Zamonaviy mikroprotsessorlar va ularni ishlatish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1540746
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Дилмуродов.З



ZAMONAVIY MIKROPROTSESSORLAR VA ULARNI ISHLATISH 
PRINSIPI 
Ishdan maqsad: 
Mikroprotsessor (MP). Bu, Shahsiy Kompyuter(ShK)dagi markaziy blok bo’lib, 
mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy 
operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
Boshqaruv Qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda 
bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) 
shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada 
foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi
mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik 
va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar 
ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
Mikroprotsessor Xotirasi (MPX) – mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida 
qo’llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, 
asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur 
bo’ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi;
Registrlar – uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga 
teng va ish tezligi ancha past bo’lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi 
– ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o’z ichiga MPning ichki interfeysi 
va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish 
sxemasini mujassam etadi.
Interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab, ular o’rtasida aloqa 
bog’lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui
kiritish-chiqarish porti (ingl. – Input Output port) – mikroprotsessorga ShKning boshqa qurilmasini bog’lash 
imkonini beruvchi ulash apparati.


Shahsiy 
kompyuterlar 
uchun 
ishlab 
chiqariladigan 
integrallashgan 
va 
integrallashmagan protsessorlar mavjud bo’lib, CPU (Central Processing Unit)operatsiyalar 
bajarish uchun bo’lsa GPU (Graphics Processing Unit)- grafik ma’lumotlarni tashish uchun kerak 
bo’ladi.
Integrallashgan – CPU va GPU bitta integrallashgan platada joylashgan bo’lib 
yuqoridagi rasmda ham aniq ko’rinib turibdi. Misol uchun oladigan bo’lsak Intel 
kompaniyasining
yangi Core iX
turkumdagi
integrallashgan platadan foydalanilgan
Inntegrallashmagan – CPU va GPU kata integrallashgan platada alohida holatda 
joylashgan bo’ladi. Bu rasmda ham chiroyli misol tariqasida keltirilgan.
Endi ularning texnik ko’rsatkichlari haqida fikr yuritsak. Ularni qo’ldan kelgancha 
keltirib o’tsak
• 
Mikroprotsessorning arhitekturasi;
• 
Mikroprotsessorning yadrolar soni (Core);
• 
Mikroprotsessorning chastotasi (GHz);
• 
Mikroprotsessorning kesh xotirasi (Chache);
• 
Mikroprotsessorning o’lchamli texnologiyasi (nm);
• 
Mikroprotsessor shinasining chastotasi (FSB);
• 
Mikroprotsessor controller bilan bog’lanish tezligi (QPI); va boshqalar
Mikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy 
tuzilish bo’lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarning apparatlar va dasturlar 
vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab 
beradi. x86(x32) va x64 kabi ifodalarga ko’plab duch kelammiz va shu protsesorning 
arhitektusining belgisi hisoblanadi
Mikroprotsessorning yadrolar soni- parallel ravishda ma’lumotlarni qayta ishlovchi 
ko’rsatkichi bo’lib bu qancha ko’ sinli bo’lsa kompyuter ma’lumotlarni tezroq qayta ishlashga 
erishadi. Bu ikkaga karrali ravishda o’sib boradi. Masalan 1,2,4 va hokazo
Mikroprotsessorning chastotasi – bu kompyuterning taktik tezligi bo’lib, hozirgi kunda GHz 
larda o’lchanmoqda (operatsiyalar soni / sekund ) sekundiga sodir bo’la oladigan amallar soni. 
Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa ko’p funktsiyali dasturlar va o’yinlarda qo’lkeladi.Hozirgi 
kunda normar chastota 2.5GHz- 
3.6 GHz atrofida qo’llanilmoqda. Lekin odatda bu parametr uncha katta qiymatda 
ishlamaydi. O’rtacha 400-1000 MHz qismini ishlatiladi. Bazan esa 100 Mhz ham ishlab 
turaveradi.
Mikroprotsessorning kesh hotirasi – Kompyuter platasidagi yagona sinxron ishlovchi 
hotira qismi bo’lib operatsiyalarning ehtimolligini bashorat qiluvchi va opratsiyalarni ketma 
ketlik algoritmini saqlab turuvchi vazifasini o’taydi. Bu hotira hozirgi kunda 3 bosqichdan iborat 
bo’lib L1,L2 va L3 deb belgilanadi. Optimal variant L2 bosqich 2MB L3 bosqich esa 4-6MB 
bo’lib kelmoqda.


Mikroprotsessorning o’lchamli texnologiyasi – Bu bo’lim protsessorning quvvat 
sarflaydigan parametrini ifodalab uning mikro ko’rinishdagi holati haqida ahborot 
beradi.Masalan hozirgi kunda 40-9 nm lik ashyolardan foydalangan holda mikroprotsessorlarni 
yasab kelishmoqda.
Mikroprotsessor shinasing chastotasi – Bu protsessorni controller va RAM bilan 
bog’lovchi transport hisoblanadi. Ko’zga ko’ringan holatlari 1333MHz 2666 MHz.
Mikroprotsessor va controller va boshqa mikrosxemalar bilan bog’lanish tezligi- Parallel polosali 
uzatish liniyasi bo’lib ma’lumotlarni Core-Core va CoreChipset yo’nalishda tashiydi Hozirgi 
kunda 5.6-25.6 GT/s normal hisoblanadi.
Intel,
AMD ,Motorola
kompaniyalari
ozlarining
turi
hil 
mikroprotsessorlarini ishlab chiqarmoqda. Yetakchilari Intel va AMD bo’lib hozirda juda 
kuchli protsessorlari mavjud. Intel firmasining Celeron, Pentium, Core iX ,Xeon markali ;AMD 
firmasining
Ryzen, Athlon, A-Series,
G-Series, R-Series, Epyc va shu kabilari.
Endi birorta Intel protsessorini ko’rib chiqsak misol uchun Intel Core i9 9900 seriyasi
10 yadroli, 3.5 GHz va max 4.4GHz lik CPU, 19.25 MB smart kesh hotira, QPI 8GT/s, 
Quvvati 165 W. Arxitekturasi x86 x64
AMD firmasining AMD Ryzen Threadripper 3990x markali protsessorini ko’rib chiqsak
Yaderlar soni-64 ta, Potoklar soni 128 ta, bazaviy chastota-2.9 GHz, max chastota–4.3GHz 
L1=4MB, L2=32MB, e’tibor bering L3=256MB(AMD EPYC 7742 da ham shunday), shina 
chastotasi=3200MHz, arxitekturasi x32 x64 . Bu firmaning yana bir a’zosi bo’lmish AMD EPYC 
3000 bir hususiyati bilan lol qoldiradi. Uning integrallashgan tizimi yordamida e’tibor bering 4 
kanalli


(DDR4) 1TB gacha RAMni qabul qila olar ekan, bu shunchaki mo’jiza.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling