlik xulqining muayyan konsepsiyasi bilan cheklangan mustaqillik, tajribaning mustaqilligi, qidiruvning mustaqilligi bo‘ladi. Hozirgi kunda “tadqiqotchilik turdagi menejer”, yoki “kreativ menejer” tushunchasi paydo bo‘lmoqda. Har bir menejer o‘z ishida individuallik belgilarini namoyon qiladi. Download 46.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling